Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash
№
|
Sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi
|
Jazo tayinlash tartibi va muddatlari
|
1.
|
Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og`ir bo’lmagan jinoyatlarni tashkil etsa.
|
- tayinlangan engilroq jazoni og`irrog`i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan (JK 61-moddasi qodalariga amal qilgan holda) uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda uzil- kesil tayinlangan jazo muddati sodir etilgan jinoyatlardan eng og`iri uchun nazarda tutilgan jazo muddatining eng ko’p qismidan yoki miqdoridan ortib ketmasligi lozim.
|
2.
|
Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og`ir yoki o’ta og`ir jinoyatni tashkil etsa.
|
- sodir etilgan jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Agarda jazolar har-xil turdagi asosiy jazolarni tashkil etsa, jazo tayinlash JK 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazo turlarining engilini og`iriga almashtirgan holda jazo muddatlarini to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan jazoning og`irroq turi uzil-kesil tayinlanadi. Lekin jazolardan bittasi jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi bo’lsa, boshqa jazo turlariga qo’shilganda har qaysi jazo turlari alohida ijro etiladi.
- ushbu holatda, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi boshqa asosiy jazo turlari bilan bir vaqtda ijro etiladi. (Masalan: shaxs sodir qilgan jinoyatlarining bir uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilinsa, ikkinchi bir jinoyati uchun esa, 5 yilga muayyan huquqdan mahrum qilinsa, mahkum ushbu ikki jazo turini bir vaqtda ya’ni 5 yilda o’tab bo’ladi).
|
3.
|
Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa.
|
- boshqa engilroq turdagi jazolar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplanib, uzil-kesil uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosining o’zi tayinlanadi;
- ushbu holatda sodir etilgan jinoyat uchun tayinlangan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati qancha muddatga tayinlangan bo’lsa, ushbu muddat o’zgartirilmasdan qoldiriladi;
- agarda sodir etilagan jinoyatlardan biri uchun jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa, ushbu jazo turlari uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplanmaydi, balki ushbu jazo turlari alohida ijro etiladi;
- muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan bir vaqtda ijro etiladi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosining butun muddatiga tadbiq qilinmaydi.
|
4.
|
Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa.
|
- boshqa engilroq turdagi barcha jazolar umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplanib, uzil-kesil jazo tayinlanadi;
- ushbu qoida jarima va muayyan huquqdan mahrum qilish jazosiga ham taaluqli bo’ladi.
|
5.
|
Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlardan bittasi uchun jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo’lsa.
|
- ushbu jazo turlari boshqa jazo turlaridan alohida ijro etiladi. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi boshqa asosiy jazo turlari bilan bir vaqtda ijro etiladi.
|
6.
|
Jinoyatlar majmuini tashkil qiluvchi jinoyatlar uchun axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo’yicha cheklash jazolari tayinlangan bo’lsa.
|
- ushbu jazo turlarining faqat muddatlari qo’shiladi;
- aybdorning ish haqidan yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har-xil miqdori belgilagan hollarda, ushbu jazo turlarining faqat muddatlari qo’shiladi;
- aybdorning ish haqidan yoki pul ta’minotidan ushlab qolish esa, har-bir jinoyat uchun alohida ijro etiladi.
|