‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


 D evid  Mayers Psixologiya.  Minsk,  2008,  496-bet



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

64 D evid  Mayers Psixologiya.  Minsk,  2008,  496-bet.
189


Yuqoridagi  mulohazalardan tashqari,  motivlar funksional-energe- 
tik tomonlami dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi.
Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uz- 
viy bog‘liq bo‘lib,  ularning muhiti  va dinamik, ma’naviy ta’sir etish 
munosabatini  o‘zida aks  ettiradi.  Motiv bilan qobiliyatning munosa- 
batlari psixik faollikning bevosita bajarish  asosi hisoblangan faoliyat 
orqali  namoyon  bo‘ladi.  Motivlashgan  tizimning  tarkiblarini  amali- 
yotda  ro‘yobga  chiqaruvchi  faoliyatnigina  aniqlash  bilan  cheklanib 
qolmasdan,  balki  faoliyatning  keyingi  istiqbolli  rivoji  yoki  uning 
boshqa  sohalar  bilan  qorishib  ketish  ehtimoli  darajasini  ham  bel- 
gilaydi.  Lekin  muayyan  insonning  funksional  imkoniyati,  faoliyati 
va  xuddi  shu  faoliyatning  obyektiv  tomonlarining  yaqqol  ro‘yobga 
chiqish  motivining  barqarorlashuvi,  rivojlanish  (takomillashuv)ga 
yo‘nalganligi  ham  faoliyatning  obyektiv  shart-sharoitiga  moslasha 
boradi.  Umuman  shakllanish jarayoni,  shaxsning rivojlanish motivi­
ning faoliyatiga,  faoliyatning  esa  motivga  o‘zaro  ta’siri  bilan  tavsif- 
lanadi,  bizningcha,  mazkur  ta’siming  ko‘rsatkichi,  mezoni  vazifa- 
sini  bajaradi.  Motivlaming  rivojlanishi  tufayli  tarbiyaviy  talablami 
anglashda,  ehtiyojlami  ichdan  qayta ko‘rishda,  xulq-atvor qoidalari, 
mezonlari yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning 
borliq bilan munosabati kabilarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish ke- 
rakki,  motivlaming  rivojlanishi, 
motivlashgan  yangi  ma’lumotlar- 
ning paydo bo‘lishi, faoliyat muhi­
ti  doirasidagi  o‘zgarishlar  tufayli 
amalga oshiriladi. Motiv mexaniz- 
mi  shaxs  sifatlarini  qayta  qurish, 
ulami  rivojlantirish  jarayonining 
faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, 
shu bilan birga, inson kamol topish 
jarayoniga,  faoliyat  muhiti  va 
sharoiti 
asta-sekin 
yoki 
tez 
o‘zgarishi -  motivlaming takomil- 
lashuvi, barqarorlashuvi kabi omil- 
larga  ta’sir  etadi.  Insonni  mehnat
Kundalik  suhbatda  “Sizning 
harakatingizga  qanday  motiv­
lar  xizmat  qiladi?”  degan  savol 
“Sizning xulq-atvoringiz nimani 
anglatadi?”,  “Siz  nega  bunday 
yo‘l tutdingiz?” ma’nolarini ang­
latadi.  Psixologlar  uchun  moti- 
vatsiya  -   bu  xulq-atvoringizni 
harakatga  keltiruvchi  va  uni 
ma’lum  maqsadlarga  erishishga 
yo‘naltiruvchi  ehtiyoj  yoki  is- 
takdir.  Biz motivatsiya haqidagi 
so‘nggi xulosani xulq-atvor aso­
sida  qilingan  kuzatishlar  bilan 
xulosalaymiz.
190


faoliyatida  qayta  tarbiyalash  va  muayyan  fazilatlami  shakllantirish 
yuqoridagi mulohazalaming mohiyatidir. Bu o‘rinda faoliyat faol vazi- 
yat  hisoblanib,  mavjud  ehtiyojlar,  qiziqishlar  doirasidagi  psixologik 
holatlardan uzoqlashib boradi,  so‘ngra yangi  qiziqish,  ehtiyoj  va  inti- 
lishlami shakllantiradi, motivlar mohiyati va shakllarini o ‘zgartiradi 
Ushbu mulohazani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, motivatsiyaning 
faoliyat darajasidan tashqari chiqish ehtimoli yoki faoliyatning moti­
vatsiya doirasidan tashqari chiqishi imkoniyati to‘g‘risidagi talqinlar 
nisbiy xususiyatga ega. Binobarin, motivatsiya faoliyatdan tashqarida 
va faoliyat esa motivatsiyadan alohidalikka ega degan xulosaga kel- 
maslik  kerak.  Bu  holatni  yaqqolroq  namoyish  qilish  niyatida  quyi­
dagi hayotiy haqiqatga murojaat qilamiz. Har bir ta:aba oliy maktab- 
ga  o‘qishga  kirayotganida  unda  diplom  olish  motivi  paydo  bo‘ladi 
o ‘qishga joylashgandan  keyin  esa  o ‘quv  predmetlarini  0‘zlashtirish 
jarayoni  o ‘qishga nisbatan intilish,  ehtiyoj,  qiziqish,  safarbarlik kabi 
psixik omillar yuzaga keladi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish