Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti


Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lug



Download 0,74 Mb.
bet92/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lugaviy shakl hosil qiluvchi vositalar. Son ma’no va grammatik xususiyatiga ko‘ra dastlab ikki LMTga bo‘linadi: «miqdor son» LMTsi va «tartib son» LMTsi. «Miqdor son» LMTsi predmetning miqdorini, «tartib son» LMT si esa tartibi, sirasiga ko‘ra xususiyatini bildiradi.
Bu LMTlar o‘zaro quyidagi munosabatga ega:
- miqdor son ichki LMGlarga ega. Tartib son LMTsi bir vaqtning o‘zida LMG ham;
- miqdor sonlar hisob so‘zi bilan qo‘llana oladi, tartib son esa bunday xususiyatga ega emas;
- miqdor sonlar juftlasha oladi, tartib sonda esa bunday xususiyat yo‘q;
- miqdor sonlarga (beshdan bir), (uchga bir) kabi birikmali qo‘llanish xos, tartib songa esa xos emas;
- miqdor sonlar ko‘plik shaklini olganda taxminiy miqdor bildiradi (uchlarda keldi), tartib son esa bunday holda otlashib ketadi: birinchilar – birinchi odamlar.
«Tartib son» LMGsi. Tartib son predmetning aniq tartibini, ketma-ketlikdagi o‘rnini bildirish, shuningdek, boshqasidan farqini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Ravish va uning UGMsi. Ravish hamisha tilshunoslikning muammoli masalasidan bo‘lib kelgan. Uni o‘rgangan olim V.V.Vinogradov «mustaqil so‘zning hech bir guruhiga sig‘may qolgan so‘z ravish turkumiga yig‘ilgan» deb haqqoniy baho bergan edi. Uning ma’no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g‘arb tilshunosligi ravishni ma’no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo‘lmagan belgi – o‘zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. Biroq o‘zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan ko‘plab ilmiy adabiyot va darslikda ravishning o‘zgarmaslik tabiati inobatga olinmagan. Tilshunoslar o‘zbekcha ravishni rus tilidagi «narechie»ning muqobili sifatida talqin qilishgan, natijada [kecha], [kunduz], [tong], [oqshom] kabi payt oti, [atrof], [orta], [u yerda], [bu yerda], [old], [orqa] kabi o‘rin oti, [oz], [mol], [butun], [tola] kabi miqdor sifati, [keyin], [past], [baland], [yuqori] kabi o‘rin sifati ravish turkumi doirasida o‘rganilgan.
«Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z» – ravishning so‘z turkumi sifatidagi UGMsi.
Ravish ozgarmas soz turkumi sifatida. Ravish – mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘z. U belgi, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nocini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa yaqin turadi. Ulardan farqli jihati shundaki, so‘z o‘zgartiruvchi, shakl yasovchi qo‘shimcha bilan birika olmaydi. Masalan, ot ko‘plik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, [tongda], [oqshomda], [kunduzlari], [koproq], [ozroq], [balandroq] kabi. Ayrim til birligida uchraydigan EK, KK shakli ravishning o‘zak qismida soddalashgan, ya’ni o‘zak bilan yaxlit holga kelib qolgan:[birdan], [zimdan], [tosatdan], [kechasi], [birga]. Bundan tashqari qadimgi davrda keng iste’molda bo‘lgan [-ra] (jo‘nalish kelishigi) ([songra], [uzra]), [-a], ([qayta], [kotara]), [-in(-un)] ([birin-ketin], [ostin-ustun]) qo‘shimchaci ham ravish tarkibida qotib qolgan.
Ravish turkumini talqin qilishda o‘zgarmaslik xususiyatini e’tiborga olish uning so‘z turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshilikka nuqta qo‘yadi.
Ilmiy manba, darslik va qo‘llanmalarda [eng], [juda], [nihoyat], [goyat], [lang], [girt] kabi so‘z kuchaytiruv ravishi deb qaraladi. Holbuki, bu shakllar ravish oldidan kelib belgi ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu unsurlarning ravish emasligini, chunki ravish kabi mustaqil lug‘aviy ma’nodan xoliligini ta’kidlashib, kuchaytiruv yuklamasi sirasida o‘rganish lozimligini uqtiradi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish