Jazolarni qo’shish deganda – turli jazo turlarini bir xil ko’rinishdagi jazo turiga aylantirilib, ularning muddatlari qo’shilishiga aytiladi. Ushbu holat bo’yicha jazo turlari qo’shilganda JK 61-moddasi qoidalariga qat’iy amal qilinishi shart.
Ya’ni JK 61-moddasi qoidalariga ko’ra axloq tuzatish ishlari, xizmat bo’yicha cheklash, qamoq va intizomiy qismga jo’natish jazolari biri-biri bilan qo’shilmaydi, balki ushbu jazo turlari faqatgina ozodlikdan mahrum qilish jazosigagina qo’shilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |