ulg'ayishi sababchisidir. Uningcha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun
xizmat qilishi lozim.
Tarix shundan dalolat beradiki, markazlashgan yirik davlat va imperiyalarning paydo
bo'lish jarayonida g'oya hamda mafkuralarning ahamiyati yanada ortadi. Miloddan oldingi IV-I
asr va milodning boshlaridagi Rim tarixi bunga yaqqol misol bo'ladi. Ushbu shahar-davlatda
uning fuqarolari xudolar tomonidan oliy maqomga ega kishilar sifatida tan olingani to'g'risidagi
g'oya ustuvor edi. Bu, o'z navbatida, barcha rimliklarning o'zaro tengligi g'oyasi keng
shakllanishiga va shu asosdagi mafkuraning mustahkamlanishiga sabab bo'lgan. Ana shu
mafkuraga ko'ra, Rim aholisi rohat-farog'atda yashashi, asosan mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni
saqlab turishi, ko'p ming sonli qullar esa mehnat qilishi lozim bo'lib, ushbu hol barcha
qonunlarda belgilab qo'yilgan edi.
Tarixdan ma'lum va mashhur bo'lgan Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'oloni ana shu
tartibga qarshi ko'tarilgan harakat ekanini yaxshi bilamiz. Qo'zg'olonchilar soni 100 mingga
etishiga qaramasdan, bu harakatning g'alaba qozona olmasligi muqarrar bo'lgan. Chunki o'sha
paytda rimliklar o'zlari uchun qonunga va yashash mezoniga aylangan g'oya asosida shakllangan
tartibni buzishga yo'l qo'ymas edi. Bu g'oya rimliklarning hayot-mamoti uchun jang borayotgan
bir sharoitda ularning orasidagi Spartak va uning tarafdorlariga qarshi bir necha yuz ming
askarni saralab olish imkonini bergan. Umuman olganda, qadimgi Rimdagi o'ziga xos ma'no-
mazmunga ega bo'lgan (ya'ni, ―qullar mehnati — fuqarolarning rohat-farog'ati‖ tamoyili
asosidagi) tenglik g'oyasi asta-sekin xalqni olomonga, imperiya uchun zarur bo'lgan askarlarga,
yuqoridagi tamoyilni so'zsiz himoya qilishga shay turgan armiyaga aylantirgan. Imperiyani
yaratadigan dunyoqarash hamda mafkura shu tariqa shakllangan. Bu esa, o'z navbatida, ana shu
armiyaning boshliqlari — Rim imperiyasining jahongir lashkarboshilari Yuliy Sezar, Oktavian
Avgust va boshqalarni tarix sahnasiga olib chiqqan. O'sha davrda Rimning yonginasida Afina
davlati ham gullab-yashnagan, uning asosiy hayot tamoyili erkinlik g'oyasiga tayangan edi. Rim
armiyasi madaniy taraqqiyot jihatidan ustun bo'lgan Afinani tez orada zabt etdi. Ammo o'z
hududida Afinadagidek erkinlik g'oyasini ustuvor tamoyilga aylantira olmadi. Chunki erkinlik
g'oyasi totalitarizm uchun eng asosiy ma'naviy xavf bo'lib hisoblanadi. Xayoti erkinlikka
asoslangan Afina insoniyat madaniyatining tamal tosh-laridan biri, yuksak ma'naviy qadriyatlar
ustuvor bo'lgan sivilizasiyani dunyoga keltirgan edi. Bu davrdagi fan va madaniyat taraqqiyoti
insoniyatni hozirgacha ham o'ziga maftun etib kelmoqsa. Rim esa fan va madaniyat bobida
Afinaga tenglasha olmadi, bu sohada undan ustunroq bo'lgan biror kashfiyot yoki yangilik yarata
olmadi. U bor-yo'g'i dunyoga dahshat solgan tajovuzkor va musta-bid imperiyani, urushqoq va
zo'rovon armiyani yarata oldi, xolos. Rimliklar o'sha davrda Afinani mahv etgan va uning
ustidan hukm-ronlik o'rnatgan bo'lsa-da, ammo afinaliklardan o'rganishdan or-nomus qilmagan.
Hatto, eng atoqli Rim zodagonlari ham o'z farzandlari uchun ustoz-o'qituvchilarni afinaliklar
orasidan tanlagan va bundan faxrlanib yurganlar. Mashhur fransuz faylasufi J. J. Russo bu
to'g'rida shunday deb yozgan: ―Siyosiy jihatdan tobe bo'lgan Afina g'oyaviy va ma'naviy jihatdan
Rimni beixtiyor tiz cho'kishga majbur qilgan edi. Rimliklar bu borada hech qachon
afinaliklarning qarshisida o'zlarini g'olib deb hisoblay olmaganlar‖. Fransuz adibi Andre Morua
bu jarayonni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirgan: ―Yevropa bu g'oya va yo'llar ning qaysi biri
to'g'ri ekanligini to'la-to'kis ajratib, o'z yo'lini ularning biri asosida tanlab ololmadi. Salib
yurishlari domiga tortilgan va o'rta asrlar so'ngida imperiyalarni yaratgan Yevropa qadimgi Rim
yo'lidan, Rimning halokatidan keyin mustaqillik va milliy davlatchilikni ixtiyor etgan Evropa esa
qadimgi Afina yo'lidan bordi. XX asrda fashizmni dunyoga keltirgan Yevropa birinchi yo'ldan,
shu yuz yillikning oxiriga kelib erkin taraqqiyot sari yuz tutgan Yevropa esa ikkinchi yo'ldan
bormoqda. Bir asrda, nisbatan qisqa davr orasida bunday holning yaqqol namoyon bo'lishi,
evropaliklarning qonida bu yo'llarning ikkalasi uchun ham umumiy genlar saqlanib qolganidan
dalolat beradi‖ . Ushbu misollar o'rganiladigan g'oya va mafkuralarning insoniyat tarixidagi
o'rni, davlat va jamiyat taqdiriga ta'siri qanday bo'lganini yaqqol ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: