7.4. Xato tushunchasi va turlari.
Xato deganda - shaxs o’zi sodir qilgan qilmishining yuridik va faktik holatlariga nisbatan adashishi tushuniladi.
Adashganlik xususiyatiga ko’ra, xato: yuridik va faktik xato turlariga bo’linadi.
Yuridik xato deb - bu shaxs sodir qilgan qilmishining jinoyat huquqiy motivi haqida noto’g`ri tasavvuri tushuniladi.
Odatda, yuridik xato jinoyat kvalifikastiyasiga ta’sir qilmaydi. Sababi, qilmish jinoyat qonunchiligi bo’yicha tavsiflanadi, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan shaxsning subyektiv fikri bo’yicha emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |