9 - Mavzu: TAMOM BO’LMAGAN JINOYaTLAR
9.1. Jinoyat huquqida jinoyat sodir qilish bosqichlari tushunchasi va turlari.
Jinoyat sodir qilish bosqichlari deb - ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishini ifodalovchi harakatlar bosqichining majmuiga aytiladi.
Ya’ni qasdning shakllanishi va rivojlanishi darajasini ifodalaydi.
Obyektiv va subyektiv belgilariga ko’ra, ushbu rivojlanish bosqichlari bir-biridan farqlanadi.
Jinoyat qonuni jinoyat bosqichlari degan tushunchani ishlatmaydi, balki tamom bo’lmagan jinoyatlar tushunchasini beradi. JK 25-moddasiga ko’ra tamom bo’lmagan jinoyatlarga:
- jinoyatga tayyorgarlik ko’rish;
- jinoyatga suiqasd qilish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |