5.Kavkaz tillari oilasi. Bu til oilasiga g‘arbiy guruh (abxaz, abazin, adigey, kabardin, ubix tillari), nax guruhi (chechen, ingush, batsbiy tiilari), dog‘iston guruhi (avar, dargin, lezgin, lak, karatin, gunzib va boshqa tillar), janubiy guruh (megrel, chan, gruzin, kartaliy, svan, guriy va boshqa tillar) kiradi.
6. Xitoy-tibet tillari oilasi. Bu oilaga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, vyetnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet, binna tillari) kiradi.
Mazkur til oilalaridan tashqari, dravid, malay-polinez, avstraliya, papua, afrika kabi til oilalari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |