11.4. Jinoyatlar majmui tushunchasi va turlari.
Jinoyatlar majmui deb - shaxs jinoyat qonuni turli moddalarida yoki bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, ikki yoki bir necha qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etishi va ularning hech qaysi uchun sudlanmagan bo’lishiga aytiladi.
Jinoyat huquq nazariyasiga ko’ra jinoyatlar majmui - real va ideal jami turlariga bo’linadi.
Jinoyatlarning real jami deganda - JK Maxsus qismi turli moddalarida (moddaning turli qismlarida) nazarda tutilgan muayyan jinoyat tarkibini tashkil etuvchi, jinoiy qilmishlarni shaxs turli vaqtlarda sodir etishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |