O’zbekistonda fuqarolar necha yoshdan nafaqaga chiqariladi?
Erkaklar 56, ayollar 50 yoshdan
Erkaklar 57, ayollar 51 yoshdan
Erkaklar 58, ayollar 52 yoshdan
Erkaklar 59, ayollar 53 yoshdan
Erkaklar 60, ayollar 54 yoshdan
O’zbekiston Respublikasining birinchi ordeni - bu .
A) «Mustaqillik» ordeni B) «Amir Temur» ordeni
«El-yurt hurmati» ordeni
«Sog‘lom avlod uchun» ordeni
«Shon-sharaf» ordeni
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qo’mondoni - bu .
A) Mudofaa vaziri B) Bosh Shtab boshlig‘i
C) Prezident D) Bosh vazir
Oliy Majlis raisi456
O„ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT
UNIVERSITETI
REPUBLIC OF
O„ZBEKISTAN MINISTRY
OF HIGHER AND
SECONDARY EDICATION
KARSHI STATE
UNIVERSITY
“TARIX” KAFEDRASI
“O’zbekiston tarixi” fanidan
Glossariy
Qarshi - 201
6GLOSSARIY
Afrosiyob - Milloddan avvalgi VIII-VII asrlarda bunyod etilgan shahar xarobalari, hozirgi
Samarqand shahrining sharqiy chekkasida joylashgan.
Axuramazda - Zardushtiylarning ulug‘ va donishmand Oliy xudosi
Alloma- qonunshunos shariat bilimdoni
Amir - xukmdor, davlat boshlig‘i
Amir ul-mo„minin - Diniy xukmdor Muhammad Rahimboydan keyingi mang‘it xukmdorlari o‘zlarini shunday atagan
Amir ul-umaro - «ulug‘ amir» Shaxrisabz hokimi, Kenagas qabilasidan chiqqan Ibroximbiy o‘ziga shu unvonni oldi
Animizm - insonni o‘rab turgan muxitga jonlar va ruxlarning mavjudligiga ishonish.
Antik - qadimgi
Arab xalifaligi - barcha xokimiyat Muhammad (s.a.v) ning o‘rindoshlari qo‘lida to‘planadi.
Arxeologiya - ashyoviy manbalarni o‘rganuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan, qadimshunoslik
Avesto - «Qat'iy belgilangan qonun-qoidalar» Zardushtiylikning kitobi
Avstrolopetik - eng qadimgi odam turi
Axriman - yovuzlik va o‘lim xudosi
Aholini ijtimoiy himoyalash - aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ta'sirini yumshatish.
Bandlik - Mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali Mehnat bilan mashg'ul bo'lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo'lgan va qonunga zid kelmaydigan, Mehnat daromadi beradigan faoliyati.
Barqarorlik - narsa va xodisalarning amal qilishi va rivojlanishdagi o'ziga xos muayyanlik xolati.
Biznes - foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Bek - O'rta Osiyo xonliklarida muayyan tuman yoki shaxar xukmdorining unvoni
Broker - Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga vositachilik qiluvchi shaxs
Bronza - Mis, qalay, qo‘rg‘oshin aralashmasidan hosil bo‘lgan eritma ma'dan
Vijdon erkinligi - fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqi hisoblanadi.
Daxyo - qabilalar ittifoqi
Dasht Qipchoq - Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyan'Shayan'ning g‘arbiy yon bag‘ridan to Dnepr daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan xudud
Davlat to„ntarishi - Davlat hokimiyatini qonunda ko‘zda tutilmagan usullar bilan egallab olish
Dehqon - (qishloq hokimi) ilk O'rta asrlarda mulkdor tabaqa
Dekloratsiya - (lot- ma'lum qilaman) -hukumatning, biror tashkilotning muhim bir hujjatni, qonunni, voqeani ko‘pchilik e'tiboriga yetkazuvchi bayonnoma
Demografik holat (yun. Demos (xalq) grafik (yozmoq) - biror mintaqada, mamlakat va dunyo aholisining xolati
Diktator - yakka xukmdor
Diktatura - hech qanday qonun bilan cheklanmagan, zo‘rlikka tayanuvchi hokimiyat
Din - ulamolarning fikricha, Allox tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali joriy etilgan iloxiy qonunlar
Diplomatiya - Davlatning tashqi siyosati soxasidagi vazifalarni amalga oshirish borasidagi faoliyat
Dodxox - shikoyatlarni qabul qiluvchi
Doktrina - Davlatning ichki va tashqi siyosati yo‘nalishini belgilovchi tub qarash va qoidalar tizimi
Dovon - Xitoy manbalarida Farg‘ona shu nom bilan atalgan.
Demokratik tamoyillar - xalq xokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy tamoyillaridir. Bular xokimiyat va boshqaruv organlari chiqargan qarorlardan xalqning xabardorligi; ushbu qarorlar bajarilishi ustidan xalqning nazorati, qonun va qarorlarni qabul qilishda xalqning ishtiroki tamoyilidir.
Demokratiya - «Demokratiya» so'zi xalq xokimiyati degan ma'noni anglatadi. Bu xukumat shakli, xayot yo'li, maqsad yoki ideal, ya'ni eng yuksak orzu va siyosiy falsafa. Bu termin xukumatning demokratik shakliga ega mamlakat uchun xam tegishlidir. Demokratiya (ya'ni xukumatning demokratik shakliga ega mamlakat) fuqarolari xukumat ishida bilvosita yoki bevosita qatnashadilar. Bilvosita demokratiyada - bu ko'pincha «sof demokratiya» deb ham ataladi, kishilar o'z jamoalari uchun zarur qonunlar ishlab chiqish maqsadida bir joyda uchrashadilar. Demokratiyaning asosiy xususiyatlari: barcha demokratik davlatlar uchun bir xildir. 1. Erkin saylovlar. 2. Siyosiy partiyalar mavjudligi. 3. Davlatning nazorat etilishi.
4. Konstitutsion xukumat. 5. Xususiy tashkilotlar.
Demokratiya shakllari - vakillik demokratiyasi - davlat va jamoat ishlarida vakillari orqali ishtirok etish. Bevosita demokratiya - xar bir fuqaro davlatni boshqarishda shaxsan ishtirok etishi, qonun loyixalarida, referendum, fuqarolar yig‘inlarida yoki davlat organlariga takliflar kiritish.
Jadid (arab) - Yangi usul
Jaxolat - Ilm-ma'rifatdan mahrumlik, qoloqlik
Jaxolatparast - Ilm-ma'rifatdan yiroq bo‘lgan shaxs
Jixod - Allox yo‘lida Islomni yoyish va uni ximoya qilish uchun kurash
Juz'ya - Islomni qabul qilolmagan aholidan olingan jon solig‘i
Jahon banki - 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o'zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan.
Ijtimoiy adolat - jamiyat barqaror va to'laqonli rivojlanishi uchun o'ta zarur omildir. U birinchidan, shaxs, jamiyat, davlat aloqadorligida tenglik va o'zaro xamkorlikni taqozo etadi. Ikkinchidan, mazkur tamoyil shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ne'matlardan baxramand bo'lishda teng huquqli bo'lishini ta'minlashga qaratilgan mezonlar va kafolatlarning mavjudligini bildiradi. Ijtimoiy adolatni ta'minlash xar bir huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |