„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Dunyoda tinchlik o„rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
5.Dunyoda tinchlik o„rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-
siyosiy hamkorlik g„oyalarining ustuvor ahamiyati. 
Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish 
tarixi, ayniqsa, globallashgan dunyo voqeligi shundan dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir 
davlatdagi mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib ketmaydi. Bir qancha 
sabablarga ko‗ra, bunday mojaro nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar. 
Bu esa ertamikechmi, qo‗shni davlatlar uchun talay salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi, jiddiy 
muammolarni ko‗ndalang qilib qo‗yishi, hatto, mintaqadagi vaziyatni butunlay izdan chiqarishi 
mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mojaroning yashirin va oshkora tarzda 
baynalmilallashuvi tanglikni chuqurlashtiradi. Chunki turli maqsadlarni ko‗zlaydigan va tanglik 
mavjud bo‗lgan hududda o‗z manfaatlarini ta‘minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt 
shay turadi. 
Markaziy Osiyoning ba‘zi mamlakatlari o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritib, taraqqiyot sari 
qadam tashlayotgan hozirgi sharoitda ham jahondagi ma‘lum bir siyosiy kuchlar, mafkuraviy 
poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geosiyosiy mavqega ega bo‗lgan bu mintaqani o‗z 
manfaatlari doirasiga tortish harakatlaridan to‗xtagani yo‗q. Ular o‗z maqsadlariga erishish 
uchun ta‘sir va bosim o‗tkazishning barcha shakllarini qo‗llamoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo 
mamlakatlarining o‗zaro munosabatlari jarayoniga to‗sqinlik qilish, ularda turli sabablarga ko‗ra 
(masalan, transchegaraviy daryolar tufayli) birbiriga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‗otish 
kabi mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish holatlari sodir bo‗layotganini ta‘kidlash mumkin. Shu maqsadda 
mintaqada tarixan shakllangan ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, ma‘rifiy aloqalarni izdan chiqarish, 
do‗st va qardosh davlatlar, xalqlar va millatlar o‗rtasiga nizo solish, keskinlik o‗choqlarini 
keltirib chiqarish uchun turli g‗oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmoqda. 
Ayniqsa, xalqlarimiz dunyoqarashi va ma‘naviyatida islom dinining mustahkam o‗rin 


egallaganidan foydalanib, ularga islomiy "saboq" berish, islomni qayta tiklash bayrog‗i ostida 
mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan 
qo‗poruvchilik harakatlari sodir etilmokda. 
Aslida "fundamentalizm" va "ekstremizm" g‗oyalarining Markaziy Osiyoga kirib 
kelishidan ko‗zlangan maqsad diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu 
g‗oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo 
nizolarni vujudga keltirish, oxiroqibat esa hokimiyatni qo‗lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib 
bo‗lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‗lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash 
g‗oyasiga ham zo‗r berilmoqda. Ana shu yo‗lda islom fundamentalizmi vakillari, hatto diniy 
e‘tiqod darajasida, inson qalbi ma‘naviy boyligining ajralmas qismi bo‗lgan milliy o‗ziga 
xoslikni "qurbon" qilish g‗oyasidan ham toymayapti. Aynan ana shu xattiharakatlar bugungi 
kunda o‗z mavqeidan butunlay mahrum bo‗lgan marksizmleninizm ta‘limotini eslatib turadi. 
Masalan, Rossiyada marksistlarning eng jangari oqimi bolsheviklar millati va irqidan qat‘i 
nazar, dunyoda yashayotgan barcha xalqlarni birlashtirish g‗oyalarini ilgari surib, terror yo‗li 
bilan hokimiyatni qo‗lga kiritgan edi. Ularning asosiy fojialaridan biri ham milliy va diniy 
omillar hamda tadrijiy taraqqiyot tamoyillari ahamiyatini tan olmaganlarida edi. Shuning uchun 
ham ular tarixda zo‗ravon ekstremistik g‗oyalar targ‗ibotchi va amaliyotchilari sifatida nom 
qoldirdi. 
Bugun diniy ekstremizm hamda fundamentalizm tarafdorlari tomonidan Markaziy 
Osiyoda olib borilayotgan qo‗poruvchilik hamda terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, 
yo‗l va uslublarga tayanmoqda. Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mintaqamiz, xususan, 
mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug‗dirayotganini Prezidentimiz teran anglab, bu qanday 
dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda 1999 
yil fevral fojialari sodir etilmasdan ikki yil oldin Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov 
"O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari" nomli fundamental asarida shunday deb yozgan edi: "Ko‗plab siyosatchilar, olimlar, 
jurnalistlar XX asr oxirida yuz bergan "islom uyg‗onishi", "qayta islomlanish", "islom 
fenomeni" va boshqa turlituman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib 
berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, e‘tiborni 
jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog‗i ostida ro‗y berayotgan 
hodisalar g‗oyat xilmaxil, ko‗p qirrali, ba‘zan ziddiyatli va hatto qaramaqarshi qutbli ekanligiga 
qaratmoqchiman. Shu bilan birga, aniqravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta 
qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin 
hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba‘zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko‗zga 
tashlanmokda. 
Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o‗ta keskin ko‗rinishlar jiddiy mojarolarni
ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi 
insoniyatni cho‗chityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar anchamuncha to‗planib qolgan. 
O‗zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta‘minlash zarurligi nuqtai 
nazaridan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug‗dirmoqda" . Bu fikr haqiqat 
bo‗lib chiqdi. Ekstremistlar 1999 yilning 16 fevralida o‗zlarining qora niyatlariga erishish 
maqsadida Toshkentda qo‗poruvchilikni amalga oshirdi. Bu qo‗poruvchilik harakatlari orqasida 
katta kuchlar borligi ayon bo‗lib, ularning maqsadi, Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, 
xalqimizning tinchligini buzish, qo‗rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga 
ishonchini so‗ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarga zarba berishdan iborat edi. 
Xo‗sh, nima uchun bu fojialar O‗zbekistonda sodir etildi, uning Markaziy Osiyodagi 
boshqa davlatlarga ta‘siri bo‗lishi mumkinmidi? Buning asosiy sababi shuki, yurtimizda olib 
borilayotgan siyosatning yutuqlari jahon jamoatchiligi tomonidan e‘tirof etilmoqda. Nisbatan 
qisqa davr ichida O‗zbekiston ijtimoiysiyosiy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlar 
ustuvor bo‗lgan, ma‘naviy meros va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarini ustuvor soha 
darajasiga qo‗tara olgan mamlakatga aylandi. Xalqining Prezideshta, davlatga ishonchi 
nihoyatda mustahkam bo‗lgan O‗zbekiston Markaziy Osiyoda barkarorlikni ta‘minlash va 


mintaqa davlatlarining o‗zaro integratsiyalashuvi jarayonida yetakchilik qilmoqda. Xuddi mana 
shu goyat muhim ahamiyatga ega bo‗lgan omillar xalqimiz va mamlakatimiz taraqqiyotining 
dushmanlarini vahimaga solmoqda. 
