Kanalizatsiya. Kanalizatsiya – turar-joy va sanoat korxonalaridan ajratilgan iflos oqava suvlarni qamda qor-yomgir suvlarini qabul qilish, tozalash inshootlariga yuborish, tozalash va zararsizlantirish, ularning tarkibidagi foydali moddalarni ajratib olish va tindirish, tozalangan suvni suv havzalariga oqizib yuborish bilan bog’liq bo’lgan muhandislik sanitariya-gigiyena inshootlari va tadbirlari majmuasi hisoblanadi.
O’zbekistonda dastlabki kanalizatsiya 1937 yilda Toshkentda, to’qimachilik kombinati hududida (uzunligi 7.2 km) qo’llanildi. Uning tozalash inshootlari (Salar aeratsiya stansiyasi) 1939 yilda qurila boshlangan. 1940 yilda Toshkent uy-joy jam- g’armasining 9% kanalizastiya bilan ta’minlangan edi. 1945 yilda kanalizatsiya tarmoqlari 29 km, 1955 yilga kelib 60 km, hozirda esa 2601 km ni tashkil etadi, uy- joy jamg’armasining 81.8% kanalizatsiyalashtirilgan.
2006 yilda Guliston, Termiz, Urganch, Andijon shaharlarida tozalash inshootlari tiklangan, 16,5 km kanalizatsiya kollektorlari qayta qurildi va yuvib tozalandi, bunga taxminan 2 mlyard.so’m sarflandi. Termiz shahridagi tozalash inshootlarini rekonstruksiyalash ishlari amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |