Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet57/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Komakchi yordamchi sozning bir korinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, o‘zbek tilida ham) ko‘makchi ko‘pdan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo‘lib kelmoqda. O‘zbek tilidagi ko‘makchiga birinchi bo‘lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan: “Ko‘makchilar shunday bir gruppa so‘zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo‘nalish, o‘xshatish kabi munosabatning yaratilishida xizmat qiladi”. Sh.Shoabdurahmonov ham o‘zining “Yordamchi so‘zlar” asarida ko‘makchiga shunday ta’rif bergan: “Ko‘makchi obyektning obyektga yoki obyektning predikatga bo‘lgan turli grammatik munosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zdir”. Darhaqiqat, ko‘makchi mustaqil so‘z orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nosini aniqlashtirish, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko‘makchi bog‘lovchi va yuklamadan farq qiladi. Ko‘makchi ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchasiga yaqin turadi. Shuning uchun ba’zan kelishik shaklidan anglashilgan ma’no ko‘makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim – mashina bilan keldim. Ukamga oldim – ukam uchun oldim kabi). Lekin ular kelishik affiksiga qaraganda ma’noni aniq, konkret ifodalaydi.
Komakchining shakliy xususiyatiga kora turlari. Ko‘makchi shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) sof ko‘makchi;
b) yarim ko‘makchi;
d) qo‘shimchasimon ko‘makchi.
Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan [uchun], [bilan], [sari], [qadar], [kabi], [singari], [sayin], [orqali]so‘zi sof komakchi, ular tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi. Sof ko‘makchi boshqa so‘zga birikkan holda turli munosabatni anglatadi. Jumladan, [bilan] ko‘makchisio‘zbek tilida asosan ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko‘makchi turi yordamchi so‘zdan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan komakchi-boglovchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda. [Bilan]yordamchisining etimologiyasi haqida prof.A.N.Kononov V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrini e’tiborga olib, uning [birlan] so‘zidan kelib chiqqanini aytgan. [Bilan]yordamchisining [birla], [birlan], [bila], [ila], [-la] shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko‘ra ko‘proq poeziyada uchraydi. Chunonchi, Baxt ila tolib-toshgan gozal oy deraza tagida osgan daraxt barglarida mudrab yotadi. (R.Tag) Bu ko‘makchi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1) biror harakatning bajarilishida shaxs yoki predmetlarning birgaligini: Ko‘pchilik bilan odam o‘zini kuchli sezadi;
2) harakatni bajarishda vosita ma’nosini: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi(P.Qod);
3) payt ma’nosini: Qongiroq chalinishi bilan oqituvchi sinfga kirdi;
4) sabab ma’nosini: Ular: “Gulnor oz ajali bilan oldi… ”, -deyishdi. (Oyb);
5) harakatning bajarilishidagi holatni: Onamning mehr bilan boqib turgan kozlarini bir umr unuta olmasam kerak.(Oyb)
[Bilan] ko‘makchisi – keng tarqalgan yordamchi so‘z. Uning bog‘lovchilik, ko‘makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuv bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shu boisdan “… va, bilan, hamda, shuningdek so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida teng bog‘lovchining biriktiruv bog‘lovchi turiga kiradi” degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, bog‘lovchi vazifasidagi [bilan]ning [va], [ham] biriktiruv bog‘lovchisidan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyati bor:
- «birgalik» ma’nosi [bilan] yordamchisi uchun xos: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib oyin qildi(M.Ism). Ushbu misoldagi [bilan] o‘rnida [va] ni qo‘llasak, yuqoridagi ma’no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida–alohida o‘ynagani ma’nosi ifodalanadi.
- [va], [ham] bog‘lovchilari uyushib kelgan fe’l kesimni bog‘laydi, ammo [bilan] da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va oqiydi. Lola ishlaydi ham oqiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan oqiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. [Bilan] ning grammatik vazifasi – bog‘lovchi va ko‘makchi vazifasida kela olishi; shunga ko‘ra, [bilan] boshqa ko‘makchidan farqlanadi. Shuning uchun [bilan] ko‘makchisini komakchi–boglovchi termini bilan ataganimizda, uning barcha xususiyati qamrab olinadi. Bu ko‘makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda to‘ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hol vazifasida keladi.
[Uchun] ko‘makchisi «atalganlik» (Yolchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb)), «maqsad» (Hamma xalq ochdan olmaslik uchun bir amal–taqal qilib turibdi(Oyb)), «sabab» (Kampirning ahmoqligi yo dushmaningizning igvosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi?(A.Qah)) «evaz» (E’tiboringiz uchun rahmat) kabi ma’noda qo‘llanib, to‘ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifasida keladi.
[Kabi], [singari],[yanglig‘] ko‘makchisi bir narsani boshqa narsaga o‘xshatish, chog‘ishtirish ma’nosini anglatadi. Masalan, Ukam men kabi bechora… gam chekib yotgandir(Oyb). [Kabi], [singari]ko‘makchisi bilan [-dek], [-day] qo‘shimchalarining ma’nodoshlik xususiyati tilshunoslarimiz tomonidan qayd etilgan. Formal tilshunoslikda bu affikslar ravish yasovchi qo‘shimcha sifatida berilgan. [-dek], [-day] affikslari orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan o‘xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, burungi-day, gul-day kabi: Qalandarov ertasiga kundagiday saharda idoraga chiqdi(A.Qah).U goyo tugilib osgan qishlogini kormoqchiday boshini kotarib hayajon va soginch bilan uzoqlarga tikildi(Oyb) Bu o‘rinda ham til hodisalarini izohlashda zo‘rma-zo‘rakilik yuzaga kelgan. Natijada nutqimizda tez-tez ishlatiladigan ushbu qo‘shimchalar boshqacha talqin etilgan. Buniquyidagioddiyqiyosdako‘rishmumkin (26-jadval):

[-dek], [-day] (qo‘shimchasimon ko‘makchi)

[kabi], [singari], [yanglig‘]
(sof ko‘makchi)

1.Oydek gozal qiz.
2.Togdek yuksak.
3.Lochinday dadil.
4.Ilgarigidek qadrdon bolib ketishgan.
5.Gulday ochilib menga bir bor qaramaysiz.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish