‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

o'ta  quvongan,  kulgi  nashidasi  bilan  band  b o ‘lgan, 
um idsizlik tu zo g ‘iga  ilingan  inson turli  vaziyatlarda borliqni  bir tekis
68 Devid G.  Mayers.  Psixologiya.  Minsk.  2008.  544-bet.
69 Devid G.  Mayers.  Psixologiya.  Minsk.  2008.  546-bet.
202


aks  ettira  olm aydi.  C hunki,  u  m azkur  sharoitlarda  o ‘z  kechinm ala- 
rini  har xil  ifodalaydi,  o 'zin i  turli  darajada ushlaydi,  harakatlarini  esa 
turlicha boshqaradi.  Bunday  oraliq  m iya va m iya katta yarim   sharlari 
p o ‘stlo g ‘idagi m a ’lum m arkazlam ing kuchli q o ‘z g ‘alishini va boshqa 
m arkazlarning  torm ozlanishi  m e ’yordan  chiqib  ketishi  tufayli  o ‘zaro 
alm ashinib qoladi.  H arakatchanlikning asta-sekin k o ‘tarilishidan  ibo­
rat  stenik  holat  astenik  holat  bilan  alm ashinadi  (kuchli  holat  kuchsiz 
bilan  aralashib  ketadi),  lekin  qayta  tiklanishga  ulgurm aydi.  M asalan, 
j o ‘shqin  harakatda, k o ‘z yaltirashida, yuz qizarishida vujudga kelayot- 
gan  kuchli jahl  k o ‘rinishlari  k o ‘zning  xiralashishi,  yuz  oqarishi,  rang 
o ‘chishi  bilan  b o g ‘liq  qattiq g ‘azabga aylanishi  mumkin.
U m idsizlikkechinm asida o rg an izm n in g jo ‘shqin reaksiyasi b a ’zan 
xushdan ketib qolish holati  bilan alm ashinadi. U shbu vaziyat lotincha 
«sutpos»  stupor,  y a ’ni  serrayib  qolish,  karaxt  holati  deb  psixologi- 
yada q o ‘llaniladi.
A ffekt holati boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlam ing barchasi- 
dan  uzoqlashib, o ‘z hissiyotining oqibati to ‘g ‘risida  ham  o ‘ylam aydi, 
hatto  tana  o ‘zgarishlari,  ifodali  harakatlar  unga  b o ‘ysunm ay  boradi. 
Kuchli  z o ‘riqish  natijasida m ayda,  kuchsiz  harakatlar barham   topadi. 
Torm ozlanish  m iya  yarim   sharlari  p o ‘stini  to ‘la  egallay  boshlaydi, 
q o ‘z g ‘alish p o ‘stloqosti  nerv tugunchalarida, oraliq  m iyada avj  oladi, 
xolos.  Buning natijasida, shaxs hissiy kechinm asiga (dahshat, g ‘azab, 
nafratlanish,  um idsizlik  va  hokazolar)  nisbatan  o ‘zida  faol  kechayot- 
ganini  sezadi.
M a ’lu m o tlarn in g   k o ‘rsa tish ic h a,  k o ‘p inch a  h issiy o tla r  affektiv 
sh ak lid a  o ‘tishi  tajrib alard a  sinab  k o ‘rilgan.  Ju m lad an ,  1)  tea tr to- 
m o sh a b in la rid a ,  2)  tan tana  n a sh id asin i  su ray o tg an   o lom on lard a,
3)  es-h u sh in i  y o ‘qotgan,  telb a n am o   sevgi  afso n a larid a ,  4)  ilm iy 
kashfiyot  lahzasida,  5)  taso difiy   q iz g 'in   u c h ra sh u v lard a   j o ‘shqin 
sh o d lik lar  m u jassam lashad i.
A ffektlar  vujudga  kelishining  dastlabki  bosqichida  har  bir  shaxs 
o ‘zini  tutishini,  o ‘zini  q o ‘lga  olishni  uddalash  qurbiga  ega  b o ‘ladi. 
U larning  keyingi  bosqichlarida  irodaviy  nazorat y o ‘qotiladi,  irodasiz 
harakatlar am alga oshiriladi, o ‘ylanm asdan xatti-harakat qilinadi. A f­
fektiv  holatlar  m as’uliyatsizlik,  axloqsizlik,  m astlik  alom atida  sodir
203


b o 'lad i,  lekin  shaxs  har  bir  xatti-harakati  uchun javobgardir,  chunki 
u  aql-zakovatli  insondir.  A ffektlar o 4 ib   b o ‘lganidan  keyin  shaxsning 
ruhiyatida osoyishtalik,  charchash  holati  hukm   suradi.  B a’zi  hollarda 
holsizlanish, jam iki  narsaga  loqayd  m unosabat,  harakatsizlik,  faollik 
barham  topishi,  hatto  uyquga m oyillik yuzaga keladi.  Shu bilan birga 
affektiv  shok  (fransuzcha choc -  zarba  degan  m a’noni  anglatadi)  ho­
lati  ham  sodir  boMadi,  buning  oqibatida  organizm ning  ichki  a'zolari 
fiinksiyasi buziladi, hatto yurak xuruji (infarkt -  lotincha arctus -  “xavf 
to ‘ldirg‘ich”,  miokard  yunoncha  mys  -   tomir,  kardia  -   yurak  degan 
m a’no  bildirib  keladi)  yuzaga  keladi.  Shuni  ham  unutmaslik  kerakki, 
affektiv  qo ‘zg ‘alish  m uayyan  davrgacha  davom   etishi,  b a ’zan  o ‘qtin- 
o ‘qtin  kuchayish yoki  susayish  (pasayish)  sodir b o ‘lib turishi mumkin.
Stress. 
Stress  inglizcha  stress 
so ‘zidan  olingan  b o ‘lib,  jiddiylik, 
keskinlik,  z o ‘riqish  degan  m a’noni 
anglatadi.  X X   asm ing  ikkinchi  yar- 
m idan  boshlab  keskin  vaziyat tufayli 
vujudga  keladigan  em otsional  holat- 
lam i 
tadqiq 
etish 
psixologiya, 
fiziologiya,  tibbiyot  fanlarida  keng 
k o ‘lam da  am alga  oshirila  boshlandi.
Stress -   o g ‘ir jism o niy   va  m urakkab 
aqliy  yuklam alar,  ishlar  m e’yoridan  oshib  ketib,  xavfli  vaziyatlar 
tu g ‘ilganida zam riy chora-tadbirlarni  zudlik bilan topishga intilganda 
vujudga keladigan hissiy z o ‘riqishlar turidir.  M ana shunday sharoitlar 
va  vaziyatlarning  barchasini  biron-bir  em otsiya  turi  ro ‘yobga  chiqa- 
radi.  Stress  em otsional  holatining  paydo  b o'lishi  ham da kechishining 
psixologik  xususiyatlarini  aniqlash  nafaqat  uchuvchilar,  kosm onavt- 
lar,  dispetcherlar  (inglizcha  dispatcher  -   ishlab  chiqarishni  m uvo- 
fiqlashtim vchi  m a ’nosini  anglatadi)  uchun,  balki  sudyalar,  korxona 
rahbarlari,  ta ’lim  tizim i  xodim lari  uchun  alohida  ijtim oiy  psixologik 
aham iyat kasb etadi.
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim  kanadalik 
fiziolog G .Sele (1936)  sanaladi.  U  stressni  tadqiq  qilishda  m oslashuv 
alom ati  (adaptatsion  sindrom   -   yunoncha  belgi,  alom at,  k o ‘rinish 
m oslashuv dem akdir)  m asalasiga,  uning  faoliyatga  ijobiy ham da  sal-
204


biy  ta ’sir  etishiga  alohida  aham iyat  bergan.  Shuningdek,  ekstremal 
(lotincha  extrem us  -   favquloddagi  holat,  eng  oxirgi  vaziyat  m a’no- 
sini  anglatadi)  vaziyatlardagi,  m urakkab  jarayonlardagi  stressning 
o ‘ziga  xosligi,  faoliyatni  qayta  tashkil  qilishgacha  (dezorganizatsiya 
lotincha  de  organisation  fransuzcha  -   tashkilot,  tuzilm a  m a ’nosini 
bildiradi)  olib  borishi,  shunga  o ‘xshash  sharoitlarda  shaxs  xulqini 
bashorat  etish  (prognoz  yunoncha  prognosis  -   bashorat  m a ’nosini 
anglatadi)  im koniyatlari  G .Sele tom onidan o'rganilgan.
Stress  holatida  shaxsning  xatti-harakatlari  o ‘ziga  xos  tarzda 
o ‘zgaradi,  unda  q o ‘z g ‘alishning  um um iy  reaksiyasi  paydo  b o ‘ladi, 
uning  harakatlari  tartibsiz  ravishda  am alga  oshiriladi.  Stressning 
kuchayishi  esa  teskari  reaksiyaga  olib  keladi,  natijada  torm ozlanish, 
sustlik,  zaiflik,  faoliyatsizlik  ustuvorlik  qila  boshlaydi.  Lekin  stress 
holatida  fiziologik  o ‘zgarishlar  tashqi  tom ondan  qariyb  k o ‘zga  tash- 
lanmasligi  mumkin.  Biroq m uam moni  yechishdagi  qiyinchilik, diqqat- 
ni  taqsim lashdagi  sarosim alik  stressning  tashqi  ifodasi  deb  taxm in 
qilinsa  boMadi.  Shaxs  stress  holatida  telefon  nom erini  adashtiradi, 
vaqtni  cham alashda  yanglishadi,  ong  faoliyati  yengil  torm ozlanadi, 
idrok  ko ‘lami  torayadi  va  boshqalar.
Stress  holatida  shaxsning  psixologik  xususiyatlari,  turm ush  tarbi­
yasi,  shakllangan  malakasi  m uhim   rol  o ‘ynaydi.  Keskinlikning  oldini
olishda  shaxsning  oliy  nerv  faoliyati, 
nerv  sistemasining  xususiyatlari  alohi­
da aham iyat kasb etadi.  Undagi yuksak 
his-tuyg‘ular  (m as’uliyat,  burch,  ja- 
vobgarlik,  vatanparvarlik,  sadoqat  va 
hokazo)  stress  holatida  xatti-harakat 
buzilishining  oldini  olishga  xizmat 
qiladi.
Kayfiyat. 
Shaxsning xatti-harakat- 
lariga va ayrim  ruhiy jarayonlariga m uayyan vaqt davom ida tus berib 
turuvchi  em otsional  holat  kayfiyat  deb  ataladi.  Shaxsning  hayoti  va 
faoliyati  davom ida  shodonlik,  hazilkashlik,  um idsizlik,  j u r ’atsizlik, 
zerikishlik,  q ay g‘urishlik  singari  his-tu y g‘ular  uning  ruhiy  holatini 
um um iy tizim ga  aylanadi.  U shbu  vaziyat  b a ’zi  em otsional  taassurot- 
lam ing vujudga kelishiga qulay zam in  hozirlaydi, boshqasi uchun esa
205


qiyinchilik tug‘diradi. Inson xafa, m a’yus hissiy holat hukmronligida 
bo‘lsa, u holda tengdoshlarining haziliga, keksalaming o‘git-nasihat- 
lariga,  maslahatlariga  quvnoq  kayfiyat  chog‘dagiga  nisbatan  maz- 
mun, sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. Shuning 
uchun, ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy, real 
guruhlarida  ishchanlik,  o‘zaro  yordam,  hamkorlik,  hamdardlik,  iliq 
ruhiy muhit yaratish, samimiy muomala maromini shakllantirish ham 
jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat  nihoyatda  xilma-xil,  uzoq  va  yaqin  manbalar negizidan 
vujudga keladi.  Uni  barqarorlashtirib  turadigan  asosiy  manbalardan 
biri  shaxslaming  ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan umumiy 
nuqtayi nazarlari, hayotning turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chu- 
nonchi,  mehnat  muvaffaqiyati  va  ta’lim  yutug‘i,  rahbar  va  xodim, 
o ‘qituvchi  va  saboq  oluvchi  o‘rtasidagi  munosabatlari,  oiladagi 
shaxslararo  muomala  maromi,  har  xil  vaziyatlarda  paydo  bo‘lgan 
turmushdagi  qarama-qarshiliklar,  shaxsning  ehtiyoj lari,  qiziqish- 
lari,  mayllari va ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil  qilish yoki 
qanoat  hosil  qilmaslik  kayfiyatning  manbalari  bo‘lib  hisoblanadi. 
Shaxsning m a’lum muddat ruhi tushib,  noxush,  zaif kayfiyatda yuri- 
shi  uning  turmushida  muammolar  yuzaga  kelganligidan  halovat, 
tinchlik  buzilganligidan  dalolat  beradi.  Bunday  vaziyatlar namoyon 
bo‘lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan hol­
da xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o‘tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi 
vositalami qo‘llash, kayfiyatini buzib turgan omillami batamom bar- 
taraf etish maqsadga muvofiq.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish