‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

A.  Tashqifaollik - b u  tashqi  dunyoda  o‘z ichki istak-xohishlarimiz 
ta’sirida bevosita ko‘rish,  qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, 
mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.
B.  Ichki faollik -  bu  bir  tomondan u  yoki  bu  faoliyatni  bajarish 
mobaynidagi  fiziologik jarayonlar  (moddalar  almashinuvi,  qon  ay-
62


lanish,  nafas  olish,  bosim  o ‘zgarishlari)  hamda,  ikkinchi  tomondan, 
bevosita  psixologik  jarayonlar,  ya’ni  aslida  ko‘rinmaydigan,  lekin 
faoliyat davomiyligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillami, hissiyotlami o‘z 
ichiga oladi.
Misol  tariqasida  hayotda  kechadigan  shunday  manzarani  tasav- 
vur  qilaylik:  uzoq  ayriliqdan  so‘ng  ona  o‘z  farzandi  visoliga  yetdi. 
Tashqi  faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni  quchoqlashi,  yuz- 
larini  silashi,  ko‘zlaridan  oqqan  sevinch  yoshlarida  ko‘rsak,  ichki 
faollik -  o‘sha ko‘z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, 
ichki  sog‘inchning  asl  sabablari  (ayriliq  muddati,  nochorlik  tufayli 
ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri),  ko‘rib  idrok qilgandagi  o‘zaro 
bir-birlariga  intilishni  ta’minlovchi  ichki,  bir  qarashda  ko‘z  bilan 
ilg‘ab  bo‘lmaydigan  emotsional  holatlarda  namoyon  bo‘ladi.  Lekin 
shu  manzarani  bevosita  guvohi  bo‘lsak  hamda uni  ifodalagan rasm- 
ni  ko‘rsak,  taxminan  qanday jarayonlar  kechayotganligini  tasaw ur 
qilishimiz  mumkin.  Demak,  ikkala  faoliyat  turi  ham  shaxsiy  tajriba 
va rivoj lanishning  asosini  tashkil  etadi.  Bir qarashda har bir konkret 
shaxsga va uning  ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lib  tuyilgan bunday  faoli­
yat  turlari  aslida  ijtimoiy xususiyatga  ega  bo‘lib,  shaxsning jamiyat 
bilan  kechadigan  murakkab  va  o ‘zaro  munosabatlarining  oqibati  hi­
soblanadi.
Inson  faoliyati  “harakat”,  “faoliyat”,  “hulq”  tushunchalari  bilan 
chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,  shaxs  va  uning  ongi  masalasiga  borib 
taqaladi.  Shaxs  aynan turli  faoliyatlar jarayonida  shakllanadi  hamda 
o ‘zligini namoyon qiladi.  Demak,  faollik yoki  inson faoliyati passiv 
jarayon bo‘1 may, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir.  In­
son  faolligini  mujassamlashtiruvchi  harakatlar jarayoni  faoliyat  deb 
yuritiladi. Ya’ni, faoliyat -  inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladi­
gan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi 
olamni  va  o ‘z-o‘zini  o‘zgartirish  va  takomillashtirishga  qaratilgan 
o‘ziga xos  faollik  shaklidir.  Bu -  yosh  bolaning real predmetlar mohi- 
yatini o‘z tasawurlari doirasida bilishga qaratilgan o‘yin faoliyati, bu -  
moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati,  bu -  yangi 
kashfiyotlar  ochishga  qaratilgan  ilmiy  tadqiqotchilik  faoliyati,  bu  -  
rekordlami ko‘paytirishga qaratilgan  sportchining mahorati va shun-
63


ga o‘xshash holatlardandir. Inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi 
bilan mashg‘ul bo‘lib turadi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish