Universal ensiklopediyalar
|
tabiat va jamiyatning barcha sohalariga oid muhim voqelik-hodisalar haqida ma’lumot beruvchi qomusiy lug‘atlar
|
Uslubiy bo‘yoq
|
frazemalarning ijobiy yoki salbiy baho ifodalovchi semalari
|
Uzus
|
leksema, frazema, so‘z shakli va sintaktik konstruksiyalarning til egalari tomonidan qabul etilgan qo‘llanishi
|
Valentlik
|
leksemaning birikma yoki gap tarkibida boshqa leksemalar bilan aloqaga kirisha olish xususiyatlari
|
Variatsiya
|
fonema ottenkasining Moskva fonologlari maktabiga qabul qilingan nomi
|
Vokalizm
|
unli fonemalar tizimi
|
Xususiy fonetika
|
fonetikaning muayyan bir til tovushlari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi
|
Xususiy leksikologiya
|
leksikologiyaning muayyan bir til lug‘at boyligi haqida ma’lumot beruvchi turi
|
Yo‘g‘on talaffuz
|
unli tovushlarning chuqur til orqa "q","g‘","x" undoshlari ta’sirida orqa qator fonema tarzida yo‘g‘onlashuvi
|
O‘z qatlam frazemalari
|
o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan frazemalar
|
|