AXBOROT XATI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2023 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida matematika fanlari boʼyicha taʼlim sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi” ning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida “Zamonaviy matematikaning nazariy asoslari va amaliy masalalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman 2022 yil 26 mart kuni o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi:
1. Matematik analiz va differensial tenglamalar nazariyasining zamonaviy masalalari.
2. Algebra va geometriyaning zamonaviy masalalari.
3. Funksional analiz va ehtimollar nazariyasining zamonaviy masalalari.
4. Matematik modellashtirish va zamonaviy hisoblash usullari.
5. Matematika fanini o‘qitishning dolzarb masalalari.
Tezislar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida, lotin yoki kirill alifbosida ko‘pi bilan 3 tagacha mualliflikda taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallarining elektron to‘plami https://adu.uz saytiga va https://t.me/adukonferensiya telegram kanaliga anjuman boshlangunga qadar joylanadi.
Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- Tezis matnlari Microsoft Word matn muharririda 2-4 bet hajmda, A4 o‘lchamda, 12 kegel kattaligida, 1,15 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o‘ngdan 2,5 sm, xatboshi (абзац) 1 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi va .docx formatda saqlangan bo‘lishi lozim.
- Eng avval sho‘’ba nomi yoziladi. So’ngra tezisning nomi bosh harflar bilan o‘rtaga yozilishi kerak (жирный). Navbatdagi qatorda muallifning familiyasi va ismi to‘liq (жирный), keyinga qatorda esa uning ilmiy darajasi va tashkilot nomi o‘ngga tekislangan holda yoziladi. Navbatdagi qatordan tezis matni ikki tomonga tekislangan holda yoziladi. Matn oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (bosh harflar bilan o‘rtaga yozilishi kerak (жирный)) kiritiladi. Manbalarga havolalar albatta ko‘rsatilishi lozim. Tezisda keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.
- Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn uning tepasida va pastida (сверху и снизу) qoladigan holatda qo‘llash tavsiya etiladi.
- Fayl nomi muallifning familiyasi bilan nomlanishi lozim.
- Tezis matni elektron variantda tulanmirza1@gmail.com elektron pochtasiga yoki @adukonferensiya_bot telegram manziliga jo‘natilishi lozim.
- Anjumanda qatnashish uchun tezislar matnini yuborish muddati 2022 yil 16 martgacha. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezislar elektron to‘plamga kiritilmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.
- Badal puli har bir tezis uchun 50000 so‘m. Badal puli “Click” tizimi orqali 8600 3329 4384 7859 raqamli plastik kartaga o‘tkazilishi mumkin. To‘laganligi haqidagi asoslar telegram orqali 91-169-95-17 (Tulanmirza Nishonov) ga yuborish muddati 2022 yilning 19 martgacha.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy.
Telefonlar: 90-269-60-59 (Nodirbek Umrzaqov), 91-600-32-07 (Axlimirzayev Ahmadjon), 90-541-84-73 (Ibaydullayev To’lanboy).
Do'stlaringiz bilan baham: |