Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Sun'iy intellektning keng qo'llanilishiga uchta sabab



Download 230,44 Kb.
bet4/5
Sana12.03.2023
Hajmi230,44 Kb.
#918260
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish uchun Jo\'rayev Muxtor

Sun'iy intellektning keng qo'llanilishiga uchta sabab
Hozirda sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta eng asosiysini keltirib o'tamiz. Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari. Ikkinchisi, ta'lim uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning mavjudligi. Sun'iy intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.
Uchinchisi, sun'iy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar uchun ko'plab vositalarni taklif qila oladi. Natijada sun'iy intellekt joriy etilgan kompaniyalar raqobatga anchayin chidamli bo'ladi.
Ammo barcha sohalarda bo'lgani kabi ushbu turdagi innovatsiyalarni joriy etishda ham qator qiyinchiliklar mavjud. Xususan, malakali kadrlarning etishmasligi hamda uni joriy etish uchun ma'lumotlarning kamligi. Sababi ma'lumotlar qanchalik ko'p bo'lsa, sun'iy intellekt bashoratlarining aniqligi shunchalik yuqori bo'ladi.
Sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlanish bosqichida
Sun'iy intellekt infratuzilmani monitoring qilish, katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash, texnik hamda tibbiy diagnostika tizimlari, shaxsiy ta'lim traektoriyalarini yaratish, xulq-atvor tahlillari qilishga imkon beradi. Sun'iy intellekt bu changyutgichlardan kosmik stantsiyalarga qadar bo'lgan echimlarning butun spektridir.
Joriy yilda “Gartner” analitik kompaniyasi sun'iy intellekt texnologiyalari hali ham rivojlanish bosqichida ekani va to'liq rivojlangan bozor hali uzoq shakllanishi haqidagi tadqiqotni chop etdi.
Kompaniya mutaxassislarining fikriga ko'ra, ko'plab korxona va tashkilotlar sun'iy intellektning sohaviy muammolarni hal qilishda ko'mak berishini xohlashadi. Ushbu kompaniyalar sun'iy intellekt vositalarini kengaytirib, xavflarni oldindan bilish va barcha jarayonlarni prognozlarga asoslangan holda boshqarishni istaydi.
Endilikda tadqiqotchilar oldida yanada murakkab vazifalar turibdi. Xususan, internet taraqqiyoti, texnologik muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot uchun yangi vositalar yaratish lozim. Shuningdek, o'zbekistonlik tadqiqotchilarning eng asosiy vazifalaridan biri esa sun'iy intellektning ilm-fanga joriy etilishida yaqindan ko'mak berishidir.
Axborot texnologiyalarini quyudagi yo‘nalishlari o‘rganiladi:
dasturlash, algoritmik va ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari , CASE-texnologiyalar;
• aqlli dasturlash ;
• intellektual tizimlarni loyihalash uchun texnologiyalar va vositalar;

Ma’lumotlar bazalari, bilimlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari;
• nutq interfeysi, kompyuter lingvistikasi va kompyuter grafikasi;
• kompyuter tarmoqlari va veb- dasturlar;
• kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligi; Amaliy geografik axborot tizimlari.

"Sun’iy intellekt" mutaxassisligi bitiruvchisi kompyuter uskunalari, kompyuter tizimlari va tarmoqlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi va ishlaydigan korxona va tashkilotlarda ishlashi mumkin; dizayn, tadqiqot va ta’lim tashkilotlarida.


Sun'iy intellekt turlari
⠀Sun'iy intellekt deganda ko'pchilik gollivud filmlaridagi yovuz robotlar, terminator filmlaridagi kabi qahramonlarni tushunishadi. Aslida esa sun'iy intellektning ham klassifikatsiyalari mavjud. Quyida biz sizga sun'iy intellekt (artificial intelligence) turlari haqida qisqa ma'lumot beramiz.
⠀ ANI (Artificial Narrow Intelligence) — kuchsiz sun'iy intellekt sifatida tanilgan bo'lib, ma'lum bir vazifa uchun kodlangan va o'z buyruqlaridan tashqariga chiqa olmaydigan sun'iy intellekt turidir. Bunga misol qilib, Siri, Googel asistenti, Alisa kabilarni keltirish mumkin.
⠀ AGI (Artificial General Intelligence) — bu turdagi sun'iy intellektni kuchli sun'iy intellekt sifatida ham ta'riflashadi. Bu turdagi sun'iy intellekt inson qilishga qodir bo'lgan barcha mashg'ulotlarni bajarish imkoniga ega deb hisoblanadi. Hozirda kompyuter texnologiyalar ma'lumotlarni insonlardan bir necha yuz barobar tez qayta ishlay olishiga qaramasdan, haligacha fikrlash qobiliyatiga ega emas. AGI sohasida hali ham ko'plab izlanishlar olib borilmoqda.
⠀ ASI (Artificial Super Intelligence) — Terminator va Matritsa kabi filmlarda tasvirlangan turdagi sun'iy intellekt uchun ishlatiladigan termin. ASI — sun'iy intellekting barcha sohalarda insonlardan yuqori natijalar ko'rsatishi nazarda tutilgan, lekin bu sohada hali ko'rinarli yutuqlarga erishilgan emas.

XULOSA:
Sun’iy (kompyuter) aql - bu informatika va kompyuter muhandisligining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Sun’iy intellekt sohasidagi ish an’anaviy intellektual muammolarni hal qilish uchun kompyuter tizimlarini (o‘qitish, ekspert, konsalting, robot va boshqalar) loyihalash uchun usullar, vositalar va texnologiyalarni yaratishga qaratilgan.


Aniqlangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadigan oddiy dasturchilardan farqli o‘laroq, sun’iy intellekt mutaxassislari ushbu xususiyatlarni shakllantirishga qodir, bu har qanday dasturiy mahsulotni loyihalashda eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 



Download 230,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish