Jarima
Jarima jazosi bu – jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxsdan davlat daromadiga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha bo’lgan pul miqdorini undirilishi tushuniladi.
Undiriladigan pul miqdori:
- voyaga etmagan shaxsning shaxsiy mablag`idan yoki;
- uning ota onasi yoki ularning o’rnini bosuvchilaridan olinishi mumkin.
Agarda, mahkum jarima to’lashdan olti oy muddat mobaynida bo’yin tovlasa:
sud to’lanmagan jarima miqdorini axloq tuzatish ishlari jazosi bilan almashtiradi. Bunda eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi jarima axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |