Noaniqlikni baholash natijalarini taqdim qilish bóyicha umumiy tavsiyalar
Qoida bóyicha, ólchash ierarxiyasi bóyicha yuqorilash uchun harakat qilishda ólchash natijasi va uning noaniqligi qanday olinganligi haqida katta axborotni talab qiladi. Аmmo, ierarxiyaning har qanday darajasida, jumladan savdoda yoki meʼyoriy hujjat talablarini bajarilishini tekshirishda, ilmiy-texnik va akademik ólchashlarda, sanoat birlamchi etalonlarni yaratishda, milliy metrologiya institutlarida (laboratoriyalarda) yoki Ólchov va tarozilar xalqaro byurosi tashabbusi bilan bajariladigan tajribalar haqida bajarilgan ólchashlarni sifatini tekshirish uchun zarur bóladigan barcha maʼlumot tanishish uchun imkoniyatga ega bólishi kerak. Farq shundaki, ixrarxiyaning quyi pogʼonalarida katta qismdagi zaruriy axborotni kalibrlash va sinov hisobotlaridan, sinov uslubiyatlaridan, kalibrlash sertifikatidan, qurilmalarni qóllash qóllanmalardan, xalqaro va milliy standartlardan, milliy qonunchilik hujjatlaridan olish mumkin bóladi.
Qachonki ólchash haqidagi axborot, shu jumladan noaniqlikni baholash usuli tegishli hujjatlarga (masalan, kalibrovka natijalari bóyicha tuzilgan sertifikat) ilovalar shaklida berilsa ushbu hujjatlar zamonaviy darajaga mos keladigan va ayni vaqtda ólchash metodologiyasiga muvofiq bólishi talab qilinadi.
Sanoatda va savdoda har kuni noaniqlikning batafsil tavsifisiz son-sanoqsiz darajada kóplab ólchashlar ótkaziladi. Аmmo ularning kópchiligi davriy qiyoslanadigan yoki kalibrlangan qurilmalarni qóllash bilan bajariladi. Аgarda qurilma texnik hujjat yoki unga nisbatan tadbiq qilinadigan meʼyoriy hujjatlarni talablarini qanoatlantiradigan bólsa, noaniqlikka ushbu hujjatlarga asoslanish mumkin.
Shu bilan birga amaliyotda ólchash natijalarini taqdim qilish uchun zarur bóladigan axborot hajmi uni kózda tutilgan foydalanish sohasiga bogʼliq bólib, umumiy tamoyil ózgarishsiz qoladi: axborot hajmi yetmaganidan kóra keragidan ortiqcha bólgani yaxshi. Jumladan:
- ólchash natijasini va uning tajribaviy kuzatishlardan va boshqa ruxsat qilingan axborotlar asosida olish uchun foydalanilgan usullarni aniq tavsiflash;
- noaniqlikni barcha tashkil qiluvchilarini róyxatini tuzish va ularning noaniqligi qanday baholanganini batavsil tavsiflash;
- maʼlumotlarni tahlil qilishni shunday taqdim qilish lozimki, bunda hisoblashni barcha bosqichlarini, zarur holatlarda uni takrorlashni oson kuzatilishi taʼminlansin;
- tahlilda foydalanilgan barcha tuzatma va konstantlarni ularni olish manbalarini kórsatgan holda kórsatish.
Yuqorida kórsatilgan talablarni bajargan vaqtda yangi maʼlumotlar kelib tushganida natijaga tuzatmalar kiritish imkoniyati bólishi uchun taqdim qilingan axborotlarni hajmi yetarlimi va yetarli darajada tushunarli bayon qilindimi savollarni berish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |