„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
1. Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari: 
mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g'oya va 
mafkuraning ifodalanishi. 
Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari – xalqimizning moziy sinovlaridan 
o'tib kelayotgan boy madaniy va ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, 
qo'shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning 
mustaqillik yo'lida ko'rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda 
ma'naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo'ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh 
berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafakkurning markazida olamning eng ulug' 
mo'jizasi bo'lmish insonning ulug'ligi va mo'tabarligi g'oyasi yotadi. Binobarin, u qadrlanishi, 
e'zozlanishi lozim. Chunki mamlakatning hayoti, farovonligi, ana shu mehnatkash insonlarning 
mehnati, faoliyatiga bog'liq. 
Har qanday mafkura, milliy g'oya tarixiy, madaniy ma'naviy meros, tarixiy xotira asosida 
shakllantiriladi va ularga suyanadi. ―Milliy g'oya oldiga qo'yiladigan talablar haqida gapirmoqchi 
bo'lsak, avvalo, uning ikki suyangan tog'i-tayanchi xaqida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi 
navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an'analari, udumlari, tili, dini, 
ruhiyatiga, bir so'z bilan aytganda, milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va 
tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, 
ularni o'ziga qamrab olgan tarzda Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq manfaatlari va farovonligi 
yo'lida xizmat qilmog'i darkor‖.
Milliy g'oyaninig tarixiy ildizlarini bilish shuning uchun muhimki, bu ildizlarda 
ajdodlarimizning buyukligini tasdiqlovchi dalillar bor, kelajak orzu-umidlarini ko'rsatuvchi 
ma'lumotlar etarli, insonni faollikka, shu asosda yangi jamiyat qurishga chorlovchi da'vatlar 
mavjud. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli 
ta'sir ko'rsatuvchi omil bo'lib xizmat qiladi. 
Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari madaniy – ma'naviy merosda, tarixiy ong va tarixiy 
xotiradadir. Bu ildizlarni bilish, yana bundan tashqari, milliy g'oya kurtaklari turli tarixiy 
davrlarda paydo bo'la boshlaganini, mazmuni boyib borganligini anglashga yordam beradi. 
Milliy g'oya ma'naviyatning tarkibiy qismi ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, ―... albatta, har 
qaysi xalq yoki millatining ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy 
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy 
boyliklar ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi‖ . Milliy 
g'oyaning oziqlantiruvchi ildizlarini bilish va anglash inson ma'naviyatini yuksalatiradi. 
Tarixiylik va mantiqiylikni o'zida mujassamlashtirgan ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖ 
asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko'rsatilgan ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy 
mezonlar bular - ayni paytda milliy g'oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari ham hisoblanadi. 
Mafkuralar insoniyat ibtidosida mifologik-diniy qarashlar sifatida shakllana boshlagan. 
Kishilarning bir-birlariga munosabatlarining asoslarini belgilovchi muayyan qarashlar, g'oyalar, 
aqidalar, qoidalar va talablar zamirida muayyan qo'rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan, 
ularga rioya qilish qat'iy nazorat qilingan. Mehnat sohalarining kengayishi ijtimoiy mehnat 
taqsimotining rivojlanishi natijasida jamiyatda tabaqalanish sodir bo'lgan, bu jarayon bilan uzviy 
bog'liq tarzda turli-tuman diniy, dunyoviy, etnik, huquqiy va boshqa g'oya va mafkura shakllari 
yuzaga kela boshlagan. Shu bois g'oya va mafkuralar g'oyat ko'p va turli-tumandir. Insoniyat 
ibtidosidan to hozirgi kunga qadar son-sanoqsiz g'oya va mafkuralar shakllangan, tarqalgan, 
ularning ayrimlari bugungi kunda ham yashab kelmoqda, ayrimlari esa kishilarning xotiralaridan 
o'chib ketgan. Bu jarayon hozirgi davrda ham davom etmoqda va insoniyat mavjud ekan, davom 


etaveradi. G'oya va mafkuralar turli tarixiy davrlarda turli nuqtai nazariyalardan turkumlashtirib 
kelingan. Xususan, ilk davrlarda g'oya va mafkuralar ezgu va yovuz, ilohiy va dunyoviy 
turkumlarga ajratilgan. 
G'oyalarning ―hayoti‖, ularning paydo bo'lishi, rivojlanishi, boshqa g'oyalar bilan o'zaro 
munosabati, kurashi, nihoyat, eskirgan g'oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy 
g'oyalar misolida yaqqol namoyon bo'ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng 
kichik, bo'linmaydigan zarrasi si-fatida "atom" tushunchasini kiritgan edi. Ptolemey-Aristoteldan 
tortib, o'rta asrdagi Ulug'bek astronomiyasigacha dunyoning markazini Yer deb hisoblab 
kelganlar; Yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta'limoti ham o'z davrining eng 
ilg'or ilmiy g'oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo'linishini, koinot markazi 
Er emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va 
boshqa ko'plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A. Eynshteyn, N. Bor, E. Rezerford, M. Kyuri va 
boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy 
g'oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko'p ilmiy g'oyalarni amaliyotga 
aylantirdi. Televidenie, kosmik raketa, kompьyuter, uyali telefon va boshqa sohalardagi yutuqlar 
bunga yorqin misol bo'ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksiz. Bu jarayonda amaliyotda 
tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g'oyalar bilan o'rin almashaveradi.
Adabiyotlarda g'oyalarni ularning inson va jamiyatga ta'sir qilish xususiyatlari 
tamoyiliga ko'ra, ularning namoyon bo'lish shakllari ikki turkumga - bunyodkor va vayronkor 
g'oyalarga ajratiladi. Xususan, taraqqiyotga xizmat qiluvchi, jamiyat va insonni ezgulikka 
undovchi g'oyalar sifatida ozodlik va mustaqillik, tinchlik va adolat, tenglik va hamkorlik, 
do'stlik va birdamlik, hurfikrlilik va ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik va xalqparvarlik, 
vatanparvarlik va insonparvarlik g'oyalari qayd etiladi. Jamiyat, xalq va davlatlarning 
tanazzuliga sabab bo'luvchi, g'ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiluvchi vayronkor g'oyalar 
sifatida esa - mustabidlik va bosqinchilik, terrorchilik va aqidaparastlik, jaholatparastlik va 
irqchilik, millatchilik va mahalliychilik, vatansizlik va yovuzlik g'oyalari sanab o'tiladi. ―Milliy 
g'oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o'tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda 
yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji 
va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo'lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va 
umid-maqsadlarini o'zimizga tasavvur qiladigan bo'lsak, o'ylaymanki, bunday keng ma'noli 
tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo'lamiz‖ . Ayrim hollarda g'oya va milliy 
g'oya, mafkura va milliy mafkura tushunchalarining farqlariga yetarli darajada e'tibor berilmaydi. 
Xususan, g'oya milliy g'oya ma'nosida, mafkura esa - milliy mafkura sifatida talqin etiladi. Agar 
g'oya tushunchasi asosan aqliy faoliyat bilan bog'liq bo'lsa, milliy g'oya tushunchasi milliy his-
tuyg'u, millat mentaliteti bilan uzviy bog'liqdir. Milliy g'oya - halqning qalbidan chiquvchi
uning orzu-umidlarini o'zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-
qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g'oya xalqning o'zligini anglatuvchi, 
milliy tuyg'ularini uyg'otuvchi, milliy g'urur va oriyatini qo'zg'atuvchi fikrdir. Milliy g'oya xalqni 
uyushtiruvchi, 
uning 
qadr-qiymatini 
tiklovchi, 
o'zligini 
anglatuvchi, 
ijodkorlik 
va 
yaratuvchanligini ro'yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yo'nalishiga 
etaklovchi kuch sifatida namoyon bo'ladi.
Insoniyat tarixida g'oya va mafkuralar namoyon bo'lishining asosiy bosqichlari: 
1. Mifologiya, teologiya va xalq ma'naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g'oya va mafkuraning 
ifodalanishi. 
2. G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. 
3. Sharq va Markaziy Osiyoda g'oyalarning namoyon bo'lishi, ularning gumanistik mohiyati. 
4. G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va Renesans 
davri). 
5. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon 
g'oyalarining shakllanishi. 
1. 
Mafkuraning XIX asr o'rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. 
2. 
XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari. 


3. 
Mustaqillik – milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va 
ruhining ifodasi. 
Kishilik tarixidan yaxshi ma'lumki, dastlab odamlarning ishonch-e'tiqodi tabiatni 
ilohiylashtirish asosida shakllangan. Shuning uchun eng qadimgimafkuralar haqida gap 
ketganda, avvalo, odamlar jamoa bo'lib, urug'larga bo'linib yashagan ibtidoiy davrlarni eslash 
lozim.Chunki odamlarning jamoa bo'lib, ya'ni birlashib yashashi ularning muayyan mafkura 
asosida uyushganidan, tabiat o'zgarishlariga birgalikda javob izlaganidan dalolat beradi. Bunda 
ular yashaydigan hududning o'ziga xos iqlimi, tabiat dunyosi, shart-sharoiti muhim ahamiyat 
kasb etgan. Insonning hali texnika rivojlanmagan vaqtidagi hayot tarzi, moddiy ta'minoti ko'proq 
tabiat hodisalariga bog'liq bo'lgani uchun har bir qabila tevarak-atrofidagi borliqni o'zining 
moddiy-ma'naviy ehtiyojlaridan, ularni qondirish darajasidan kelib chiqqan holda tasavvur etgan. 
Shu tariqa tabiat hodisalari o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradigan afsona va rivoyatlar paydo 
bo'lgan. Masalan, eng qadimgi davrlarda nur, ziyo, bahor, yoz farovonlik, yaxshilik va ezgulik 
ramzi sifatida tasavvur etilgan bo'lsa, qish, ayoz qorong'ulik, zulmat, yomonlik va vayronkorlik 
timsoli sifatida tasavvur etilgan. Afsona va rivoyatlar, tasavvurlarga asoslangan bunday 
qarashlarni biz mifologik qarashlar deb ataymiz. Mif - yun. mifhos – afsona, rivoyat, asotir — 
ibtidoiy davr kishilari ongi va t.sida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo'lishi bilan 
bog'liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishi, Mifologiya – miflarni 
o'rganuvchi fan sifatida ijtimoiy ong shakllaridan biri va kishilarning tabiiy va ijtimoiy 
hodisalarning mohiyatini anglashda ilk bosqich hisoblanadi. Xususan, totemizm, animizm, 
fetishizm kabi ibtidoiy dinlar ana shu asosda shakllangan. Ular jonning abadiyligi, tabiatdagi 
narsa va hodisalarning ilohiy quvvatga ega ekani to'g'risidagi xilma-xil g'oya va sodda 
qarashlarni ifoda etgan. 
G'oyaviy e'tiqodlarning shakllari: Totemizm; Animizm; Fetishizm; Magiya. 
Masalan, totemizm – hayvon va o'simliklarga sig'inish asosidagi diniy ta'limot. Bu so'z Shimoliy 
Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilidan olingan. Totemizm odamzodning muayyan 
o'simlik va hayvon turlariga qarindoshligi borligini anglatadi. Bunday xususiyatlar ayrim xalqlar 
hayotida bugungi kungacha uchraydi. Masalan, hindlar sigirga, avstraliyaliklar kenguruga, 
qirg'izlar oq bug'uga baxt keltiruvchi hayvon deb qaraydi. Bizning ajdodlarimiz esa humo 
qushini ulug'laganlar. Shuning uchun davlatimiz gerbida humo qushi tasviri tushirilgan. 
Yuqorida aytganimizdek, ibtidoiy odamlar hamma narsaning joni bor, ular sezadi, fikrlaydi, deb 
o'ylaganlar. Ular yaxshilik keltirsin, yomonlik keltirmasin deb turli xil marosimlar o'tkazib, 
duolar o'qiganlar. Animizm (lotincha anima – ruh degani) – har bir narsaning joni bor deb e'tiqod 
qilishga undovchi ana shunday qarashlar asosida shakllangan.
Fetishizm (fransuzcha fetiche – but, sanam, tumor degani) – jonsiz narsalarga sig'inishga 
da'vat etuvchi e'tiqod. Uning mazmuniga ko'ra, buyumlar va ularga xos xususiyatlar insonlarni 
murod-maqsadga etkazishi, odamlarning hayotiga biron-bir tarzda ta'sir etishi, bu ta'sir goh 
ijobiy, goh salbiy bo'lishi mumkin. 
Magiya (―shomon‖ so'zining tungus tilidagi ma'nosi - sehrgarlik) – real natijalar olish 
uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida bajariladigan ritual urf-odatlar majmuasi. 
G'oyalar tarixining keyingi bosqichida teologiya vujudga kelgan. Teologiya-(lot. theo-xudo, 
logos-ta'limot) Xudo to'g'risidagi fan, ta'limot. Xudo uning sifatlari, belgilari va xususiyatlari 
to'g'risidagi diniy ta'limotlarni asoslash va himoya qilish tizimi. Teologiyaga muayyan din 
tomonidan belgilangan aqidalarning haqiqatligini isbotlash bilan birga, dindorlarning hayot tarzi 
va me'yorlar majmui ham kiradi. 
Millatimizga xos ilk g'oyalar zardo'shtiylik tarzidagi diniy-falsafiy ta'limot sifatida 
shakllangan. Uning g'oyalari bilan bog'liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va 
xalqimiz turmush tarzining o'ziga xos xususiyatlarini belgilashda nafaqat ulkan ma'naviy-
ma'rifiy meros, shu bilan birga, xalqimizning ma'naviy-ruhiy tiklanishi va qadriyatlarimizni 
asrab-avaylashning negizi hamdir. Zardo'shtiylikning asosi bo'lgan ―Avesto‖ kitobida qadimgi 
xalqlarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlari, o'ziga xos ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy g'oyalar aks 
etgan. Ularning asosini olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomonlik, 


yorug'lik va zulmat orasidagi ziddiyatga asoslangan g'oyalar tashkil qilib, ezgu fikr, ezgu so'z va 
ezgu amal kabilar bu dinning ustuvor tushunchalaridir. Ushbu g'oyalarda erli xalqlarni 
birlashishga da'vat etuvchi yuksak vatanparvarlikni tarbiyalaydigan fikrlar mujassam bo'lib, ular 
shu zamin farzandlari uchun g'urur, o'zlikni anglash va kuch-qudrat timsolidir. 
―Avesto‖da nafaqat Zardo'sht ta'limoti, balki unda o'sha davrning eng asosiy g'oyalari 
xamda bu g'oyalarga tayanib yozilgan qo'shiklar, hikoyat va rivoyatlar jamlangan. Bir necha 
kitobdan iborat bo'lgan ―Avesto‖ jamiyat va inson hayotining barcha sohalaridagi g'oyalarni 
umumlashtirgan, mintaqamiz xalqlarining ular asosida shakllangan yashash va hayot kechirish 
qonun-qoidalarini o'zida ifodalagan. Jumladan, unda quyidagi g'oyalar aks etgan: 
-Mol-dunyoga hirs qo'yma, ochko'z bo'lma. Dunyo (boylikka) hirs qo'yish dunyo lazzatlarini 
bemaza, bexalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi. 
-G'azabdan o'zingni asra, chunki g'azab tufayli inson o'z ishlarini, ezgu maqsadlarini unutadi... 
Halol mehnatdan qoladi. G'azab tufayli hayotda halovat yo'qoladi, safo (xursandchilik kayfiyati) 
o'ladi. 
-Uyquga ruju qo'yma, savob ishdan qolasan. 
-Sergaplik gunohlarni ko'paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko'paytiradi. Chunki kamsuxanlik 
fikrlab so'zlashga imkon beradi.
Yurtimizni miloddan oldingi IV asrda zabt etgan makedoniyalik Aleksandr ―Avesto‖ning 
birgina nusxasini qisman (tibbiyot, falakiyot, falsafa, adabiyot) saqlab qolib, uni o'rganish uchun 
ustozi Aristotelga yuborgan, qolgan nusxalarini esa yo'qotishni buyurgan. Bu haqida Abu 
Rayhon Beruniy shunday yozadi: ―Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn 
Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. 
Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni kuydirib 
yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo'qolib ketdi‖. Ba'zilar 
Aleksandr ―Avesto‖ tilini bilmagani, uning mohiyatini tushunmagani uchun kitobning qadriga 
etmagan va yo'q qilishni buyurgan, degan haqiqatdan yiroq fikrni bayon qiladi. Haligacha teran 
fikrlari bilan jahon ahlini lol qoldirib kelayotgan mashhur faylasuf Aristoteldek buyuk tafakkur 
sohibidan ta'lim-tarbiya olgan Aleksandr kitobning qadrini tushunmaganiga ishonib bo'ladimi? U 
shunchalik savodsiz kishi bo'lganmi? Yo'q, albatta. Aleksandr kitob nima ekanini, unda aks 
etgan g'oyalar odamlarga kanday ta'sir ko'rsatishi mumkinligini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, u 
o'z qo'shiniga qattiq qarshilik ko'rsatgan yurtimiz xalqlarining g'oyalari ―Avesto‖da o'z ifodasini 
topganini, o'sha davrdagi avlod-ajdodlarimizning istibdodga bosh egmasdan, kitobdagi ushbu 
g'oyalarga tayangan holda, tez orada yana istiqlol uchun kurashga chiqishini nihoyatda yaxshi 
tushungan. Xullas, Turonzamin xalqlarini o'z ajdodlari qoldirgan ezgu g'oyalardan bebahra 
qilish, tafakkurini qaramlikda saqlashning eng yaxshi va maqbul yo'li — uni o'zligidan judo 
etish, g'aflatda saqlash, tarixini unutishga maxkum qilish orqali amalga oshirilishini yaxshi 
bilgan jahongir Aleksandr ―Avesto‖ni yo'q qilishga urinishi tabiiy edi. Keyinchalik boshqa jahon 
fotihlari ham ana shunga o'xshash yo'llardan borgani bu fikrni isbotlaydi. ―Avesto‖ miloddan 
avvalgi XIII asrdan to milodning IV gacha bo'lgan tarixiy voqealarni o'zida aks ettirgani uchun 
milliy g'oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma'naviy yuksaklikka da'vat etish, 
odamlar o'rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash va milliy an'analarni saqlab qolishda muhim 
ahamiyat kasb etgan . ―Avesto‖ o'sha davrdagi ustuvor huquqiy va ahloqiy g'oyalar, ma'budlar 
sha'niga aytilgan madhiyalar, dastlabki yakkaxudolik dinining asosiy aqidalarini, yaratuvchanlik, 
mehnatsevarlik, yaxshilik, bag'rikenglik, davlatchilik g'oyalarini o'zida jamlagan muqaddas 
manba hisoblanadi.
Mustaqillik davrida ―Avesto‖ga munosabat tubdan o'zgardi. Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimov o'zining ―Adolatli jamiyat sari‖ asarida ―Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki 
daryo oralig'ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga 
qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir‖, - deb baho bergan edi. O'zbekiston hukumati tashabbusi 
bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi ―Avesto‖ yaratilishining 2700 yilligini dunyo 
miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999, noyabr). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2000 yil 29 martdagi maxsus qarori bilan 2001 yil noyabr oyida ―Avesto‖ 


kitobining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Taraqqiyot natijasi o'laroq insoniyat 
tarixining keyingi davrlarida milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfusiylik singari milliy diniy 
tizimlar shakllangan.Hinduiylik hindistonliklarning ko'pxudolilikka asoslangan dini bo'lib, unda 
uchta xudo asosiy deb tan olinadi. Iudaizm – yahudiylik dini bo'lib, unga ko'proq shu millat 
vakillari e'tiqod qiladi. Konfusiylik – xitoy faylasufi Konfusiy tomonidan yaratilgan ta'limot. 
Yaponlarning milliy dini esa sintoizmdir. Yer yuzining ma'lum mintaqasida paydo bo'lgan diniy 
qarashlarning asosida o'sha tabiiy makonning xususiyatlari, odamlarning yashash tarzi namoyon 
bo'ladi. Masalan, Odam Ato va Momo Havoning yaralishi xususidagi rivoyat dunyoning qariyb 
barcha dinlarida mazmunan deyarli bir xil, ammo shakl nuqtayi nazaridan farq qiladi. Masalan, 
shimoliy mintaqalarda yaratilgan rivoyatlarda Odam Ato va Momo Havo, janubiy mintaqada 
―tuproqdan yaralgan‖ ilk Ota va Onamizdan farqlanadi. Bunga o'xshash misollarni juda ko'plab 
keltirishimiz mumkin. Dinlarning deyarli barchasida ko'plab milliy an'analar, xalqning turmush 
tarzi ham mujassamlashgan. Ular muayyan davrlarda davlat dini va mafkurasi bo'lib xizmat 
qilgan. Jumladan, konfusiylik bir necha asrlar mobaynida Xitoy xalqining dini va davlat 
mafkurasi bo'lib kelgan. Xususan, u hukmdorning adolatli, haqiqatparvar bo'lishi kerakligi 
haqida quyidagi fikrni keltiradi – ―Agar hukmdor urf-odatlarni sevsa – xalq ichida uni izzat-
hurmat qilmaydigani topilmaydi. Agar hukmdor adolatni sevsa – hech kim bo'ysunmaslikni 
ixtiyor etolmaydi. Agar hukmdor haqiqatni sevsa – xalq ichida baxtsiz odam qolmaydi‖ . Ana 
shunday dono hikmatlari tufayli ham konfusiychilik bir necha yuz yillar davomida Xitoyda 
davlat dini va mafkurasi darajasiga ko'tarilgan. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish