I undoshi: (qorishiq portlovchi), bu fonema so‘zning boshida (joy, jiyda), o‘rtasida (majlis, ojiz) va oxirida (haj, toj) kela oladi. So‘z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bo‘lganda jarangsizlashadi – ijtimoiy > ishtimoiy.
ch undoshi: 1) so‘zning barcha o‘rinlarida keladi: choy, chin, ko‘cha, omoch, tilmoch. 2) jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o‘tadi: uchta – ushta, ichdi – ishti.
z undoshi: 1) so‘z boshida (zamon, zafar), o‘rtasida (bozor, ozod) va oxirida (aziz, mayiz) qo‘llanadi. 2) ba’zan jarangsiz undosh ta’sirida «s» ga o‘tadi: iztirob – istirob, mazkur – maskur, sakkiz – sakkis, tannoz – tannos.
Do'stlaringiz bilan baham: |