Havolaki dispozistiya deb - moddaning mazmunini aniqlash uchun JK Maxsus qismning boshqa bir moddasiga yoki ayni bir moddasining boshqa qismiga murojaat etilib aniqlanishi nazarda tutiladigan dispozistiya turiga aytiladi (mas: JK 105 - moddasi 1-qismi, qasddan badanga o’rtacha og`ir shikast etkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi moddada sog`liqqa etkazilgan zarar sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo’lmagan va ushbu Kodeksning 104 – moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan bo’lishi kerak deb ta’kidlangan. Demak, ushbu holatda modda dispozistiyasi JK 104 - moddasiga murojaat qilish lozimligini anglatishi uning havolaki dispozistiya ekanligini anglatadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |