Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet60/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Teng boglovchi. 1. Biriktiruv bog‘lovchisi: [va], [-u/-yu], [hamda]. 2. Ayiruv bog‘lovchilari:[yo], [yoki], [yoxud], [goho], [dam]… dam, [bir… bir], [ba’zan… ba’zan]. 3. Zidlov bog‘lovchisi: [ammo], [lekin], [biroq].

  • Ergashtiruvchi boglovchi. 1. Aniqlov bog‘lovchisi: [ya’ni], [-ki/-kim]. 2. Sabab bog‘lovchisi: [chunki], [shuning uchun], [zeroki].3. Shart bog‘lovchilari: [agar], [agarda], [agarchi]. 4. Chog‘ishtiruv bog‘lovchisi: [goyo], [goyoki]. Teng bog‘lovchi, ergashtiruvchi bog‘lovchining ma’no va vazifa tomoni, imlo xususiyati formal tilshunoslik bo‘yicha darslik va qo‘llanmada atroflicha bayon etilgan.

    Boglovchi-yuklamaning mohiyati. Ayrim so‘zning bog‘lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog‘lovchining miqdori, ularning mohiyati, turi hanuzgacha aniq belgilanganicha yo‘q. Masalan, chog‘ishtirish bog‘lovchisiga [goyo], [goyoki] so‘zi kiritiladi. Ammo bu so‘z gap bo‘laklari yoki gaplarni bog‘lash uchun emas, balki o‘xshatish, qiyoslash ma’noli qurilmalarda shu ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi, o‘xshatish, qiyoslash ma’nosi esa boshqa vosita bilan ifodalanadi: Beda orasi juda issiq, goyo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday.(Oyb)Nay sadosining mayin tolqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, goyo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi.(Oyb) Ushbu misollarda o‘xshatish, qiyoslash [-dek] qo‘shimchasi va [kabi] so‘zi bilan ifodalanyapti, [goyo]esa shu ma’noni ta’kidlamoqda. Demak, [goyo] ta’kid yuklamasi hisoblanadi. [Balki] yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. [Balki] qo‘llanishidagi ba’zi xususiyatiga ko‘ra, zidlov bog‘lovchisidan farq qiladi. Zidlov bog‘lovchisi ko‘pincha qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi, [balki] yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut boldi, lekin (ammo, biroq) yomgir yogmadi. Bu misolda zidlov bog‘lovchisi o‘rnida balki so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. [Balki] so‘zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gapda gumon, qarama-qarshilik ma’nosini ta’kidlash uchun qo‘llanadi:…toping, balki tanishlaringiz bordir.(Oyb)Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki ozimizni ham qiynatdirmogdamiz.(A.Qod)Bu gap menga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O‘z-o‘zidan anglashiladiki, balki sof bog‘lovchi bo‘lolmaydi, bog‘lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklama sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o‘tish va bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi kabi oraliq hodisa hosil qilish – yordamchi so‘z tabiatiga xos xususiyat, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo‘li. [Ham… ham]biriktiruv bog‘lovchisi ta’kid qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘iga ega, [na…na] esa inkor ma’nosini ifodalaydi, [-mi]so‘roq-taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog‘lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog‘lovchi-yuklama hisoblanadi. Misollar: 1. Na sozlarida ma’no bor, na ishlarida hayo.(O) 2. Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak.(Maq) 3.U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.
    Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘zbek tili bog‘lovchisining ma’no va xususiyati tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog‘lovchi bilan bog‘liq masalalar ilmiy hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masaladan biri sanaladi.
    Yuklamaning ma’no va vazifasi.Yordamchi so‘zning funksional belgisi - “bog‘lash”. Shu belgi asosida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama so‘z va gapni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog‘lovchi va ko‘makchi uchun o‘zgarmas, barqaror. Yuklamaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular so‘z yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o‘xshatish kabi qo‘shimcha ma’no beradi va funksional “bog‘lash” belgisiga nisbatan beqaror, o‘zgaruvchan sanaladi, ya’ni “bog‘lash” belgisi unda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Chunonchi, [na-na] yordamchisi teng bog‘lovchining bir turi sifatida inkor bog‘lovchisi sanalib kelgan. Tilshunos G‘.Abdurahmonov esa uni inkor bog‘lovchi deb atash bilan birga, yuklamalik xususiyatiga ham egaligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog‘lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog‘lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo‘lak (komponent)larga inkor ma’nosini berib, ularni bog‘laydi:Na sozlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (Oyb) Bu yordamchi so‘z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma’nosini ko‘rsatadi: Raisning erkatoy oglina oqiydi, na biror joyda ishlaydi.

    Download 0,74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish