Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Unvon olish tartib-qoidalari



Download 52,3 Kb.
bet4/17
Sana08.02.2022
Hajmi52,3 Kb.
#434534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
DINARA

Unvon olish tartib-qoidalari
Respublika markazi unvonga tavsiya etilayotgan jamoa to‘g‘risidagi hujjatlar asosida ularning faoliyatini o‘rganib, jamoa tomonidan tayyorlangan dasturni joyida ko‘rib chiqish uchun mutaxassislarni jo‘natadi. Jamoaning dasturi videotasvirga olingan, shuningdek, mazkur jamoa Respublika yoki halqaro miqyosdagi festival, ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, o‘z faoliyati bilan keng tomoshabinlar va mutaxassislar e’tiborini qozonib ulgurgan hollarda dasturning jonli ijrosini ko‘rish uchun mutaxassislarni jo‘natish talab qilinmaydi. Respublika markazi umumiy natijalar asosida Madaniyat vazirligi hay’atiga tavsiya kiritadi. Vazirlik hay’ati ushbu masalani ko‘rib chiqib, unvon berish masalasini xal qiladi. «Xalq havaskorlik jamoasi» unvoni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hay’ati qarori bilan tasdiqlanadi.
Hay’at qarori hamda Respublika markazi tomonidan berilgan diplom asosida Qoraqalpog‘itson Respublikasi madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat ishlari boshqarmalari o‘zlariga tegishli «Xalq havaskorlik jamoasi»ni o‘z tasarrufiga oladi va shtatlar ajratilishi hamda moliyalashtirilishi bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. «Xalq havaskorlik jamoasi» joylardagi madaniyat va sport ishlari bo‘limlariga qarashli klub muassasalarining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Viloyatlardagi Madaniyat boshqarmalari o‘z navbatida mazkur jamoalarga nazariy va amaliy yordamni tashkil etadilar.
«Xalq havaskorlik jamoalari»ning ish faoliyati asosan qatnashchilarning ijodiy izlanishi, badiiy mezonlarga mos keladigan musiqa va sahna asarlari, halq amaliy san’ati, tasviriy va boshqa san’at turlarini mukammal o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Jamoa mashg‘ulotlarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilib, qatnashchilar san’at, adabiyot, tarix va boshqa badiiy darajadagi asarlar bilan ham tanishtirib boriladi. «Xalq» jamoasi to‘garak va jamoalarga amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning repertuarlari boyishiga ko‘maklashadi, qatnashchilarning ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi bo‘yicha otaliq ishlarini olib boradi.
«Xalq» jamoalarining repertuarlari milliy itsiqlol g‘oyalari, vatanga muhabbat tuyg‘usi, ma’naviy dunyoqarashni boyitish, barkamol avlodni kamol topshirishga qaratilgan asarlardan tashkil topgan bo‘lib, milliy va horijiy ijodkorlarning zamonaviy, mumtoz asarlaridan tashkil topgan bo‘lib, mazkur asarlarda vatanimiz tarixi, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, urf-odat va an’analarimiz o‘z aksini topmog‘i zarur. Jamoalarining repertuar rejalari uning qoshidagi Badiiy kengashda ko‘rib chiqilib, viloyat halq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazlari tamonidan tasdiqlanadi. Ularning repertuarlarini shakllantirishda Vazirlik qoshidagi Repurtuar-tahririyat hay’ati faol ishtirok etadi. Vazirlikning Xalq ijodiyoti va havaskorlik san’atini rivojlantirish boshqarmasi qoshidagi Repurtuar-tahririyat bo‘limi Respublikadagi havaskorlik jamoalarini yangidan yaratilgan sahnaviy va musiqiy asarlar, turli tadbirlar va sanalarga bag‘ishlangan ssenariylar bilan ta’minlash ishi bilan bevosita shug‘ullanadi.
«Xalq» unvoni jamoalarga bir umrga berilmaydi. Ushbu unvonni oqlash va ajratilgan shtatlarni saqlab qolish uchun bu jamoalar Har 3 yilda attetsatsiyadan o‘tkazib turiladi. Attetsatsiya o‘tkazish bo‘yicha sinov guruhi tarkibi Qoraqalpog‘itson Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar madaniyat boshqarmalari, mahaliy hokimiyat vakillari hamda yetakchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, guruhga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan ma’sul hodim rahbarlik qiladi. Sinov guruhi xulosalariga ko‘ra muqaddam berilgan «Xalq» yoki «Namunali» unvoni tasdiqlanadi yoki bekor etiladi. Unvoni tasdiqlangan jamoalarga faoliyatini yana 3 yil davom ettirishi mumkinligini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi.3 Sinovda jamoaning yangi sahnalashtirgan asarlari, konsert dasturlari, tomoshalari, ko‘rgazmalari, suratga olingan filmlari namoyish etilib, muayyan asar yoki dasturning badiiy saviyasi, jamoa ijodiy faoliyatining barqarorligi inobatga olinadi. Muntazam ravishda ijodiy, ijrochilik faoliyati bilan shug‘ullanmagan yoki faoliyat darajasi badiiy mezonlarga to‘g‘ri kelmagan jamoalarning unvoni bekor etiladi.
Xalq havaskorlik jamoasi” va “Namunali bolalar jamoasi” unvoniga ega jamoalarga qo‘yiladigan talablar
– Dramatik va musiqali yo‘nalishdagi halq teatrlari yil davomida bitta bir pardali, bitta ikki pardali yangi spektakl sahnalashtirishi, teatrlashtirilgan tomoshalar, halq sayillari, bayram badiiy dasturlarida rejissyorlik ishlarini tashkil etishi, repurtuaridagi mavjud spektakllarni tomoshabinlarga yil davomida namoyish etib borishi;
– qo‘g‘irchoq halq teatri jamoasi yil davomida repurtuarda mavjud bo‘lgan spektakllarni namoyish etish bilan birga bitta bir pardali, bitta ko‘p qismdan iborat asarni sahnaga olib chiqishi;
– musiqali komediya teatri yil davomida bitta yangi spektakl hamda konsert dasturini tayyorlab namoyish etishi;
– xor, vokal, orketsr, sirk, ashula va raqs jamoalari yil davomida yangi, ikki qismli 90 daqiqalik yangi tomosha tayyorlashi, eski dasturning eng kamida chorak qismi har yili yangilanib borishi;
– folklor-etnografik jamoalari yil davomida milliy urf-odatlarimizni, o‘lanlar, allalar, aytishuv va to‘y marosimlari qo‘shiqlaridan tashkil topgan ikkita mavzuli badiiy tomosha dasturini tayyorlashi, avvaldan repertuarda bo‘lgan tomoshalarning to‘rtdan bir qismini yangilangan bo‘lishi;
etsrada va miniatyura, badiiy tashviqot teatrlari yil davomida ikkita yangi tomosha ko‘rsatishi;
- suratkashlik, halq amaliy san’ati, tasviriy san’at sudiyalari yiliga bitta ko‘rgazma uyushtirish bilan birga madaniy-ma’rifiy muassasalarni bezash ishlariga uslubiy-amaliy yordam berishi;
- kinotsudiyalar yil davomida ikkita qisqa metrajli filmni suratga olishi talab etiladi.
Xalq havaskorlik jamoasida uning eng iqtidorli qatnashchilari, mazkur muassasa hodimlaridan tuzilgan Badiiy kengash bo‘lib, uning tarkibiga san’at va madaniyat namoyandalari, jamoat tashkilotlari va boshqa muassasalardan a’zolar ham kiritilishi mumkin. Badiiy kengash jamoa repurtuari, o‘quv -tarbiyaviy rejalari, ijodiy faoliyatini muhokama etib tegishli ko‘rsatmalarni berib boradi.


Download 52,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish