‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


 D evid Mayers Psixologiya.  Minsk.  2008.  583-584-betlar



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

72 D evid Mayers Psixologiya.  Minsk.  2008.  583-584-betlar.
1. Xarakterning  ma’naviy 
xislatlari -  mehnatsevarlik,
halollik, 
rostgo‘ylik, mehribonlik, 
tashabbuskorlik, kamtarlik 
kabilar.
2. Xarakterning  irodaviy 
xislatlari -  maqsadga
intiluvchanlik, qat’iylik, 
jasurlik, o‘z-o‘zini tuta bilish 
kabilar.
227


o‘rtacha  (adekvat)  baho  beradi.  Insonning  xarakter  xususiyatlarini 
nemis  olimi  K.Leongardom  xarakter  tipologiyasini  o‘rganib,  ulami 
bir  nechta  turlarga  ajratgan.  U  inson  xarakter  xususiyatlari  tasnifini 
atrofdagi  odamlar  bilan  muomalasi,  usuli  negizida  va  alohida  qu- 
yidagi xarakter turlari bo‘yicha ta’rif beradi.
Emoiiv turi -  bu toifadagilar tor doiradagi saralangan odamlar bi­
lan aloqa qilishni afzal ko‘radilar. Ular kam hollarda mojarolarga ara- 
lashadilar,  xafaliklarini  ichlarida  saqlaydilar.  Yaxshi  xislatlari  sami- 
miylik, rahm-shafqatli, o ‘zgalaming yutug‘idan quvonadigan, ijrochi. 
Salbiy tomonlari: yig‘loqi, o‘z hissiyotlariga beriluvchan, izzattalab.
Namoyishkorona -  bu toifa insonlar tez muloqotga kirishuvchan, 
yetakchilikka intiluvchan, hokimiyatni egallash hissi ustuvor va maq- 
tovni  yoqtiradi.  Ular  boshqalarga  tez  ko‘nikadi.  Bunday  insonlar 
o ‘zlarining  o ‘ziga  ishonchliligi  yuqori,  o ‘ziga  tortuvchanliklari 
bilan  atrofdagilarning  g‘ashiga  tegadi,  mojarolami  o ‘zlari  keltirib 
chiqaradilar va  faol  tarzda  o‘zlarini  himoya  qiladilar.  Ijobiy  tomon­
lari:  qanoatli,  artistlik qila oladigan,  boshqalarni o ‘ziga qarata oladi- 
gan.  Salbiy tomoni:  xudbin, shaxsiyatparast, maqtanchoq.
Ekzotik -  bu toifadagilar o ‘ta kirishimli,  so‘zamol, bunday odam­
lar tez-tez bahslashadilar, lekin ish vaqtida mojarolarga yetib bormay- 
di.  Mojaroli  holatlarda ular bir paytning  o‘zida  ham  faol,  ham  sust- 
kash.  Shu bilan birgalikda do‘stlari va yaqinlariga bog‘langan tarzda 
faoliyat olib boradi.  Ijobiy tomoni o ‘ziga yaqin odamlarga g ‘amxo‘r 
va e’tiborli, salbiy tomoni boshqalarga e’tiborsiz.
Ekstrovert-  ular o‘ta kirishimli. Bunday odamlaming do‘stlari va ta- 
nishlari juda ko‘p.  Har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib 
olish mumkin. Do‘stlar davrasida, ishda, oilada ko‘pincha yetakchilik- 
ni,  bo‘ysundirishni afzal ko‘radi.  Ijobiy xislatlari o‘zgalami diqqat bi­
lan  eshitishga  tayyorligi,  so‘ralgan  talabni  tezda  bajarishi.  Salbiy  to­
monlari: ta’sirga beriluvchan, yengil tabiat, ko‘ngilxushlikni yoqtiradi.
Introvert -   bu toifadagilaming  boshqalardan  farqli  tomoni  shun- 
daki,  ular  o‘ta  ishonuvchan,  o‘z  tuyg‘ularini  oshkor  etishni  qo‘lla- 
maslik,  qat’iylikdan  yiroqlashish,  faylasuflik  qilishga  intilishlari  bi­
lan xarakterlidir.  Bunday odamlar yolg‘izlikni yoqtiradilar.  Ularning
228


shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan  ixtilofga bo- 
rishadi. Ijobiy tomoni kelishmovchilikni sodir etmasligi, uyatchanlik, 
qat’iylik  kabi  ijobiy  fazilatlar  bilan  bir  qatorda,  qaysarlik,  fikrlash- 
ning tormozlanishi kabi salbiy xususiyatlarga ega.
I.P.Pavlov  tajribasining  ko‘rsatishicha,  muayyan  tizimda  tashqi 
ta’sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga taal- 
luqli  dinamik  stereotipning  shakllanishiga  qulaylik  vujudga  keltirishi 
yoki  aksincha,  halaqit  berishi  mumkin.  Shaxs  xarakterining  tuzilishi 
turli xususiyatlaming tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro 
bir-biriga bogiiq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xis- 
latlarining muayyan qismida xabardor bo‘lish notanishlami tashxis qi­
lish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi va 
xudbinligi ma’lum boisa, uning ichi qoraligini taxmin qilish mumkin 
yoki  inson  kamtar,  mo‘min  bo‘lsa,  albatta,  uning  ko‘ngilchan  ekan- 
ligini  sezamiz.  Xarakterning  tuzilish  xususiyatlari jumlasiga  xarakter 
kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarak­
ter turlariga ajratiladi.  Shuningdek, xarakter tuzilishining xususiyatlari 
tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgan. 
Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoli- 
yatining  zaruriy  shartlaridan  hisoblanadi.  Shaxsning  xarakter  xususi­
yatlari  turlicha  turmush  sharoitlarida  qarshilik  qiluvchi  vaziyatlarga 
duch  kelsa-da,  uning  xatti-harakatlarini  boshqaradi.  Shu  bois  inson 
tashqi  vaziyatga bog‘liq bo‘libgina  qolmasdan,  balki  tashqi  vaziyatni 
shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Shaxsning  munosabatlarini  aks  ettiruvchi  xarakter  xislatlarini 
to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
1) jamoa  (guruh)ga va ba’zi  bir insonlarga nisbatan munosabatni 
ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takab- 
burlik, qo‘pollik va boshqalar;
2)  mehnatga  nisbatan  munosabatlami  mujassamlashtiruvchi  xu­
susiyatlar:  mehnatsevarlik,  dangasalik,  vijdonlilik,  mas’uliyatlilik, 
mas’uliyatsizlik kabilar;
3)  narsalarga  nisbatan  munosabatni  aks  ettiruvchi  xususiyatlar: 
ozodalik, ifloslik, narsalami ayash, ayamaslik va hokazo;
229


4) 
shaxsning o ‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: 
izzattalablik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, 
kamtarinlik,  samimiylik va boshqalar.
Insonning  xarakterini  tashkil  etuvchi  bu  individual  xususiyatlar, 
birinchi  navbatda,  tarbiyaga,  aql  va  irodaga,  shuningdek,  m a’lum 
m a’noda  his-tuyg‘uga  ham  taalluqlidir.  Inson  shaxsining  xarakteri 
hamisha  ko‘p  qirralidir.  Unda  alohida  xususiyatlar  yoki  tomonlar 
ajratilib  ko‘rsatilishi  mumkin,  lekin  ular  bir-biridan  ajratilgan,  alo­
hida  holda  mavjud  bo ‘lmaydi,  balki  m a’lum  m a’noda  xarakter- 
ning  barqaror tuzilishini  tashkil  etgan  holda  o ‘zaro  bog‘liq  bo‘ladi. 
Xarakteming tuzilishi uning  ayrim xususiyatlari  o ‘rtasidagi  qonuniy 
bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi.  Bundan tashqari,  shaxsning turmush- 
dagi  zamriy  sharoitlaridan  biri  xarakteming  muayyan  darajada  qa- 
yishqoqligidir. Xarakteming qayishqoqligi ikki xil ma’no kasb etadi. 
Uning barqarorligi singari muhitga faol ta’sir o‘tkazishning shartlari- 
dan  biri  hisoblanadi.  Amallari  maqsadga  muvofiq  va  foydali  kechi- 
shi  uchun  ular  o‘zgaruvchan  tashqi  sharoitga  moslashishlari  lozim. 
Xarakter xususiyatlarining  kuchi  va  barqarorliligi  markaziy  tizimga 
bog‘liqligiga  binoan  muayyan  darajada  shaxs  munosabatlarining 
mazmuni bilan belgilanadi.
Xarakteming  tarkib  topishida  insonning  tevarak-atrofdagi  muhit­
ga,  o ‘z-o‘ziga  hamda  boshqa  insonga  qanday  munosabatda  bo‘lishi 
muhim  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  bu  munosabatlar  xarakteming 
eng  muhim  xususiyatlarini  tasniflash  uchun  asos  bo‘ladi.  Xarakter- 
ning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va 
m e’yoming  oxirgi  chegarasiga  borib  qolganda,  xarakteming  aksen- 
tuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladigan vaziyat tug‘iladi.
Xarakteming tarkib  topishi  muayyan qonuniyatlar ta’sirida amal- 
ga  oshiriladi  va  xarakteming  har  bir  xislati  shaxs  munosabatlariga 
bog‘liq  bo‘lsa,  ular,  o‘z  navbatida,  ijtimoiy  munosabatlar bilan  bel­
gilanadi.  Nasliy  xususiyatlari  bir  xil  egizaklarda  turlicha  ijtimoiy 
muhitda  har xil  xarakter  xislatlari  shakllanadi.  Shu  sababli,  ijtimoiy 
tuzumni  tavsiflovchi  keng  ijtimoiy munosabatlar  shaxsning  ijtimoiy 
tipik  xususiyatlarigina  emas,  balki  xarakteming  individual  xususi-
230


yatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy 
munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, oilada, mehnat 
jamoalarida xayrixohlik,  o‘rtoqlik,  o‘zaro yordamlashish,  hamkorlik 
yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosa- 
batlar tarkib  topa boshlaydi.  Oilaviy  muhit,  undagi  shaxslararo  mu- 
nosabatlar,  farzandlaming  miqdori,  yoshidagi  farqi,  nizoli  vaziyat- 
lar  ko‘rinishi,  ota-ona  munosabatiga  asoslangan  holda  xarakterning 
o‘ziga  xos  belgilari  shakllanadi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  va 
maktabdagi shaxslararo munosabatlar(o‘qituvchi-o‘quvchi,o‘quvchi- 
o‘quvchi,  o‘quvchi  va  sinf sardori,  ota-ona va o‘qituvchi  o ‘rtasidagi 
munosabatlar)  ham  xarakterning  maxsus  xislatlari  tarkib  topishida 
o ‘z  ta’sirini  o‘tkazadi.  Mehnat  jamoalarida,  norasmiy  guruhlarda 
ham  xarakter  xususiyatlarining  sezilarli  darajada  shakllanishi  va 
o ‘zgarishlari yuzaga keladi.  Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter 
xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o ‘zgarishlar 
kiritish juda qiyin kechadi.  Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqa- 
rorligi,  doimiyligi  ko‘p  jihatdan  shaxs  munosabatlarining  onglilik 
darajasiga  bog‘liq.  Insonning  rostgo‘ylik,  mehnatsevarlik  xislatlari 
tasodifiy  tarkib  topmagan  bo‘lib,  uning  ongli  qarashlariga,  aqidala- 
riga  mos  tushsa,  u  holda  har  qanday  qiyin holatlarda  ham  namoyon 
bo‘laveradi.  Shunday qilib, psixikaning individual  sifat xususiyatlari 
shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina 
xarakter xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi.
Xuddi  temperament  kabi  xarakter  ham  insonning  fiziologik  xu- 
susiyatlariga  avvalo,  asab  tizimi  turiga  bog‘liqdir.  Chunki,  xarakter 
bilan temperamentning o‘zaro munosabati ulaming fiziologik asoslari 
bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon 
bo‘lib,  aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi  dinamik 
xususiyat deyiladi.
Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyat- 
lariga  bog‘liqdir.  Temperament  xususiyatlari  xarakterning  muayyan 
tomonlari  rivojlanishiga  qarshilik  ko‘rsatishi  yoki  yordam  berishi 
mumkin.  Xolerik yoki  sangvinik tipdagi  odamga qaraganda, flegma­
tik tipdagi odam o‘zida tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib toptirishi
231


qiyinroqdir.  Jur’atlilik  va  vahimani  bartaraf etish melanxolik uchun 
jiddiy  muammo  hisoblanadi.  Xarakteming  jamoada  shakllantirili- 
shi  xolerik tipdagi  insonlarda  o ‘zini  tuta  bilishni  va  o‘ziga  tanqidiy 
ko‘z bilan  qarashni,  sangviniklarda  sabotlilikni,  flegmatiklarda  faol- 
likni  rivojlantirish  uchun  qulay  sharoitlar  yaratadi.  Insonning  faoli- 
yati,  uning  xulq-atvori,  eng  avvalo,  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadlari 
bilan belgilanadi  va  shaxsning yo‘nalganligi  -   qiziqishlari,  ideallari 
va  e ’tiqodining  majmuyi  doimo  uning  xulq-atvori  va  faoliyatining 
asosiy  determinant  bo‘lib  qoladi.  Biroq  shaxs  yo‘nalishida  ko‘plab 
umumiylik  bo‘lgan  va  maqsadlari  bir-biriga  to‘g‘ri  keladigan  ikki 
insonda  ana  shularga  erishish uchun  ular  foydalanayotgan  usullarda 
jiddiy  farqlar  bo‘lishi  mumkin.  Ana  shu  boshqachalik  ortida  shaxs 
xarakterining  xususiyatlari  turadi.  Insonning  xarakteridagi  tipik  ho- 
latlarda  go‘yo  uning  xulq-atvori  uchun  tipik  dastuming  poydevori 
qo‘yilgan  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  xarakteming  xususiyatlari  muay­
yan  undovchi,  vaj-sabab  bildimvchi  kuchga  ega  bo‘ladi,  bu  kuch 
ko‘pincha xatti-harakat usulini tanlash, ba’zi qiyinchiliklami yengish 
uchun  zamr  bo‘lgan  vaqtlarda,  stress  holatlarida  eng  ko‘p  darajada 
namoyon bo‘ladi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish