Institut va uning tizim tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedogogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajaga ega xodimlarga
lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedogogik
va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibida to‘g‘risida”gi №1030-sonli qarori hamda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institut Ilmiy Kengashining 2021 yil 11 avgustdagi
№ 9-sonli majlis bayonnomasi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYuRAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
24 dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedogogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibida to‘g‘risida”gi №1030-sonli qarori hamda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institut Ilmiy Kengashining 2021 yil
11 avgustdagi № 9-sonli majlis bayonnomasi qarori asos va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2020 yil davomida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda, respublika miqyosidagi ilmiy-texnik kengashlarda har bir a’zoligi (ishtirok etganligi) hamda SCOPUS and Web of Science ma’lumotlar bazasida ilmiy maqola chop etganligi uchun, q.x.f.d., professor Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovichning lavozim maoshiga 2021 yil yanvar oyidan boshlab, har oyda 25 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lansin.
4. 2020 yil davomida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda SCOPUS and Web of Science ma’lumotlar bazasida chop etilgan ilmiy maqolalar chop etgani uchun q.x.f.n., Xujayev Otabek Temirovichning lavozim maoshiga
2021 yil yanvar oyidan boshlab, har oyda 30 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lansin.
5. 2020 yil davomida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda SCOPUS and Web of Science ma’lumotlar bazasida chop etilgan ilmiy maqola chop etgani uchun q.x.f.f.d., Mamutov Baxram Xojaniyazovichning lavozim maoshiga 2021 yil yanvar oyidan boshlab, har oyda 15 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lansin.
6. 2020 yil davomida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda, respublika miqyosidagi ilmiy-texnik kengashlarda har bir a’zolik (ishtirok etganlik) uchun, SCOPUS and Web of Science ma’lumotlar bazasida chop etilgan ilmiy maqolasi uchun q.x.f.f.d., Muxsimov Nurullo Pulatovichning lavozim maoshiga 2021 yil yanvar oyidan boshlab, har oyda 25 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lansin.
7. 2020 yil davomida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan natijasi hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda, respublika miqyosidagi
ilmiy-texnik kengashlarda har bir a’zolik (ishtirok etganlik) uchun q.x.f.f.d., Eshankulov Bobomurod Inayatovichning lavozim maoshiga 2021 yil yanvar oyidan boshlab, har oyda 10 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilansin.
8. 2020 yil davomida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan natijasi Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda har bir rasmiy opponentlik uchun q.x.f.d., professor Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovichning lavozim maoshiga
20 foiz miqdorida bir martalik qo‘shimcha haq to‘lansin.
9. Bosh hisobchi J.Qodirov belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirsin.
10.Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
24 dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy,
ilmiy-pedogogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibida to‘g‘risida”gi №1030-sonli qarori va O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institut Ilmiy Kengashining 2021 yil
11 avgustdagi № 9 - sonli majlis bayonnomasi.
Direktor v.v.b N.Muxsimov
Kiritildi:
Axborot-taxlil
bo’limi boshlig’i
Kelishildi:
Ilmiy ishlar bo'yicha
direktor o'rinbosari
Bosh hisobchi
Bosh yurist konsult
|
|
J.Rustamov
O.Xujayev
J.Qodirov
K.Jo`rayev
|
Do'stlaringiz bilan baham: |