inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolarlar — ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida
Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini qaratdi.
Global muammolarning soni taxminan o’ntadan qirq-elliktagacha boradi. Lekin shularning ichida asosiy, eng muhim integral muammolarning soni o’ntadan oshmaydi. Ular quyidagilardan iborat:
Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi.
Tinchlik va quralsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammosi.
Ekologik muammo.
Demografik muammo.
Energetik muammo.
Xomashyo muammosi.
Oziq-ovqat muammosi.
Dunyo okeanidan foydalanish muammosi.
Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy xaritasida qoloq mamlakatlar soni va salmog’ining kattaligi hamda mavqeining sezilarli holda oshganligi bilan bog’langan.
Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning 3/4 qismi Afrikada, 1 tasi Janubiy Amerikada va qolgani Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelgan. 80- yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda dunyo siyosiy xaritasida bo’lib o’tgan chuqur va miqyosli o’zgarishlar G’arb bilan Sharq o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan global yadro urushi xavfini amalda yo’q bo’lishiga sabab bo’ldi. Bunday holat ushbu xavfni tarqatuvchi mamlakatlar Rossiya va AQSh hamda NATO davlatlarida harbiy-siyosiy sohada aniq amaliy tadbirlarni hayotga tatbiq etish bilan bog’langandir.
Demografik muammo ham global muammolarning eng muhimi hisoblanadi.
Ushbu muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori darajada tug’ilish va tabiiy ko’payish bilan, rivojlangan mamlakatlarda esa juda past darajadagi tug’ilish va tabiiy ko’payish bilan bog’langan. Buning oqibatida birinchi guruh mamlakatlarida aholi va mehnat resurslari soni tez o’smoqda, ikkkinchi guruh mamlakatlarda esa aholi va mehnat resurslari soni past sur’atlarda o’smoqdaki, ular murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnni o’zgartirib so’zlab berish.
Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Yozma nutq:
Insoniyat oldida turgan global muammolar to’g’risida taqdimot tayyorlash. Global muammolardan biriga bag’ishlangan publitsistik maqola yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |