Ushbu prinsiplar: qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplaridir.
1.2. Jinoyat qonunining tuzilishi.
Jinoyat qonuni tizimi Umumiy va Maxsus qismdan tashkil topgan.
Umumiy va Maxsus qism o’z o’rnida bo’limlar, bo’limlar - boblardan, boblar - moddalardan va moddalar esa, qism hamda bandlardan iboratdir.
Jinoyat qonuni Umumiy qismi: 7 bo’lim, 17 bob va 1 - 96 moddalarni o’z ichiga oladi. Jinoyat qonuniga kiritiladigan har qanday o’zgartish va qo’shimchalar Jinoyat qonuni tizimiga ta’sir etmaydi. Yangi kiritiladigan bob, norma mavjud bob yoki moddaga ilova (prim.) shaklida kiritiladi (Masalan: JK XX1 bobi yoki 661 - moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |