Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet95/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

8-SEMINAR MASHG‘ULОT
MAVZU: O‘ZBEK TILIDA SINTAKTIK SHAKL HOSIL QILUVCHI KATEGORIYALAR.
Reja:
1. Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari: egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi.
2. Kesimlik kategoriyasining tarkibi (shaxs-son, zamon, tasdiq/ inkor, modallik kategoriyalari), uning shakllari paradigmasi.
3. Kesimlik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi.
4. Bog‘lama.

Kesimlik kategoriyasining turkiy tillar grammatik kategoriyalari ichidagi o‘rni Sh.Shahobiddinova tomonidan maxsus o‘rganildi va quyida uning nomzodlik dissertatsiyasi ilovasidagi kesimlik kategoriyasi haqidagi xulosalarini alohida keltiramiz:“Kesimlik kategoriyasi1. Bu kategoriya shakllarining ma’nolari murakkab bo‘lib, ularni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:


1. Shaxs ma’nosi.
2. Son ma’nosi.
3. Zamon ma’nosi.
4. Mayl-munosabat ma’nosi.
5. Tasdiq-inkor ma’nosi.
6. Kesimlikni shakllantirish va gapning egasi bilan bog‘lash vazifasi.
Birinchidan beshinchigacha bo‘lgan ma’nolar kesimlik kategoriyasi mohiyatining ma’noviy tomonini tashkil etadi. Oltinchi ma’no esa uning mohiyatida sintaktik tomonni tashkil etadi. Shu turdagi ikki xil ma’no birikishidan kesimlik kategoriyasining UGM (umumiy grammatik ma’no)si hosil bo‘ladi. Bu UGM cheksiz xususiy ma’nolar shaklida nutqda voqelanadi.
Kesimlik kategoriyasining voqelanishi ikki guruh shakllar vositasida bo‘ladi:
1) ismlarning kesim shakli;
2) fe’lning kesim shakllari.
Grammatik shakllangan gapda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo‘shimchalarining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin.
O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarining quyidagi turlari mavjud:
1) kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari sinkretik, ya’ni ajralmas, bitta moddiy ko‘rinishda berilgan qo‘shimchalar bo‘ladi: o‘qiy , ketaylik, keldi. Bu qo‘shimchalar (-y, -aylik, -di)ning har birida tasdiq-inkor, shakl, zamon va shaxs-son ma’nolari birgalikda umumiy shaklga ega. Masalan, o‘qiy kesimidagi -y qo‘shimchasi bo‘lishlilik (-may uning bo‘lishsiz shakli), buyruq-istak mayli (bunda -sin, -ng, (o‘qisin, o‘qing) bilan paradigma – o‘xshashlik qatori hosil qiladi), kelasi zamon, birinchi I shaxs (II shaxs o‘qi), birlik (ko‘plikda o‘qiylik) ma’nolariga ega. Bunday holatni borsa, yozsa so‘zshakllari tarkibidagi shart mayli qo‘shimchasida ham ko‘rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1.O‘qi! 2.Shavkat – shoir. 3.Qish;
2) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida qo‘shimcha bilan, modallik, mayl, zamon, shaxs-son qorishiq ravishda bitta qo‘shimcha bilan beriladi: kel – ma – di, kel – ma-y;
3) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor, modallik, zamon ma’nolari qorishiq holatda bir qo‘shimcha bilan, shaxs-son ma’nosi boshqa qo‘shimcha bilan beriladi: bor – sa – ng, o‘qi – sa – ngiz, ko‘r – di-mi;
4) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida, shaxs-son alohida, modallik va zamon ma’nolari qorishiq qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r-ma-di-ngiz;
5) kesimlik kategoriyasining har bir ma’nosi alohida-alohida qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r – ma – sa – ydi – ngiz;
6) kesimlik kategoriya ma’nolarini ifodalashda bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l
vositalarida yuzaga chiqadi. Masalan: Borgan yigit men bo‘laman.(A.Muxt) Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi. (Uyg‘.; I.Sult)
Sanab o‘tilgan barcha vositalar lisoniy mohiyat nuqtayi nazaridan bir kategoriyaning shakllari sifatida baholanadi va qolipda, aytilganidek, bitta ramz – [Pm] shartli belgisi bilan beriladi. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Sensan har narsadan mo‘tabar aziz [W-sen, Pm-san]. 2. Ha, ha, ammamning buzog‘isan [W – buzog‘, Pm – iQsan]. 3. U cho‘l burguti edi [W – cho‘l burguti, Pm – edi]. 4. U shu yerda yashaydi [W – yasha, Pm – ydi].
Ma’lum bo‘ladiki, [WPm] W va Pm qismlaridan iborat bo‘lib, atash ma’nosini W, kesimlik ma’nosini [Pm] ko‘rsatkichi beradi. [Pm] ko‘rsatkichlari formal jihatdan ifodalanganda u morfemali deyiladi. Masalan, Uyim shaharda gapidagi shaharda so‘zshakli alohida olinganda unda kesimlik ma’nosi, vazifasi mujassamlashgan emas. Bu vazifa unga kontekst (nutq sharoiti, gapdagi o‘rni va h.) tomonidan kiritilmoqda. Bunda [Pm] morfemali ekanligiga uni shahardadir, shaharda edi, shaharda bo‘ladi tarzida o‘zgartirish bilan ham amin bo‘lish mumkin. Demak, Uyimiz shaharda gapida [Pm] tarkibiy qismlari quyidagicha: T – tasdiq, M – aniq, Z – hozirgi zamon, Sh – III shaxs. Bunda ham kesimning tarkibiy qismlari [W] va [Pm] ajralib turibdi. Shu xususiyatga ko‘ra ular semantik-funksional shakllangan gaplardan ajralib turadi.
Semantik-funksional shakllangan gap. Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, semantik-funksional shakllangan gap to‘rtga bo‘linadi:
modal so‘z-gap (Kelasizmi?- Albatta);
undov so‘z- gap (Beh-beh! Oh-oh);
tasdiq/inkor so‘z- gap (Ha, yo‘q);
taklif-ishora so‘z-gap (Ma).
Bu so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi (TMZSh) so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlashgan bo‘ladi. Shuning uchun bunday so‘z-gap:
a) hech qachon kesimlik qo‘shimchalarini qabul qila olmaydi;
b) nutqda alohida gap bo‘lib keladi;
d) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo‘lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o‘z mustaqilligini saqlab qolaveradi.
Semantik-funksional shakllangan so‘z-gapda kesimlik ma’nosi atov birligi [W]ning lug‘aviy ma’nosi tarkibida mujassamlashgan, bunday gaplar kesimi [Wm] ramzi bilan beriladi.
Semantik-funksional shakllangan gaplarda kesimlik ma’nosi so‘z-gapning lug‘aviy ma’nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi uchun xos bo‘lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl,zamon, shaxs-son (TMZSH) ma’nolarining rang-barangligi yo‘q. Bunda ham kesimlik kategoriyasining barcha ma’nolari uchburchak burchaklarining yig‘indisiga o‘xshaydi. Aytilganidek, uchburchak burchaklarining yig‘indisi 1800ga teng bo‘lib, bir burchak kattaroq bo‘lsa, buning evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funksionalshakllangan gaplarda ham kesimlikning to‘rtta ma’nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 (nol) ga teng bo‘ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarining har biri uchun alohida-alohida so‘zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat’iy bo‘lishlilik» ma’nosi (ya’ni mayl ma’nosining ko‘rinishi) albatta so‘zi bilan ifodalansa, kesimlik shaklidagi -ma qo‘shimchasi ifodalaydigan shunday bo‘lishsiz ma’no mutlaqo so‘z-gapi bilan beriladi. Ha so‘zida tasdiq, yo‘q so‘zida inkor ma’nosi mavjud.
Kesimlik kategoriyasi ma’nolari kesimdagi atov birligi lug‘aviy ma’nosiga singganligi tufayli so‘z-gaplarda bu ma’nolarning har birini alohida-alohida va rang-barang ko‘rinishlarda ifodalash imkoniyatlari cheklangan. Shu boisdan o‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarini qabul qiladigan, kesimlik kategoriyasining barcha ma’nolarini ifodalay oladigan, lug‘aviy ma’nosi kesimlik qo‘shimchalariga befarq bo‘lgan, ya’ni ularni erkin biriktira oladigan mustaqil so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid va olmosh)lardan lug‘aviy ma’nosida kesimlik kategoriyasi qo‘shimchalarini biriktira olmaydigan, lekin ularning ma’nolaridan birini o‘z lug‘aviy ma’nosi bilan kuchaytirgan holda ifodalab, boshqalarini nutqqa o‘ta kuchsiz holda voqelantiruvchi so‘z-gaplar guruhi alohida ajralib turadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish