O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2022 yil 7 yanvardagi 2 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko’kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-76-sonli farmoni va O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2021 yil 7 yanvardagi 2-sonli buyrug’i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Quyidagilar:
Farmon va buyruq ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
“Yashil hududlarni rivojlantirish, ko’kalamzorlashtirish va ko’chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tizim tashkilotlari raxbarlari ushbu farmon bilan belgilangan vazifalarni o’z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul va javobgar hisoblanadi.
Direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Xujayev, direktorning umumiy ishlar va tajriba ho’jaliklari bo’yicha o’rinbosari Muhsimov, mazkur farmon va buyruq ijrosini taminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida har oyda axborot kiritib borsin.
5. Mazkur buyruq ijrosi nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Asos: O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasining 2022 yil 7 yanvardagi 2–sonli buyrug’i.
Direktor A.X.Hamzyev
2022 yil ___I/ch –sonli Toshkent tumani
O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining 31 yanvardagi 19–sonli buyrug`i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN: 1. O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining 31 yanvardagi 19–sonli buyrug`i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo`yicha Tarmoq kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti va tizim tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish ishlari olib belgilansin.
4. Belgilab qo`yilsinki, mazkur buyruq bilan belgilangan talablar institut hamda tizim tashkilotlarining rahbarlari va hodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
5. Kadrlar ishlari bo`yicha bosh mutaxassis (Akramova), Ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari (Xujayev) va Ilmiy kotib (Mamutov)lar 10 kun muddatda mazkur buyruqqa muvofiq institut tizimidagi barcha tashkilotlari rahbarlari bilan hamkorlikda kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish choralarini ko`rsin.
6. Mazkur buyruq ijrosi nazorat qilish Direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari O
.Xujayev zimmasiga yuklansin.