‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

EMOTSIYANING NAMOYON BO‘LISHI
Tuyg‘ular  kuchli,  ixtiyorsiz  va  unutilmas  bo‘ladi.  Ikkilanishsiz 
aytishimiz  mumkinki,  tuyg‘ular  hayotimizni  hayajon  ila  to‘ldirishi, 
stress paytlari odamni nobud qilishi va aksincha saqlab qolishi mum-
196


kin. Dunyodagi barcha mavjudotlar ichida, insonlar  his-hayajonlarga 
beriluvchan  mavjudot  hisoblanadi  va  aynan  ular  boshqa  mavjudot- 
larga  nisbatan  o‘z  qo‘rquvini,  g‘azabini,  qayg‘usini,  quvonchini  va 
muhabbatini ifoda etadi.
Badiiy asar qahramonlari (personajlari) bizga hayotni emotsiyalar- 
siz tasavvur  qilishimizga yordam beradi.  Masalan,  “Star Trek” tele- 
serialidagi  Mister  Srok  personaji  o‘zida  sovuqqon,  aqlli,  lekin  his- 
tuyg‘ulardan mahrum kishi xususiyatlarini o ‘zida qamrab olgan.
Shu  serialning  davomi,  “Star  Trek  keyingi  avlod”dagi  Data  per- 
sonajini  ham  keltirib  o‘tishimiz  mumkin.  Kuchli  aql  va  sovuqqon 
mantiq,  unga yuqori  insoniy  analitik  aql-idrok beradi.  Lekin u unga 
nimadir  yetishmayotganligini  tushunardi.  U  she’rlar  yozishi  mum­
kin,  ammo  hech  qanday  hissiyotlarga  ega  emas.  Dataning  intellek- 
tual  qiziquvchanligi  uni  qo‘rquv,  g‘azab  va  quvonch  nima  ekanli­
gini  o‘ylashga  majbur  qiladi.  U  qanchalik harakat  qilmasin,  bunday 
tuyg‘ular  unga  qorong‘u  edi,  sababi  u  dunyoni  hech  qanday  his- 
tuyg‘ularsiz ko‘radi.
Emotsiyalar qayerdan paydo bo‘ladi? Ular qanday tarkib topgan? 
Tasavvur  qiling,  siz  uyqingizda  uzoqdagi  qumloq  ko‘chadan  bir 
o‘zingiz qorong‘ida ketib boryapsiz 
va siz motorning gurillagan ovozini 
eshitdingiz va sizga kimdir tashlan- 
moqchi  degan  fikr  miyangizga  ke­
ladi.  Sizning  yuragingiz  tez  ura 
boshlaydi, qadamlaringiz tezlashadi, 
siz bezovtalanib, mototsiklchini maq- 
sadini  o ‘ylab,  qo‘rquv  hissini  tuya- 
siz. Ko‘rib turibsizki, emotsiya -  bu, 
fiziologik  qo‘zg‘alish  qorishmasi 
(yurak 
urishi 
tezlashib 
o ‘zini 
ekspressiv  tutish,  odamlaming  tez- 
lashishi),  ongli  ravishdagi  tajriba 
(insonning  maqsadini  tushunish  va 
qo‘rquv). 
Buning 
murakkabligi 
shundaki, bu uchta detalni solishtirishda ko‘rinadi:  siz birinchi yurak

Emotsiya -  shaxsning 
voqelikka o‘z munosabatini 
his qilishidan kelib 
chiqadigan, uning ehtiyoj 
va qiziqishlari bilan bog‘liq 
boigan yoqimli yoki 
yoqimsiz kechinmalardir. 
Keltirilgan ta’riflardan 
ko‘rinadiki, hissiyot 
tushunchasi emotsiyaga 
nisbatan kengroq tushuncha 
bo‘lib, shaxsning kundalik 
hayoti, turmush tarzidagi 
barcha  jabhalami qamrab 
_________ oladi._________^
197


urishining  tezlashishini,  yurish  tezligingiz  oshishini  va  keyin 
qo‘rquvni  his  qilasizmi? Yoki  avval  qo‘rquvni  his  qilib  va bu  yura- 
gingiz  urishini  va  yurishingiz  tezlashishiga  ta’sir  etadimi?  Ushbu 
savollarga  javob  topish  uchun  insonning  fiziologik  emotsiyalarini 
ko‘rib chiqishimiz lozim67.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalami  idrok qi- 
lar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamni 
aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayo­
ni quyidagilami qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b)  qondirishga  yordam  beradigan  yoki  qarshilik  ko‘rsatadigan 
obyektlarga subyekt sifatida qatnashishini;
d) 
uni harakat qildiruvchi, bilimga intiltiruvchi munosabatlami va 
hokazo.
Chunki,  odam atrofidagi har turli narsalami  idrok qilib  aks ettirar 
ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi.  Masalan, 
bizga  ayrim  narsalar  yoqsa,  ya’ni  kayfiyatimizni  ko‘tarib  yuborsa, 
boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib,  dilimizni xira 
qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni 
esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi 
yoki  boshqa  bir  odamlar  esa  yoqmaydi.  Umuman,  odam  atrofidagi 
hamma  narsalarga  nisbatan  munosabatda  bo‘ladi  va  uning  munosa- 
batlari faoliyatida aks etadi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, 
o‘ylayotgan,  orzu  qiladigan  narsalarga  befarq  bo‘lmaydilar.  Bir  xil 
predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqa- 
lari  xafa  qiladi,  yana  boshqalari  g‘azab-nafratimizni  uyg‘otadi.  Biz 
xavf  ostida  qolganimizda  qo‘rquvni  his  qilamiz,  dushman  ustidan 
g ‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish esa zavq uyg‘otadi.
Hissiyotlar  o‘zining  yuzaga  kelishi  nuqtayi  nazaridan  odamning 
ehtiyojlari,  qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi.  Masalan, 
odamning  organik ehtiyojlarini  qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan his­
siyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish