u unlisi: 1) bir bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida qisqa (tush, pul, gul, buloq, bug‘doy kabi), urg‘uli bo‘g‘inida cho‘ziqroq talaffuz etiladi: bulut, etuk, popuk kabi.
2)k, g, u undoshlaridan keyin old qator unli tarzida, q, g‘, x undoshlaridan so‘ng esa orqa qator unli tarzida talaffuz etiladi.
–uvchi, -uv affikslari tarkibida cho‘ziqroq aytiladi: yozuvchi, o‘quvchi, oluv, qo‘shuv.
o‘ unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda, shuningdek, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida qisqa talaffuz etiladi: zo‘r, to‘r, ro‘mol, so‘roq.
2) k, g, y, x undoshlaridan so‘ng old qator unli tarzida; q, g‘, x undoshlaridan keyin orqa qator unli tarzida talaffuz etiladi. Masalan, ko‘l va qo‘l, ho‘l va xo‘r.
Do'stlaringiz bilan baham: |