n undoshi – so‘zning barcha o‘rinlarida ishlatiladi (pok, nok, anor, tushun) lab undoshlaridan oldin qo‘llanganda, «m» ga o‘tadi: shanba – shamba, tanbur – tambur.
f undoshi: 1) bu undosh sof turkiy so‘zlarda qo‘llanmaydi, faqat o‘zlashmalarda uchraydi: farzand (toj), farq (ar.), fabrika (rus). 2) so‘zning turli o‘rinlarida p undoshiga moyil talaffuz etiladi: nafas-napas, qafas-qapas, taraftarap, ulfat-ulpat.
q undoshi so‘zning barcha o‘rinlarida kela oladi. 2) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga unli bilan boshlangan affiks qo‘shilganda, q undoshi «g‘» ga o‘tadi: taroq-tarog‘im, so‘roq-so‘rog‘im. Ayrim so‘zlarda q – x ga o‘tadi: maqtanmoq – maxtanmoq, to‘qson – to‘xson.
Do'stlaringiz bilan baham: |