Bobur shajarasi: Ota tomonidan: Bobur - Sulton Umarshayx Mirzo - Sulton Abusaid Mirzo - Sulton Muhammad Mirzo -Sulton Mironshoh - Amur Temur Ko‘ragon. Ona tomonidan: Qutlug‘ Nigorxonim - Yunusxon - Vaysxon - Sher Alixon - Muhammad Xo‘jaxon - Xizir Xo‘jaxon - To‘g‘luq Temurxon - Eson Bug‘axon - Dava Chiqon - Baraqxon - So‘kach o‘g‘li - Qamg‘or - Chig‘atoy - Chingizxon.
Zahiriddin Muhammad shoirning ismi bo‘lib, “Bobur” uning taxallusidir. Shoir taxallusi o‘z she’rlarida, rus, tojik, turk adabiyotshunoslari tomonidan “Bobur” shaklida aytilib, yozilib kelinsa-da, o‘zbek adabiyotshunosligida “Bobur” shaklida aytilib, yozilar edi. 1983-yili adabiyotshunos A.Abdug‘afurov “O‘zbekiston madaniyati” gazetasida maqola e’lon qilib, shoir taxallusini “Bobur” aytish va yozish to‘g‘ri ekanini ko‘rsatib beradi. Olim “G‘iyos-ul lug‘at” kitobida “yo‘lbars” so‘zi shaklida, ya’ni, ikkinchi tovushi ustida belgisi borligini keltirib, bu holatda, albatta “Bobur” o‘qilishi to‘g‘ri ekanini uqtiradi. Ikkinchidan, Bobur bir ruboiysida o‘z taxallusini beradiki, unda “Bobur” ekaniga shak-shubha qolmaydi.
She’ring eshitish fikrini bobur qildi.
Ne fikri xushu yaxshi tasavvur qildi.
Ko‘zni yorug‘ aylaydi savodi birla.
Mazmuni birla quloqni purdur qildi.
Qofiya bo‘layotganso‘zlarga e’tibor berilsa, “purdur” “tasavvur” so‘zlari ikkinchi bo‘g‘inida “u” tovushini kelishi aniqdir. Demak, shoir taxallusi “Bobur” ekanini shoir o‘zi ham tasdiqlamoqda.
1494yili Umarshayx kabutarxonasi bilan jarga qulab o‘ladi 12-yanvarda Bobur taxtga o‘tiradi. Otasi vafot etganda Bobur endigina o‘n bir yoshdan o‘tgan edi. U Farg‘ona viloyatining vorisi sifatida otasining o‘rniga taxtga o‘tiradi. Farg‘onada hokimiyatni qo‘lga olgan Bobur o‘z hukmronligi doirasini kengaytirishga, Movarounnahrda yirik bir davlat vujudga keltirishga urinadi. Uning diqqatini eng avval bobosi Amur Temurning poytaxti Samarqand o‘ziga jalb qiladi. Bobur o‘ziga tayinlangan bek atka va oqila onasi Qutlug‘ Nigorxonim rahbarligida qo‘shinni qayta tuzadi, shahar va qo‘rg‘onlarni mustahkamlaydi, Andijonga hujum qilgan o‘z tog‘asi Sulton Ahmadning hujumini mohirlik bilan qaytarib, ularni chekinishga majbur qiladi. Qo‘shini to‘zg‘igan Sulton Ahmad sulx tuzib, Samarqandga qaytishga majbur bo‘ladi. Bu jang yosh Boburning birinchi va katta g‘alabasi edi. Mana shu jangdan keyingina Boburdagi yagona va katta davlat tuzish, uni osoyishta tutish va farovon qilish niyati paydo bo‘ladi.
Bobur Samarqandni 1498 yilda, 15 yoshida egallab oladi. Uning ixtiyoriga o‘tgan bu ulkan shahar dunyoning eng boy va mashhur shaharlaridan edi. Temur davlatining markazi bo‘lgan bu shaharning masjid va madrasalarini, saroy va maqbaralarini hayrat bilan kuzatgan Bobur Samarqandning tarixda tutgan o‘rni va o‘sha davrdagi salohiyatini g‘urur bilan ta’riflaydi.
Samarqandning ichki vaziyati Boburning kutganicha bo‘lib chiqmadi. O‘zaro ichki urushlar, haddan ziyod soliqlar shahar ahlini nihoyatda qashshoq ahvolga keltirgan edi. Buning ustiga Farg‘onada qolgan ayrim beklar fitna va xiyonat yo‘liga o‘tgan edilar. Samarqandda atigi 100 kun hukmronlik qilgan Bobur Andijondan mahrum bo‘lmaslik uchun qaytib kelayotganda, Xo‘jandga yetganda Andijonni Jahongir Mirzo qo‘liga o‘tganini eshitadi. Bu orada Samarqandni Boburning amakivachchasi Sulton Ali Mirzo egallab olgan edi.
Shundan ikki yilga yaqin vaqt o‘tgandan keyingina Bobur Andijonni qo‘lga kiritdi, so‘ngra u butun e’tiborini yangidan Samarqandga qaratib, qo‘shin bilan Shahrisabzga yetganida Shayboniy ham Samarqandga yaqinlashib qolganini va Samarqand hokimi Sulton Ali mirzo tang ahvolda qolib Shayboniyga taslim bo‘lganini eshitadi. Biroq, Shayboniyning bu yerga hokim tayinlab, o‘zi urushni davom ettirayotgani sababli Bobur Samarqandni ortiqcha qarshiliksiz qo‘lga kiritadi.
1501yilning aprel oyida Shayboniy Samarqandni qamal qiladi, to‘rt oy davom etgan qamal shaharni qiyin ahvolga keltiradi va Bobur uchun Samarqandda qolish xavfli bo‘lib qoladi. Shayboniyning sulh sharti bahonasi bilan Bobur shaharni tashlab chiqib ketadi va Andijonga kirolmay, O‘ratepa, Mastchoh, Dahkat, Ohangaron, Piskentda bo‘ladi va nihoyat mo‘g‘ul xonlaridan bo‘lgan tog‘asi, Toshkentning hokimi - Mahmudxonning oldiga boradi. Uzoq vaqtlar sarson-sargardon yurgan Bobur 1504yilda 300 dan ziyodroq yigiti bilan Afg‘onistonga qarab yuradi. Afg‘onistonning katta qismini egallagan Bobur Shayboniyga qattiq zarba bergan Eron shohi Shox Ismoildan yordam so‘raydi va uning yordami bilan 1512 yilda Samarqandni qayta qo‘lga kiritdi. Uning bu sa’i-harakatlari yuqorida aytilganidek, Movarounnahrda markazlashgan, farovon davlat tuzishdan iborat edi. Ammo o‘z kuchlarini yana mustahkamlab olgan Shayboniyxon, Bobur bilan hamkorlikda jang olib borayotgan Najmi soniyning xalqni parokanda qilganidan foydalanib, Samarqandni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan Bobur u yerning xo‘jalik va madaniy hayotiga katta e’tibor berdi, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy e’tiqodlariga erkinlik berdi va amaldorlarini izzat-hurmat qildi. Bularning barchasi Boburning shon-shuhratini oshiradi. Bobur o‘z davlatini janub tomonga kengaytirish, Hindistonni egallab olish harakatini boshlab yuboradi. 1525 yil 21 aprelidagi Panipat, so‘ngra Dehli janglari 1527yilning 16 martida Boburning g‘alabasi bilan tugaydi.
Bobur inqirozga yuz tutgan temuriylar davlatining shuhratini saqlab qolishga va mustahkamlashga, Markaziy Osiyoda markazlashgan yirik davlat vujudga keltirishga uzoq va qattiq kurasholib bordi. Biroq tarixiy sharoit bunga imkon bermagach, u Afg‘onistonni, keyinchalik esa Hindistonni egallab oldi va katta imperiyani vujudga keltirdi. U asos solgan imperiya Afg‘oniston va Hindistonning siyosiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdi.
Bobur asos solgan davlat Hindistonning Angliya tomonidan bosib olinishiga qadar yashadi. Boburiylar sulolasi Hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahkamlash, madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rol o‘ynadi.
Bobur insoniyat madaniy hayoti tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Uning faoliyati hamda merosini o‘rganishda turli soha olimlari: tarixchilar, filologlar, o‘lkashunoslar katta natijalarga erishdilar. Uning asarlari ko‘p martalab nashr etildi, tadqiqotlar, ilmiy va ommabop asarlar yaratildi. Uning ijodini o‘rganuvchi o‘nlab olimlar yetishib chiqdi, bu borada ingliz sharqshunosi U.Erskinning xizmatlari katta. U Bobur va Boburiylar sulolasining Hindiston tarixi, uning davlat tuzumi hamda Hindiston yarim orolidagi madaniy hayotning shakllanishida tutgan o‘rni haqida oqilona va odilona xulosalarni bayon qilgan beg‘araz mutaxassislardan biridir.
Bobur Kobulda Hindistonda katta bunyodkorlik ishlarini olib bordi. Yurtni obod qildi. 1530 yili 26 dekabrda Agra shahrida vafot etadi.
Istiqlol yillarida Bobur va boburiylar haqidagi kitoblar, yuzlab maqolalar, o‘nlab risola va monografiyalar yaratildi. H.Qudratullayevning «Bobur armoni», R.Vohidoviing «Biz bilgan va bilmagan Bobur», I.Adizovaning «So‘zumni ko‘rub anglag‘aysan o‘zumni...», Ansoriddin Ibrohimovning «Boburnoma – buyuk asar», "Boburnoma"dagi hindch aso‘zlar», G‘.Satimovning «Boburiyzodalar», «Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida boburiylarning o‘rni», S.Jalilovning «Bobur va Yuliy Sezar», «Bobur haqida o‘ylar», F.Isxokovning «Boburnoma» uchun qisqacha izohli lug‘at», Z.Mashrabov va S.Shokarimovning «Asrlarni bo‘ylagan Bobur», K.Raisning «Bobur shaxsiyati va she’riyati», Sh.Yorqinning «Bobur devoni.Takmila», «Komron devoni» (ilmiy-tanqidiy matn), Gulbadan Begimning «Humoyunnoma», R.Godenning «Gulbadan» romani, P.Qodirovning «Bobur», «Avlodlar dovoni» romanlari, X.Sultonovning «Boburning tushlari» kitobi, «Boburiynoma» ma’rifiy romani, Qamchibek Kenjaning «Hind sorig‘a», «Andijondan Dakkagacha», «Buyuklar izidan», «Andijondan Bag‘dodgacha» safarnomalari va boshqa qator asarlar shular jumlasidandir.
Adabiyot va san’at sohasida Bobur siymosi yaratilmoqda. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” roman-dilogiyasi “Bobur” dramasi, X.Sultonovning “Saodat sohili” qissasi va turkum hikoyalari, Z.Muhitdinov, M.Xolidovlarni “Zahriddin Muhammad Bobur” nomli dramalari yaratildi.
Bobur haqida videofilm yaratilib, unda Bobur siymosini M.Abduqunduzov yaratgan. “Bobur” nomida Xalqaro jamg‘arma tashkil qilinib, ular tashabbusi bilan “Bobur bog‘i” yaratildi, u yerga Boburning ramziy qabri, haykali qo‘yildi. Andijon markazida Boburning ot ustida o‘tirgan haykali, Ark ichida esa bir haykali mavjuddir.
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan 1993yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Boburning buyuk xotirasini ulug‘lash yo‘lida katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Andijonda Boburhaykali o‘rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. «Bobur milliy bog‘i» va Shu bog‘ qoshida «Bobur va jahon adabiyoti» nomli muzey tashkil etildi.
Mavzu yuzasidan o‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar
1-bosqich uchun: X.Sultonov. “Saodat sohili”.
2-bosqich uchun: P.Qodirov. “Yulduzli tunlar”.
3-bosqich uchun: P.Qodirov. “Avlodlar dovoni”.
4-bosqich uchun: X.Sultonov. “Boburiynoma”.
Do'stlaringiz bilan baham: |