2-mashq. So‘z-gaplarni toping va turini aniqlang.
Namuna:Yo‘q – so‘z-gap, inkor so‘z-gap
1. – Qabulga birga kiramizmi? –Yo‘q. 2. –Avval siz kiring. –Bo‘pti. Ma`qul. 3. – Yordamlashib yuboring? –Xo‘p. 4. Marhamat! 5. –Shaharga bordingmi? –Yo‘q. 6. O‘hho‘. 7. Xush ko‘rdik. 8. – Sog‘ligingiz yaxshimi? – Rahmat. 9. Yaxshi boring. 10. –Ertalab uchrashamizmi? –Albatta. Bekatda. 11. Bajonidil... 12. Tashakkur! 13. Rasadхоnaga hеch yo‘lingiz tushganmi? –Ha. (T.Malik) 14. Kеchikmang, biz bunda uzоq turоlmaymiz, –dеdi Mе’mоr. –Хo‘p, ustоz. (Mirm) 15. Оfarin. G‘avvоs! (Mirm) 16. Uylanganmisiz? – Ha. – Bоlalaringiz bоrmi? – Yo‘q. (Х.T) 17. Salomat bo‘ling! 18. O‘rmоn aka o‘rmak to‘qiyotgan ayolning qоshiga kеldi. –Qalaysiz оpa? Hоrmang! –Bоr bo‘ling, uka. Kеlib zap ish qildilaring-da. 19. Assalоmu alaykum, dоmla!–dеdi yugurib kеlib uning ko‘lidan sumkani оlarkan. 20.–Qalay, tuzaldingazmi, dоmlajоn? –Rahmat! –dеdi Bashirjоn kabinaga chiqib o‘tirayotib. (N.Aminоv) 21. –Tavba! Arpangizni хоm o‘rdimmi, mеhmоnlarning оldida mеni muncha uyaltirasiz? (P.Q) 22. Balli! 23. Biz хоnalar kеng, baland bo‘lsa, dеymiz. Tоki хastalar tоza havоga muhtоj bo‘lmasin. –Ma’qul. 24. Nizоm uning ko‘z оchganidan yеngil tоrtib: –Хayriyat! –dеdi. (P.Q) 25. Yoqimli ishtaha! 26. Marasul: ...Men sizni doktor qilaman, akademik qilaman! Nasiba (kulimsirab): Rostmi? (A.Q) 27. Ofarin! 28. Hоrmang, Do‘simbоy оta! –dеdi Abduqоdir o‘sha tоmоnga yurib. – Salоmat bоrmisiz? (O‘.Umarbеkоv) 29. Osh bo‘lsin! 30. Xush ko‘rdik! 31. Labbay! 32. Ergash tushunmadi: –Nima-nima? –dedi ko‘zini katta ochib. 33. Jonim bilan!34. Biror gap eshitdingizmi? –so‘radi Jo‘raxon. –Yo‘q-yo‘q! (As.M.) 35. Qulluq! 36. Xo‘p... Qani, Malika, masalani Akramga tushuntirib berchi! 37. Xayr!
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI UCHUN MATERIALLAR
1-SEMINAR MASHG‘ULОT
MAVZU: MORFEMA, UNING TURLARI, LISONIY XUSUSIYATLARI VA NUTQIY VOQELANISHI.
REJA:
1. Morfema morfemika birligi sifatida.
2. Morfemaning leksemaga munosabati.
3. Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari: derivatsion va grammatik morfemalar.
Morfemika so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot. Ma’lumki, o‘zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o‘laroq, o‘zak mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga ega. So‘zning o‘zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo‘llanmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi. Masalan, (paxtakorlarga) so‘zi (paxta), (-kor), (-lar), (-ga) qismlaridan iborat. Ajratilgan har bir tarkibiy qism bu so‘z doirasida o‘ziga xos elementar va semantik mavqega ega. Ular lisonda ana shunday ajralgan holda o‘z «xonacha»larida guruh-guruh bo‘lib yashaydi.
(Paxta-) va (-kor), (-lar), -ga qismlari o‘zaro semantik va qo‘llanish xususiyati jihatidan farqlanadi. [Paxta]birligi mustaqil lug‘aviy ma’noga egaligi va bu ma’noni qolgan qismlarsiz ham anglata olish xususiyati bilan boshqa tarkibiy qismlardan ajralib turadi. Shuning uchun u leksema deyiladi. Boshqa qismlar esa ajralgan holda mavhum bo‘lishi, leksemasiz mustaqil ma’no anglata olmasligi bilan xarakterlanadi. Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni morfema deb atashga olib kelgan. Morfemaning nutqiy ko‘rinishi qo‘shimcha deyiladi.
Tilimizda yordamchi so‘z deb ataluvchi katta guruh ham bor bo‘lib, leksema va morfema sirasida «oraliq uchinchi» maqomida bo‘ladi. Shuning uchun ularni leksema-morfema deyish mumkin. Yordamchi so‘zning leksemaligi shundaki, u mustaqil so‘z kabi ajralganlik xususiyatiga ega. Biroq shakllanuvchanlikka ega emas. Lug‘aviy ma’noga ega emasligi ularni morfemik maydon sari tortib turadi.
Lisoniy sathda leksema qo‘shimchali yoki qo‘shimchasiz bo‘lishi mumkin. Masalan, [ishchi], [paxtakor], [ishla]leksemalari – nutqiy yasama so‘zning lisoniylashuvi. Ular leksema sifatida lisonda [ish], [paxta]leksemalaridan farqli o‘laroq, so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan birga mavjud. Qo‘shimchadan xoli leksema o‘zak atamasi bilan ham nomlanadi.
Turkiy tillarda nol morfema grammatik shakl sirasida ustuvor mavqega ega ekan, nutqda voqelangan aksariyat mustaqil leksema qo‘shimchasiz bo‘lishi mumkin emas. Moddiy qiyofali morfemasiz bunday so‘z nol qo‘shimchalidir. Masalan, nutqdagi Kitobni o‘qi, Uyga bor, U a’lochi gaplaridagi (o‘qi), (bor), (a’lochi) so‘zlari – nol qo‘shimchali nutqiy birlik.
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so‘zning o‘zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, [xona]leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida «joy» semali yasama so‘zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan mahrum bo‘lgan. [Noma], [goh], [xo‘r]leksemasi ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Albatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo bo‘lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |