‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko‘p 
hujayrali  hayvonlarga  xosdir.  Ko‘p  hujayrali  hayvonlarda  aks  etti­
rish  birmuncha  yuqori  bo‘ladi.  Bunday  hayvonlarga  kovakichlilar 
(gidra,  meduza)ni  kiritish  mumkin.  Ular ham  bir hujayrali  hayvonlar 
kabi suvda yashaydi. Lekin kovakichlilar o‘zining tuzilishi jihatidan 
bir  hujayrali  hayvonlardan  ancha  murakkabdir.  Ulaming  murak- 
kabligi  hujayralarining  bir-biridan  farq  qilganligidadir:  tanasining 
tashqi  qismidagi  hujayralar  qoplagich,  ichki  hujayralar  esa  hazm 
qiluvchi bo‘ladi.
Evolyutsiya  zanjirining  yuqoriroq  pog‘onasida  turgan  ko‘p  hu­
jayrali  hayvonlarda  tana  tuzilishi  ham  ancha  murakkablashadi, 
yer  sharoitiga  mos  o‘zgarishlar  yuz  beradi, turli  taassurotlami aks 
ettiradigan  sezgi  organlari  vujudga  keladi, aks ettirish ham murak­
kablashadi.
Rus  fiziolog  olimi  I.M.Sechenev  inson  miyasi  va  organizmi- 
ning  psixik jarayonlar  bilan  o‘zaro  bog‘liqligi  bo‘yicha  ulkan  ish- 
lar  olib  borgan  va  psixologiyaga  o‘zining  ulkan  hissasini  qo‘shgan. 
Keyinchalik uning  fikrlarini Pavlov rivojlantirdi  va  shartli  reflekslar 
hodisasini  ochdi.  I.P.Pavlovning  fikrlari  va  ixtirolari  hozirgi  kunda 
yangi  nazariyalar  yaratishga  asos  bo‘ldi.  Bulaming  ichida  Breyn- 
shteyn,  Xoll,  Anoxin,  Sokolovlaming  nazariya  va  konsepsiyalari 
ajralib  turadi.  Sechenov  fikricha,  barcha  psixik  hodisalar  o ‘zining 
ortidan  murakkab  reflekslar va fiziologik hodisalami  namoyon  qila- 
di.  Pavlovning  fikricha  o‘zini  tutish  murakkab  shartli  reflekslaming 
qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi.  Biroq shartli reflekslar bu oddiy 
fiziologik hodisalar  ekanligi  keyinchalik m a’lum  bo‘ldi.  Shartli-ref- 
lekslar  haqidagi  bilimlaming  ochilishiga  qaramay,  keyinchalik  tirik
37


jonzotlaming  yangi  qobiliyatlarini  o‘zlashtirishning  boshqa  usullari 
ustida  ham  ishlar  olib  borildi.  Bunda,  ayniqsa,  Sokolov  va  Izmay- 
lovlarning  xizmatlari  katta.  Ular  tomonidan  konseptual  reflektor 
yoyi tushunchasi ilgari surilgan.  U uch o‘zaro bog‘liq lekin nisbatan 
erkin  neyronlar  sistemasidan  iborat:  afferent  (sensorli  analizator), 
effektor  (bajaruvchi,  harakat  organlariga javob  beruvchi)  va  model- 
lashtiruvchi (afferentiv va effektor sistemasi ustidan boshqarib turuvchi). 
Birinchi neyronlar sistemasi m a’lumotlar qabul qilinishi va qayta ish- 
lanishini  ta’minlaydi,  ikkinchi  sistema  buyruqlar  ishlab  chiqarilishi 
va ulaming  bajarilishini  ta’minlaydi,  uchinchisi  ikkinchi  va birinchi 
sistema ustidan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi.  Bu nazariya 
bilan bir qatorda boshqa nazriyalar ham mavjud, bir tomondan psixik 
jarayonlaming  o‘zini  boshqarishdagi  roli,  boshqa  tomondan  o ‘zini 
boshqarishda umumiy boshqaruv modellarining tuzilishida fiziologik 
va psixologik hodisalaming namoyon bo‘lishi.  Bemshteynning fikri- 
cha eng  sodda  o‘zlashtirilgan  xatti-harakatning  o‘zi  ham,  murakkab 
harakatlami  inobatga olmagan holda psixikaning ishtirokisiz amalga 
oshirilishi  mumkin emas.  Uning ta’kidlashicha,  har qanday harakat- 
ning pay do bo‘lishida psixomotor reaksiya mavjud.
Har  qanday  harakatning  o‘zlashtirilishi  ongning  ta’siri  ostida 
amalga  oshiriladi.  Ong  tushunchasi  juda  ko‘p  muammolarga  duch 
keladi.  Bularga  turli  xil  yondashuvlar  ham  mavjud.  Ong  muammo- 
si  psixologiyadagi  global  va  eng  murakkab  muammolardan  biridir. 
Muammoga  asosiy  yondashuvlarda  “Ong,  -   deydi  V.Vund,  -   bu 
o ‘zimizning  har qanday psixologik jarayonlarga  duch kelishimizdir. 
Ong psixologik jihatdan o ‘zida ichki yorug‘likni, yorqinlik yoki zul- 
matni  ifodalaydi.  Inson  o‘zini  yo‘qotgan  paytda  u  go‘yoki  o‘chishi 
ham mumkin”.
K.Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalaming xo‘jayini”. 
Ong  -   bu  o ‘zgacha  psixik  kenglik.  Ong  psixologiyaning  sharti 
bo‘lishi  mumkin,  lekin  uning  predmeti  bo‘la  olmaydi.  Uning  mav- 
judligi  psixologik  fakt  bo‘lishiga  qaramasdan,  uni  aniqlash  mum­
kin  emas  va  faqatgina  o‘zidan  chiqarilishi  mumkin.  Ong  sifatsizdir, 
chunki  uning  o‘zi  sifat-psixik jarayon va  hodisalaming  sifatidir.  Si- 
fatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki yo‘q. Yuqorida keltirilgan qa-
38


rashlaming  umumiy  xulosasi  -   bu  psixologik  sifatsiz  ongga  urg‘u. 
Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. Uning aytishicha 
“Ong -  bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir”. “Ong o‘zi bilan o‘zi alo- 
qadadir”.  Ong -  bu ongdir, ong faqatgina jamiyat ongi va tili mavjud 
bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin.  Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki 
tabiat  tomonidan  berilmaydi  balki  u jamiyatda  rivojlanadi.  Shuning 
uchun ong psixologiyaning  sharti  emas  balki uning  muammosi -  il­
miy psixologik izlanishlar predmetidir9.
Aytishlaricha,  odam miyasida taxminan  14 milliard hujayra mav­
jud  bo‘ladi,  lekin  yangi  tug‘ilgan  bolada  ulaming  ko‘pchiligi  hali 
ishga tushmagan bo‘ladi.
Yangi  tug‘ilgan  bola  va  katta  yoshdagi  kishilaming  bosh  miya 
hujayralarini  solishtirish  shuni  ko‘rsatdiki,  miyaning  rivojlanish ja- 
rayonida  uning  hujayralari  o‘rtasida  maxsus  o ‘simta  (shoxcha)  -  
ko‘prikchalar  shakllanib  boradi.  Bosh  miya hujayralari  sezgi  organ- 
lari  orqali  tashqaridan  olayotgan  ma’lumotlarga  javob  berar  ekan, 
go‘yo  bir-birlariga  qo‘llarini  uzatib,  bir-birlarini  mahkam  ushlab 
oladi. Bu jarayon elektron kompyuterdagi tranzistorlar ishiga o ‘xshab 
ketadi. Har bir alohida olingan tranzistor o‘zi alohida ishlay olmaydi, 
faqat  m a’lum  bir yagona  tizim  (sistema)ga  birlashgandagina  ular 
kompyuter sifatida ishlay olishi mumkin.
Hujayralaming  bir-birlariga  bog‘lanishi  shakllanishining  eng  faol 
davri -  bu bola tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan davrdir. Bu vaqtda 
taxminan  70-80%  shunday birikmalar vujudga keladi va ular qanday 
rivojlanishiga qarab, miya imkoniyatlari ham ortib boradi. Tug‘ilgandan 
keyingi dastlabki olti oyda miya o ‘zining voyaga etish imkoniyatining 
50 foiziga erishadi, uch yoshga kelib esa bu ko‘rsatkich -  80 foizga ye- 
tadi.  Albatta,  bu  bola  miyasi  uch  yoshdan  keyin  o‘sishdan  to‘xtaydi, 
degani  emas.  Uch  yoshga  yetib,  asosan  miyaning  orqa  (ensa)  qismi 
voyaga yetadi, to‘rt yoshga kirganda esa bu murakkab jarayonga uning 
«peshana qism» degan qismi ham qo‘shiladi.
Miyaning muhim (asosiy, fundamental) qobiliyati tashqaridan sig­
nal  qabul  qilish,  uning  obrazini  yaratish  va  esda  olib  qolishdir.  Bu

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish