Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet87/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

4-SEMINAR MASHG‘ULОT
MAVZU: FE’L, UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI VA TASNIFLOVCHI KATEGORIYALARI.


REJA:
1. Fe’l. Fe’lning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari.
2. Fe’lning UGMsi. Fe’lning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
3. O‘timli va o‘timsiz fe’llar.
4. Fe’lning nutqdagi turlari: tuslangan va tuslanmagan ko‘rinishlari; tuzilish turlari, to‘liqsiz fe’llarning so‘z turkumlari sistemasidagi o‘rni.
5. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari.


Fe’l va uning UGMsi. Fe’lning UGMsi – «ish-harakat va holatni jarayon sifatida ifodalash». Holat ifodalash boshqa so‘z turkumiga ham xos. Biroq fe’lda u bir tusdan boshqasiga o‘tish tarzida. Masalan, Daraxtlar yam-yashil gapida sifat-kesim (yam-yashil) turg‘un holatni ifodalamoqda. Daraxtlar kokardi gapida esa holat jarayon sifatida, bir tusdan ikkinchisiga o‘tish tarzida yuz bermoqda.
Ish-harakatning barchasi ham zamon bilan bog‘liq holda yuz bersa-da, gapda ulardagi zamon ifodalanmasligi mumkin. Daraxtlar kokardi gapidagi fe’lda zamon lisoniy ifodasiga ega. Ishga borish gapidagi fe’lda esa bunday xususiyat lisoniy voqelanmagan.
O‘zbek tilidagi fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko‘ra ikki asosiy guruhga ega:
a) mustaqil fe’l;
b) nomustaqil fe’l.
Mustaqil fe’lga quyidagi xususiyat xos:
1) lug‘aviy ma’no asosidagi harakatni ifodalaydi va shu boisdan gapda biror bo‘lak vazifasida keladi;
2) biror so‘zni boshqarib (kitobni oqidi) yoki biror so‘z tomonidan boshqarilib (oqilgan kitob) keladi;
3) harakatning obyektga munosabatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
a) o‘timli fe’l;
b) o‘timsiz fe’l.
O‘timli fe’l bildirgan harakat obyekt tushunchasi bilan bog‘lanadi va bunda obyektni ifodalovchi birlik tushum kelishigidagi so‘z bo‘ladi: [ol], [oqi], [boshqar]. O‘timsiz fe’l bunday xususiyatga ega bo‘lmaydi: [yigla], [uxla], [sevin]. O‘timli-o‘timsizlik fe’lning mohiyatida, lisoniy tabiatli bo‘lishi ham, grammatik shakl vositasida hosil qilinishi ham mumkin. Masalan, [uxla], [yigla], [bor], [ket], [kel] fe’lida o‘timsizlik ma’nosi fe’lning o‘zak-negizidan anglashiladi va u lisoniy tabiatli. [Yuvinmoq], [sevinmoq], [burilmoq], [qirilmoq]fe’lidagi o‘timsizlik esa nutqiy, grammatik vosita yordamida vujudga kelgan. (Bu haqda «Nisbat kategoriyasi» mavzusida so‘z yuritiladi);
4) fe’l ifodalagan harakat obyektiv borliq hodisasi bo‘lib, uni tilda ifodalashda bevosita inson, so‘zlovchi ishtirok etadi. Tilda ifodalangan harakatda, demak, inson munosabati ham mavjud bo‘ladi. Bunday munosabat fe’l mayli deb yuritiladi;
5) harakat real yoki irreal bo‘lishi ham mumkin. Bunga ko‘ra, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar farqlanadi;
6) har qanday harakat bajaruvchi bilan ham bog‘lanadi. Bajaruvchi aniq, noaniq, bitta yoki bir nechta bo‘lishi mumkin. Ish-harakatning bajaruvchiga munosabat nuqtayi nazaridan tavsifi fe’l nisbatlari deb yuritiladi;
7) harakat zamon bilan bog‘lanishi mumkin. Mantiqan zamondan tashqaridagi harakat yo‘q. Yuqorida tilga olingan (borish) fe’lida zamon bevosita ifodalanmagan. Lekin uni gap ichida olsak (Ishga borish lozim), uning kelasi zamonda yuz beradigan harakat ekanligi mantiqan anglashilib turadi. Demak, har qanday fe’lda yo grammatik, yo mantiqiy zamon ifodalanadi. Modomiki, til qurilishini o‘rganayotgan ekanmiz, biz uchun grammatik zamon ahamiyatli. Shu boisdan zamonli va zamonsiz fe’lni farqlaymiz;
8) aytilganidek, borliqda harakat, albatta, bajaruvchi bilan bog‘lanadi. Biroq uning tildagi ifodasida grammatik shaxs mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, Halim keldi gapida grammatik shaxs mavjud. U kesimlik shaklida yuzaga chiqqan. Biroq Halim kelgach qurilmasida mantiqiy shaxs mavjud bo‘lsa-da, u o‘z ifodasiga ega emas. Chunki qurilma men kelgach, sen kelgach tusini olsa ham, (kelgach)so‘zshaklida bajaruvchi qaysi shaxsda ekanligi noaniqligicha qoladi.(Halim), (men), (sen) mantiqiy bajaruvchi, grammatik emas. Bu nutqdagi tuslangan va tuslanmagan fe’lni farqlashni taqozo qiladi.
Tildagi mantiqiy va grammatik jihatni keskin farqlay bilish kerak. Ularni qorishtirish har xil chalkashliklarga olib keladi, mohiyatni anglashga to‘siq bo‘ladi.
Nomustaqil fe’llar bevosita lug‘aviy ifodali harakat ma’nosiga ega emas. Masalan, qaror qildi, oqib chiqdi, ishlayotgan ekan hosilalarida (qildi), (chiqdi), (ekan)birliklari oldinda turgan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini yo yangilagan, yo modifikatsiya qilgan. Biroq bu fe’llardan ham qandaydir harakat uqilmoqda. Bu harakat derivatsion, grammatik harakat, lekin lug‘aviy emas. Aniqrog‘i, ular o‘zlaridan oldingi so‘zlarning ma’nolariga harakat, jarayon tusini bermoqda.
Nomustaqil fe’l mohiyat e’tibori bilan uchga bo‘linadi:
a) yordamchi fe’l; b) ko‘makchi fe’l; d) to‘liqsiz fe’l.
Yordamchi fe’l yangi lug‘aviy birlik hosil qiladi – so‘z yasaydi, ko‘makchi fe’l harakat tarzi shaklining bir qismi bo‘lib, fe’l lug‘aviy ma’nosini nutqqa xoslaydi – modifikatsiya qiladi, to‘liqsiz fe’l esa fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zning zamonini ko‘rsatadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish