k undoshi: 1) so‘zning barcha o‘rinlarida keladi (katta, aka, o‘rdak). 2) k – undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, asosdagi «k» jarangli «g» ga o‘tadi: telpak – telpagim, yurak – yuragim. Bir bo‘g‘inli va ayrim so‘zlashma so‘zlar bundan mustasno (yuk-yukim, ishtirokishtirokim). «k» dan so‘ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari (variantlari) qo‘llanadi: ko‘l, gul, kitob.
d, t undoshlari: 1) so‘z va bo‘g‘in boshida o‘zgarishsiz, to‘liq aytiladi: beda, dadil, dona, ta’til, teng. 2) d undoshi so‘z oxirida jarangsizlashib, t, undoshiga moyil aytiladi: madad-madat, mard-mart, obod-obot. 3) bu undoshlar so‘z oxirida ba’zan tushib qoladi: dasht – dash, go‘sht – go‘sh, xursand – xursan, Samarqand – samarqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |