xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarida ish yu-
ritish - sud amaliyotini umumlashtirish, huquqni qoMlash, me’yoriy
hujjatlarga rioya etish va uni bajarish yo‘lidagi
eng muhim omillar-
dandir.
Sudda ish yuritish sud idoralari barcha bo‘g‘inlarining ish yuritish
bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganadigan fandir.
Sud ishini yuritish harakatlari har qanday jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari
buzilgan hollarda huquqni muhofaza qilish hamda sud organlariga
murojaat qilingandagina vujudga keladi.
«Sudlarda ish yuritish tartibi to‘g ‘risida»gi Yo‘riqnoma sudning
ish yuritish bilan bog‘liq faoliyatini tartibga
solish bilan birga sud
tizimining faoliyatini nazorat qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
sudlaming xodimlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
qonunlari, «Sudlarda ish yuritish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnoma va
boshqa qo‘llanmalar talablariga rioya qilishlari shart.
Sudda ish yuritish fanining ahamiyati shundaki,
jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman (shahar) sudlarida, fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman-
lararo, tuman (shahar) sudlarida va yuqori sudlarda ish yuritishni aniq
va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda odil sudlovni amalga oshirishning
eng muhim shartlari to‘g‘risida tushunchalar beradi.
Sudda ish yuritish jarayonida quyidagi asosiy qoidalarga amal
qilinadi:
- sud hujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash, tuzish, rasmiylashtirish;
- sud ishlari va xat-xabarlarininig harakatlarini to‘g‘ri qayd etish,
hisobga olish;
- hujjatlami tartib bilan joylash;
- ijroni o ‘z vaqtida ta’minlash;
- ishlami saqlash va ulami zamr vaqtlarda foydalanishga berish.
Tuman (shahar) sudlarida ish yuritish undagi shtatga muvofiq sud-
ning devonxona mudiri, arxiv mudiri, sud kotiblari, shu jumladan sud
majlisi kotiblari tomonidan olib boriladi. Sud xodimlaridan sudda ish
yuritishning barcha qoidalari, tartib va usullarini, shimingdek, sud tu-
zilishini, protsessual va moddiy qonunlami, jumladan, jinoyat, fiiqa-
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
rolik, xo'jalik protsessini va ish yuritish to‘g‘risidagi qoidalami puxta
bilishlari talab etiladi:
- sudda ish yuritish fanining maqsad va vazifalari o‘quvchilami
0 ‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g ‘risida»gi
Qonuniga mu-
vofiq amaldagi sud tizimi, tarkibi va sudlar faoliyatini hamda ularda
ish yuritishni tashkil etish bilan tanishtirish;
- sud tizimidagi barcha sudlar, sud instansiyalari
faoliyatini tash-
kiliy ta’minlashga qaratilgan asosiy nazariy qoidalami o'zlashtirish;
- ushbu ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni tartibga soluvchi m e’yoriy
hujjatlarning tizimini o‘rgatish;
- sud hujjatlarini tuzish va amaliyotda qo‘llash;
- ijro madaniyati ko‘nikmasini shakllantirish;
- sud ishlarini yuritish bo‘yicha amaliy tajribalami umumlashtirish
va o ‘quv jarayoniga joriy qilish;
- sudlaming turli bo‘g‘inlari va instansiyalarida ish yuritish faoli-
yati bilan bog‘liq vazifalami o‘rgatish;
- sud xodimlarining xizmat vazifalari ma’suliyatini oshirish, sud-
larda ishning aniq va to‘g‘ri tashkil etilishida ahamiyatli ekanligini
anglay bilishi;
- ishlami sudda ko'rishga tayyorlash, fuqarolami qabul qilish,
hujjatlami rasmiylashtirish kabi ishlami yo‘riqnomalarga
asosan
tashkillashtirishni bilishga o‘rgatadi;
- o‘quvchilami sudga qadar va suddan keyingi bosqichlarda ish
yuritishlarida protsessual qonun hujjatlariga rioya qilish ruhida tarbi-
yalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: