Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet89/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Atoqli va turdosh ot. Atoqli ot bir xil predmet yoki hodisaning birini ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladigan ikkilamchi nom. Masalan, bola bir turdagi predmet(shaxs)ning umumiy va birlamchi nomi. Sherzod ana shu bir xil predmet(shaxs)dan birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va bola atamasidan keyin qo‘yilgan ikkilamchi nom.
Atoqli ot quyidagi lug‘aviy mavzuviy to‘da (LMT) ga ega:
1. Kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi: [Ikrom], [Otabek]; [Jumayev], [Xudoynazarov]; [Imomzoda].
2. Jo‘g‘rofiy nom: [Ozbekiston], [Dehqonobod], [Hisor], [Tanxozdaryo].
3. Tashkilot, muassasa, korxona nomi: [Qarshi universiteti], [Xalq ta’limi vazirligi], [ «Nasaf ziyosi» jurnali].
4. Samoviy yoritqichlar nomi: [Mushtariy], [Zuhro], [Yupiter], [Yarqiroq].
5. Tarixiy hodisa nomi:[Mustaqillik kuni], [Loy jangi], [Boston choyxorligi].
6. Hayvon nomi: [Boychibor], [Brendi], [Yolbars].
7. Mahsulot nomi: [Siltama] (go‘shtli ovqat), [Qoraqum] (shokolad) [Chiyal yaxnasi].
8. Ilohiy tushunchani ifodalovchi nom: [Alloh], [Dozax], [Iso], [Buroq].
Atoqli ot matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash ma’nosiga ega bo‘lmaydi, faqat kontekstda reallashadi. Masalan, [Sanam] so‘zining atoqli yoki turdosh ekanligi shu so‘zni qurshab turgan so‘z yordamida anglashiladi. Bu jihatdan atoqli ot olmoshga o‘xshab ketadi.
Atoqli otning aksariyati turdosh ot va boshqa turkum so‘zi asosida vujudga kelgan. Turdosh otdan: [Asal], [Dilshoda], [Rayhon], [Anor]; fe’ldan: [Sotiboldi], [Olmas], [Itolmas], [Turdi]; sifatdan: [Shirin], [Buyuk], [Aziz], [Ulug‘]; sondan:[Yetmishboy], [Saksonboy]kabi.
Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi ot turdosh ot deyiladi. Turdosh ot ot turkumiga kirgan so‘zning asosiy qismini tashkil etadi:[tog‘], [qishloq], [mashina], [sevgi], [muhabbat]. Turdosh otda predmetlik va belgilik xususiyati yaxlitlashgan holda mavjud bo‘ladi. Chunki har qanday narsa – belgi-xususiyat majmui.
Atoqli va turdosh ot nafaqat lug‘aviy semantikasi, balki grammatik xususiyati bilan ham farqlanadi. Masalan, atoqli ot, asosan, birlik sonda qo‘llanadi. Ko‘plik son shaklida butunlay boshqa ma’no bo‘yog‘iga ega bo‘ladi:Farhodlar keldi kanal qazmoqqa.(Turs.)
Turdosh ot atoqli otdan hosil bo‘lishi ham mumkin:[muslimka], [xosiyatxon], [rentgen], [amper].
Turdosh ot ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko‘ra:
a) muayyan;
b) mavhum otlarga bo‘linadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish