16.1. Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari.
Jazodan ozod qilish deb - sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsni:
- sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazodan;
- ushbu tayinlangan jazo turini haqiqatda o’tashdan;
- jazoni o’tashni davom ettirishdan ozod qilishga aytiladi.
JK jazodan ozod qilishning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatadi:
Jazodan ozod qilish turlari
|
- jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (JK 69- modda).
|
- shaxsning ijimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish (JK 70-modda).
|
- aybdorni chin ko’ngildan pushaymon bo’lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (JK 71-modda).
|
- shartli hukm qilish (JK 72-modda).
|
- jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73-modda).
|
- jazoni engilrog`i bilan almashtirish (JK 74- modda).
|
- kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo’qotishi oqibatida jazodan ozod qilish (JK 75-modda).
|
- amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish (JK 76-modda).
|
Jazodan ozod qilishning ayrim turlari shartli ravishda qo’llanilishi nazarda tutiladi (shartli hukm qilish va jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish). Ya’ni, shaxs shartli hukm qilinganda yoki jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganda sinov muddati yoki jazoning o’talmay qolgan qismi davrida yangi jinoyat sodir etsa, tayinlangan jazoning butun muddati yoki o’talmay qolgan qismi to’liq qayta tiklanib, bir-necha hukm yuzasidan jazo tayinlanishini angalatadi va birinchi jinoyati uchun hukmning shartliligining bekor qilinishi tushuniladi. Ya’ni jinoyat qonuni ushbu ikki turdagi jazodan ozod qilishda aybdorni ma’lum bir shartlarni kelajakda bajarishi evaziga ozod qilishni nazarda tutadi. Agarda aybdor ushbu shartlarni bajarmasa, jazo ijro etilishi mumkinligini nazarda tutadi. Jazodan ozod qilishning boshqa turlari esa, shartli hisoblanmaydi.
16.2. Jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish.
Jazoni ijro etish muddat o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilishning asosi - jinoyat sodir etishda aybdor deb topilib, jazo tayinlash to’g`risidagi sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin ma’lum bir muddat davomida jazoning ijro etilmasligidir.
Ushbu muddatlar JKda sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xaflilik darajasiga emas, balki tayinlangan jazoning turiga va miqdoriga bog`liq holda belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |