SHAKLLAN1SH VA RIVOJLANISH TARIXI 2.1. Fuoksional qiymat tahliliníng shakllanish tarixi FQ T iqtisodiy tahlilning eng ilg‘or shakllaridan biri sifatida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy dastak va omillardan biridir. Shu tufayli ushbu tahlii usuli ham asta-sekin shakllanib rivoj topmoqda. FQTning vujudga kelish tarixi X X asming 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu tahlilning paydo bo‘lishi obyektiv zaruratdan kelib chiqqan. Iqtisodiyotda shunday vaziyat vujudga keladiki, endi maqsadsiz xarajatlarni bartaraf qilib, korxona faoliyatining samaradorligini oshirish evaziga ko‘proq foyda olish zarurati tug‘ildi. Bunga erishish uchun iqtisodiy tahlilni texnik tahlii bilan brrga olib borishga to‘g‘r i keldi. Chunki, bu tahlii hamma soha va jihatlar kompleks tarzda o'rganishni taqozo qildi. FQTning metodologiyasi birinchi marta sobiq ittifoq davrida 40-yillarda yaratila boshlandi. Rus olimlaridan N.A.Borodachev rahbarligida olib borilgan tadqiqotlarda ushbu tahlilning birinchi marta nazariy asosi yaratildi va u amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu olim rahbarligidagi guruh FQ Tni bitta asbobga joriy qilib, 22% samaradorlikka erishdi. Shu yillarda FQ T usullari Permlik Yu.M.Sobolev ishlarida ham o‘z aksini topa boshladi. Shu davrda AQSHda ham bir guruh olimlar FQ T metodologiyasini yaratish bo‘yicha muhandis T Mayknn rahharligifla ish olib hnrdilar__________________ So‘ngra tahlilning bu turi G'arbiy Yevropa va taraqqiy etgan yirik kapitalistik mamlakatlar (Angliya, Germaniya, Yaponiya va h.k.)ga tarqaldi. 2 —T-45-1 17