Reja: O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari. Tilning lug‘at tarkibi. O`zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug`atlar (Akademik, ommabop va o`quv lug`atlari). Sohaviy lug`atlarda terminlar



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#608064
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu ona tili



REJA: 
1.O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari. 
2.Tilning lug‘at tarkibi. 
3.
O`zbek leksikografiyasi. 
4.
Umumiy va maxsus lug`atlar (Akademik, ommabop va o`quv 
lug`atlari). 
5.
Sohaviy lug`atlarda terminlar. 
6.Tezaurus haqida ma’lumotlar. 
Amaliy 
mashg‘ulot №4 
4-
 
MAVZU: 
Til va terminologiya
 
 




 


 
 


O`zbek leksikografiyasi (lug`atshunosligi). 
Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi 
leksikografiya 
deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan 
mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan 
lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida 
«Abushqa» lug`ati yaratilgan.Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi: 
1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 
2) lingvistik lug`atlar. 
Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, 
borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi. 
«O`zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro`zg`or entsiklopediyasi», «Salomatlik 
entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug`atlar qomusiy lug`atlar sirasiga kiradi. 
So`zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug`atlar lingvistik lug`at deb 
yuritiladi. Lingvistik lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi. 
Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida izohlanadi. 
Bunday lug`atlarga «Imlo lug`ati», «Orfoepik lug`at», «O`zbek tilining morfem lug`ati», 
«O`zbek tilining sinonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining omonim so`zlar lug`ati», «O`zbek 
tilining antonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining frazeologik lug`ati», «Etimologik lug`ati», 
1981 yilda yaratilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati» (2 jild) kabilar. «O`zbek tilining izohli 
lug`ati»da so`z va iboralarning o`z va ko`chma ma’nolari haqida to`la ma’lumot beriladi. 
Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlar tarjima lug`atlari bo`lib, ular boshqa tilning lug`at 
tarkibini o`zbek tiliga yoki aksincha o`zbek tilining lug`at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish 
uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlarga o`zbekcha-ruscha, ruscha-o`zbekcha, 
o`zbekcha-inglizcha, inglizcha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug`atlar kiradi. 
Ko`p tilli lug`atlar o`tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug`atlardan 
ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko`p tilli lug`atlar tuzish ancha jadallashdi. Chunki, ko`p tilli 
lug`atlar hozirgi tillarni qiyosiy o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Lug`at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini 
o`zida aks ettiradi. Lug`atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug`at nutq madaniyati, 
so`zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to`g`ri qo`llash, savodxonlikka 
erishishning asosidir. 


Savollar : 
1.
Leksikologiyaning bo`limlari haqida gapiring. 
2.
Lug`atshunoslik deganda nimani tushunasiz ? 
3.
O`zbek tilida mavjud lug`at turlarini sanang. 
Matn ustida ishlash: 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish