So‘z-gapning sintaktik xususiyati.So‘z-gapning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganimizdek, kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmasligi, bog‘lama bilan birika olmasligida. So‘z-gap ham undalma, sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‘lishi mumkin: 1. Cho‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin.(A.Qah) 2. Falakning dastidan dod!(Hamza) 3. Barakalla sizga! Misollardan ko‘rinib turganidek, so‘z-gap faqat bitta so‘zdan iborat bo‘lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z-gapning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, har bir so‘z-gap shu gapga xos bo‘lgan ma’noni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunonchi, [ha] so‘zi tasdiqni ifodalaydi. Uning bo‘lishsizligi Ha, emas bilan emas, balki alohida [yo‘q] so‘z bilan ifodalanadi. [Albatta] yoki [shubhasiz] modal so‘zi qat’iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’nosi [mutlaqo], [aslo] so‘z-gapi bilan beriladi.
So‘z-gapda zamon va shaxs ma’nosi matnda muayyanlashadi. O‘zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma’nosidan xoli bo‘la olmaydi. Zero, so‘z-gapda zamon va shaxs-son ma’nosining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‘zning asosiy sintaktik xususiyati – kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmay gap bo‘lib kela olishi bilan sharhlanadi. So‘z-gapning yana bir sintaktik xususiyati – uning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo‘laklari bilan bog‘lanmasligi va o‘zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, 1. -Ertaga kelasizmi?- Albatta.(O‘.Usm) 2.-Yengil tortdingmi,qizim? – Shukur.(A.Qah)
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» fanidan mustaqil ta’lim shakli va mazmuni
№
|
Mustaqil ta’lim mavzusi
|
Sоat
|
Ta’lim turi
|
Talabalarga bеrilgan vazifa
|
1
|
Morfema va uning turlari
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Referat
|
2
|
O‘zbek tili derivatsiyasi
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Slayd
|
3
|
O‘zbek tili grammatik shakllar.
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Ilmiy tezis
|
4
|
Grammatik ma’no va uning turlari.
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Referat
|
5
|
Grammatik kategoriya va uning turlari.
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Slayd
|
6
|
O‘zbek tilida mustaqil so‘z turkumlari.
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Ilmiy tezis
|
7
|
O‘zbek tilida sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar.
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Referat
|
8
|
O‘zbek tilida so‘z-gaplar.
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Referat
|
9
|
O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar.
|
10
|
Mustaqil ta’lim
|
Slayd
|
|
JAMI
|
90
|
|
|
Jami: 90 soat
Izoh: Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan
referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
GLOSSARIY
Adabiy til
|
milliy tilning ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan oliy formasi
|
Artikulatsiya usuli
|
nutq a’zolari hosil qilgan to‘siqdan havo oqimining portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tishi
|
Artikulatsiya o‘rni
|
talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi
|
Arxaizm-frazema
|
hozirgi o‘zbek tilida sinonimi bor bo‘lgan eskirgan frazema
|
Bir tilli lug‘atlar
|
bir til materialiga asoslangan lug‘atlar
|
Bo‘g‘in cho‘qqisi
|
bo‘g‘in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo‘g‘in cho‘qqisi sanaladi
|
Denotat
|
leksema tomonidan nomlangan narsa-predmet, voqelik
|
Diakritik belgilar
|
harfga qo‘shimcha ravishda birikitirilgan ishora belgilari
|
Dialektizm-frazema
|
biror dialekt yoki shevaga mansub frazema
|
Divergensiya
|
til strukturasidagi o‘zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi. Mas."k"ning "k"va "q"ga ajralishi
|
Eksperimental (instrumental) fonetika
|
nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetika
|
Ekstralingvistik omillar
|
tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari
jarayonida) ta’sir o‘tkazadi
|
Ensiklopedik lug‘atlar
|
tabiat va jamiyatdagi muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy voqeliklar, buyuk shaxslar haqida ma’lumot beruvchi lug‘at tiplari
|
Etimologiya
|
tilshunoslikning so‘z va morfemalarning kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘limi
|
Fokus
|
talaffuzda faol va nofaol nutq a’zolari orasida hosil qilingan to‘siq. O‘pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishidan shovqinning yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo‘ladi
|
Fonema
|
so‘zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig‘ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |