Voyaga etmaganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish –faqatgina, ishni voyaga etmaganlar bilan shug`ullanuvchi komissiyaga topshirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday qarorga kelish asoslari:
- shaxs jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to’lmaganligi;
- ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganligi;
- sodir etilgan qilmishning xususiyatlari, aybdorning shaxsi va boshqa holatlarning mavjud bo’lishi lozimligi kabi holatlar tashkil etadi.
Voyaga etmaganlarni jinoiy jazodan ozod qilish shartlari esa quyidagilar:
- unga og`ir bo’lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganligi;
- ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatni takroran sodir etganganligi;
- shaxs jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to’lmaganligi;
- sodir etilgan qilmishning xususiyatlari, aybdorning shaxsi va boshqa holatlarning mavjud bo’lishi lozimligi kabi holatlar tashkil etadi.
Ushbu asoslar bilan jazodan ozod qilingan voyaga etmagan shaxsga nisbatan - majburlov choralari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |