Innovatsion texnologiyalar - iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo'llaniluvchi usul va vositalar majmui bo'lib, o'z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari - insonga bekamu-ko'st yashash imkoniyatlarini beruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy soxalarda o'zining imkoniyat
va talablarini amalga oshirishni ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq xamda erkinliklariga rioya etish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.
Inflyatsiya - pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o'sishi.
Infratuzilma - tovar ishlab chiqarish shartlarini ta'minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo'llar, aloqa, transport, maorif, sog‘liqni saqlash.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi - «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'grisida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'grisida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-xunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy xayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'gri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgan.
Kasanachilik - yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish.
Kichik korxona - kichik biznes sub'ektlarining bir turi bo'lib, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko'ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq- ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va x.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat ko'rsatish soxasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona xisoblanadi.
Komil inson - xam milliy, xam bashariy moxiyatga ega bo'lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni xamisha ezgulikka undaydigan olijanob g'oya asosida tarbiyalangan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |