Internetdan acocan 6 yunalishda foydalaniladi: 1) E-mail - elektron aloqa (pochta)
2) Chat - intraktiv suxbatlar (TPS tarmoq yoki E-mail)
3) Ma'lumotlarni WWW (World Wide Web) yoki Gopher yordamida izlash.
4) Ma'lumotlar bilan almashish Usinet
5) Dasturlarni uzoqdan boshqarish
6) Interaktiv o'yinlar.
Internetning asosiy tushunchalari Internet - International network - halqaro tarmoq ma'nosini anglatadi
Web sayt - biror bir sohaga, faoliyatga, voqea va xodisaga bag'ishlangan ma'lumotlarni o'zida jamlagan Internet sahifalar majmui.
Internet provayder - Internet tarmog'i xizmatlaridan foydalanishni ta'minlab beruvchi yuridik shaxs.
Elektron pochta - Internet tarmog'i orqali tezkor ma'lumotlar va xabarlar almashish tizimi
Chat - Internet tarmog'i orqali tezkor muloqotni yozishuv asosida tashkil qilish xizmati
Forum - Internet tarmog'i orqali turli toifadagi masalalarni o'zaro muhokama qilish
tizimi
Internet konferensiya - Internet tarmog'i xizmatlari orqali turli anjumanlarni tashkil etish
Trafik - bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma'lumotlar oqimi hajmi.
Internet manzil (UPL) - Internet tarmog'ida joylashtirilgan axborot resurslarining
murojaat manzillari.
Internet provayderlar - quyidagi Internet xizmatlarini foydalanuvchilarga taqdim etadi:
- Internet resurslaridan foydalanish
- Elektron pochta xizmati
- Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish
- Web-uzellar uchun manzillarni joriy qilish
- Internet orqali audio va videokonferensiyalar tashkil etish
- Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish
- Internet o'yinlar, madaniy hordiq, radio va televidenie
Internet - provayderni tanlashda nimalarga e'tibor qilish kerak.
Internetning sifati va tezligi provayderga bog'liq. Shuning uchun provayderni tanlashda quyidagilarga e'tibor qilish kerak.
Provayder qanday tarmoqdan foydalanadi.
Qaysi tarmoqlar bilan ma'lumot almashadi.
Domen ochish imkoniyati.
FTP imkoniyati berilishi.
Elektron pochta xizmati ko'rsatilishi.
Aloqa tezligi va sifati, modemga telefon qila olish qobiliyati.
Bog'lanish va ma'lumotlarni uzatish tezligi.
Texnik xizmat ko'rsatilishi.
Qo'shimcha xizmatlar ro'yxati va ularning bahosi.
Faraz qilaylik Internetda biror saxifani ochib ko'rmoqchimiz, buning uchun programma provayderda joylashgan domen nomlari xizmati programmalar majmuidan foydalanadi. U DSN (Domain Name Service) deb ataladi. Va Internetni kompyuterga o'rnatganda kiritiladi.
Domen nomlari ko'pincha, .com, .edu, .org bilan tugaydi. Demak buning xam ommabop ko'rinishlari mavjud, ular quyidagilar:
.com tijorat tashkilotlari uchun ishlatiladi. Macalan: Microsoft.com, ibm.com
.edu O'quv muassasalari uchun ishlatiladi. Macalan wsu.edu (Washington State universitety)
.gov Davlat muassasalari uchun Masalan:gov.uz
.net Internetning xizmat provayderlari uchun foydalaniladi.internet.net