Markaziy 
Osiyo 
mintaqasida 
tinchlik 
va 
barqarorlikning 
naqadar 
zarurligi, 
umummintaqaviy mafkuraviy tamoyillarga ehtiyoj O‗zbekistonning bu jarayondagi o‗rni va roli 
naqadar katta ekanligi Qirg‗izistonda, uning janubida, O‗sh va Jalolobod hududlarida ro‗y 
bergan mojarolar misolida yanada yaqqol namoyon bo‗ldi. Turli muammolar va mojarolar 
iskanjasiga tushgan bu joylardan hayoti xavf ostida qolgan 150 mingdan ortiq qochoqlar 
mamlakatimizdan o‗z yurtlariga qaytib ketganlariga qadar boshpana topdilar. Markaziy Osiyoni 
"yoqib" yuborish mumkin bo‗lgan urush xavfining oldi olindi, mamlakatimiz aholisi hayotida 
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi g‗oyalari ustuvor bo‗lgan milliy istiqlol 
g‗oyasining qadri va ahamiyati namoyon bo‗ldi. Agar mintaqada dushmanlarimiz mo‗ljallagan 
maqsadlar amalga oshsa, bu nafaqat bizda, balki butun mintaqa davlatlarida ham ko‗plab salbiy 
jarayonlar sodir bo‗lishiga sabab bo‗lishi, mintaqaviy munosabatlarga o‗zining ulkan salbiy 
ta‘sirini o‗tkazishi mumkin edi. G‗animlarning amalga oshirgan harakatlari bilan ko‗zlagan 
maqsadiga yetmadi va yetolmaydi ham. 
Umuman, Markaziy Osiyo xalqlari o‗zaro hamkorligi va do‗stligining ahamiyatini alohida 
ta‘kidlash lozim. Chunki, mintaqa tub xalqlarining ma‘naviy ildizlari bir, ruhi, turmush tarzi 
yaqin, ular ana shu boy manbadan birdek bahra oladi. Shu ma‘noda, ular birligini 
mustahkamlash umummintaqaviy ma‘naviy yuksalishga ijobiy ta‘sir etishi shubhasiz. Bu 
jarayonga qarshi qaratilgan har qanday mafkuraviy ta‘sir yoki terroristik harakatlar 
umummintaqaviy qarshilikka uchramog‗i va barbod bo‗lmog‗i lozim. 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afgonistonda davom 
etayotgan urush ham alohida o‗rin egallab turibdi. Qirq yildan buyon davom etib kelayotgan 
harbiy mojarolar oqibatida umuminsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg‗oniston xududi 
xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurolyarog‗ va giyohvand moddalarning noqonuniy 
savdosi o‗chog‗i bo‗lib qoldi. Bu esa turli zararli g‗oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika 
yo‗li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‗dirmoqsa. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon 
hayotga bo‗lgan ishonch e‘tiqodni mustahkamlash yo‗lida xavfxatarlarning oldini olish uchun 
muttasil ogoh bo‗lib yashash, birgalikda kurash olib borish mintaqa xalqlari uchun hayotiy 
zaruratga aylanib qoldi. Shu ma‘noda, Uzbekistonning "6+3" tamoyilini ko‗llash to‗g‗risidagi 
tashabbusi muhim ahamiyatga ega. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi 
uchrashuvlari umumiy xavfsizlikni ta‘minlash, mintaqa xalqlarining o‗zaro do‗stligini 
mustahkamlash va mavjud iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu ma‘noda, 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi 
xalqlarning xavfsizligiga daxl qiluvchi tajovuzlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi 
hamjihatligini mustahkamlash, ularning bu yo‗ldagi sa‘yharakatlari, imkoniyatlari, 
salohiyatlarini muvofiklashtirish va birlashtirish, ayniqsa, muhim. 
Xullas, bugungi qunda mintaqaning mafkuraviy manzarasini sog‗lomlashtirish, umumiy 
xavfsizlikni ta‘minlash bilan bog‗liq muammolarni hal etish mintaqadagi barcha 
mamlakatlarning istiqbolini ham bir qadar belgilab beradi. Shu bilan birga, bu mintaqada 
yashayotgan xalqlarning azaliy hamkorligi va yaqinligini mustahkamlash ham o‗ta muhim 
ahamiyatga molik masala bo‗lib qolaveradi. Xuddi shuningdek, mintakaga qarshi qaratilgan 
mafquraviy ta‘sirlarga qarshi kurashni kuchaytirishda umummintaqaviy hamjihatlikni 
mustahkamlashning ahamiyati ham oshib boraveradi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish