Zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 238,93 Kb.
bet4/5
Sana11.06.2022
Hajmi238,93 Kb.
#655911
1   2   3   4   5
Bog'liq
Keys tipalogiya malumot

Piyonbozor – 1866 yilda o‘sha davrdagi shaharning ruslar yashaydigan qismi chekkasida YAkshanba bozor (Voskresenskыy bazar) ochiladi. Savdoning asosiy qismini spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do‘konlar, mayxonalar tashkil qilgan. Mahalliy aholining ayrim boyvachchalari, bu joyga kelib kayfu safo qilib turishgan. Mahalliy xalq iborasi bilan Piyon bozor deb nomlanishi shundan. Bozor 1930 yilgacha mavjud bo‘lgan. Keyinchalik bu hududda Alisher Navoiy nomli teatr qurilgan. 1947 yildan bu hudud Teatr maydoni nomi bilan atala boshlangan.

  • Qaymoqbozor – Eskijo‘va bozoridan keyingi eng katta bozor hisoblangan. Toshkent hokimi YUnusxo‘ja hukmronligi davrida qurilgan va 1810 yilda Qo‘qon xonligi bosqini davrida vayronaga aylantirilgan Kichik o‘rda deb nomlanuvchi o‘rda vayronalari tepaligi o‘rnida bo‘lgan. SHayxontohur darvozasiga yaqin bo‘lgan. Asosiy savdosi chorva mahsulotlari bo‘lgan. Bozorning «Qaymoqbozor» deb nomlanishi shundan. Bozor tahminan SHayxontoxur, A.Navoiy, A.Qodiriy va Anhor kanali oralig‘ida bo‘lgan.

  • CHorsu bozori

  • Post Views: 2 552

  • CHorsu bozori qadimdan Toshkent hududidagi eng yirik savdo markazi bo‘lib kelgan. YOzma manbalardan mazkur bozorning nomi turli davrlarda turlicha bo‘lganligi ma’lum. Bu: “CHorsu”, “Jo‘‘ba”, “Registon”, “Eski Juva” “Bolshoy bazar” (katta bozor) nomlaridir.

  • “CHorsu” qadimiy so‘z bo‘lib, dastlab zardushtiylarning kitobi “Avesto”da “chovurchuq” (“to‘rt tomonlama”) shaklida uchraydi va “bozor” ma’nosini anglatadi. Keyinchalik bu so‘z “chahorsu” va nihoyat “chorsu” shaklini olgan; “chorsu” deganda “gumbazli bozor” tushunilgan. XI asrga kelganda Turkiston shahar ko‘chalarining har ikki tomoni bozor – rastalardan iborat bo‘lib, ko‘chalar kesishgan joydagi bozor maydoni, ya’ni markaziy gumbaz “chorsu” deb atalgan. So‘zning ma’nosidan CHorsu bozori o‘rta asrlarda shaharning markazida joylashganligi aniq bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotlarda “chorsu” faqat to‘rt yul emas, balki besh, olti, undan ham ko‘proq yullar kesishgan joy ekani ta’kidlangan. Darhaqiqat, bozor hududida shaharning barcha darvozalaridan kelgan yullar tutashgan. Bunday joylarda savdo rastalari, kosiblarning do‘konlari joylashgan.

  • X–XVI asrlarga oid manbalarida bozor “Juba” va “Registon” shakllarida ham uchraydi. O‘rta Osiyolik tarixchi Narshaxiyning (X asr) asarida “jo‘ba” – “bozor maydoni” ma’nosida uchraydi.

  • CHorsu bozorining “Registon” deb nomlanganiga sabab – XV–XVII asrlarda shahar markazida bozorga yaqin hududda bo‘lib, unda Xo‘ja Ahror qurdirgan jome masjidi va madrasa (1451 y.), keyinchalik Abulqosim shayx madrasasi (XVI a.), Ko‘kaldosh madrasasi (XVI a.) va uning yaqinida Beklarbegi madrasasi (1835 y.) qurilgan. Mazkur binolar joylashgan maydon “Regison” deb nomlangan. Aslida bu so‘z “qumloq maydon” ma’nosini anglatadi, ya’ni bu erda katta maydon bo‘lgani ma’lum. Natijada uning yaqinida joylashgan bozorning nomi mazkur maydonning nomi bilan atala boshlangan.

  • XIX asrga oid yozma manbalarda markaziy bozor “Jo‘ba” va “CHorsu” deb tilga olinadi. Jumladan Muhammad Solih ham “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida Registondagi bozorni savdo markazi sifatida ta’riflab, u xalq tomonidan “Jo‘ba”, kitoblarda esa “Jo‘ybor” deyilishini yozadi. Muallif bozor haqida qimmatli ma’lumotlar keltirgan.

  • XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ham CHorsu bozori shaharning geometrik markazida, Toshkentning to‘rt dahasi tutashgan erida joylashgan. U shaharning asosiy bozori hisoblangan. Bu haqda o‘sha davr yozma manbalarida qayd etilgan. Mazkur davrga oid rus manbalarida CHorsu bozori “Bolshoy bazar” (“Katta bozor”), “Glavnыy bazar” (“Asosiy bozor”) deb qayd etilgan. Ularda CHorsu bozori haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

  • Masalskiyning yozishicha, mazkur davrda bozorning uzunligi shimoldan janubga 800 m. bo‘lib, eni 500 m. chamasida edi. Bozor tim va rastalardan (4500 do‘kon) iborat bo‘lgan. Har bir rastaga mol sifatini va narxini nazorat qilib turadigan rasta oqsoqoli saylangan. M.Pospelov va T.Burnashevlar rasta va do‘konlar savdogarlar uchun mollarning xiliga qarab qurilganligi ta’kidlaganlar. SHu sababdan rastalarning nomi sotiladigan mol bilan, do‘konlar esa, odatda egasining nomi bilan atalgan (go‘sht rastasi, shoyi gazlamalar rastasi, SHarifboy do‘koni). A.K.Geyns keltirgan bozor va rastalarning ro‘yxati ham diqqatga sazovordir: un bozor, kigiz bozor, qo‘y bozor, go‘sht rastasi, nonvoylik rastasi, kovush bozor, yog‘och bozor, temirchilik rastasi, chitfurushlik rastasi, sham bozor, bazzozlik rastasi, pichoqchilik rastasi, paxta bozor, tamaki bozor, tovoq bozor, zargarlik rastasi, misgarlik rastasi, choyfurushlik rastasi, egar bozori va hokazo. Muallifning habar berishicha, bozordagi savdo rastalarining umumiy soni 1500 taga etgan va bunday rastalar karvonsaroylarda ham bo‘lgan.

  • Amerikalik sayyoh va diplomat YUdjin Skayler 1873 yili Toshkentga kelganda Eski shahar bozori unda katta ta’sir qoldirganini ta’kidlagan. U asosiy bozor chorshanba kuni, shahar atrofidagi hududlardan savdogarlar o‘z mollari bilan kelganlarida, yig‘ilishini yozgan. Sayyoh bozorda hunarmandlar ham buyum ishlab chiqarib, ham uni shu erda, maxsus ochgan peshtoqlarida sotishlariga alohida ahamiyat bergan. Lekin bozorda faqat ko‘p xarid qilinadigan buyumlar ishlab chiqarilishini, asosiy ustaxonalar esa mahallalarda joylashishini, shuningdek, sotuvchilar ishsiz qolmaslik uchun mahsulotlarni katta miqdorda sotmasliklarini, bozorda rastalar sotiladigan molga qarab joylashishi, ya’ni bir turdagi mahsulot sotuvchilar boshqa xil mol sotuvchilardan alohida o‘rinlarda turib savdo qilishi haqida bayon qilgan.

  • Markaziy bozor atrofida bir turdagi mahsulot sotiladigan kichikroq bozorlar ham bo‘lgan. Ular sotiladigan mahsulotning nomi bilan atalgan. Bunday maxsus bozorlar joylashgan mahallaga mazkur bozorning nomi berilgan (Gulbozor, G‘o‘zabozor, Bo‘yrabozor, Xodabozor).

  • Bozor atrofida ustaxonalar, hunarmand-kosiblar yashaydigan mahallalar joylashgan. Ko‘p hollarda bunday mahallalar u erda istiqomat qiluvchi hunarmandlarning kasb-hunarining nomi bilan atalgan (Degrez, Kallaxona, Pichoqchilik, Kaduvot, Parchabof, Temirchii, O‘roqchilik, Kovushfurushlik, Ziroatfurush, Qoshikchilik va b.).
    CHorsu bozorida nafaqat shahar ichida ishlab chiqarilgan, balki tashqi hududlardan keltirilgan mollar ham sotilgan.
    XIX asrning oxirlaridan boshlab bu erda mahalliy va evropalik boylar o‘z do‘konlari, omborlari, banklari va savdo idoralarini qurdira boshlaganlar.

  • CHorsu bozori nafaqat savdo markazi edi, balki bu erda shahar aholisi turli yangiliklardan bohabar bo‘lgan, sababi hokimining turli farmonlari mahallalardagi masjidlarda ma’lum qilinganidan tashqari, yana shahar bozorida ham jarchilar tomonidan e’lon qilinardi. SHuningdek, mazkur bozor aholi dam olib hordiq chiqaradigan joyi ham bo‘lgan. Undagi turli taomlar tayyorlanadigan oshxona, choyxonalar xizmatidan tashqari, maydonida xalq san’ati namunalaridan dor o‘yini, kulgi-hazil sahnalar namoyish etilardi. O‘rta Osiyoning boshqa yirik shaharlarida bo‘lgani kabi, Toshkentda ham hayit va Ro‘za kunlari bozorshab (tungi bozor) o‘tardi. Bu haqda Muhammad Solih shunday yozgan: “Bozorning do‘kon-rastalari CHorsudagi qandolatpazlik do‘konigacha davom etadi. Ramazon oyida bu erda kechasi ham bozor bo‘ladi, xalq savdo-sotiq, har xil o‘yin-kulgi qiladi”.


  • Download 238,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish