Inson shaxsini g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan shakllantirishga qaratilgan qonuniyatlardan tashqari
biz yuqorida bayon etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, qonuniyatlar ham mavjud. Albatta,
mazkur qonuniyatlar o‘ziga xos, xususiy va umumiy jihatlarga ega bo‘lib, ba‘zi sohalarda ularni
chuqur o‘rganish, tahlil qilish lozim. Ularni o‘rganish jarayonida milliy istiqlol g‘oyasi va
mafkurasining umumiy tamoyillari mohiyati va mazmunidan kelib chiqmoq kerak. Shu boisdan
ham mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borishning turli konkret sharoitlardagi o‘ziga xos xususiyatlari,
yo‘nalishlari va umumiy qonuniyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni teran o‘rganmoq va ularni
tadqiq etish foydadan holi emas.
4. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‟sirida g‟oyalarning differentsiallashuvi.
Muayyan g‟oyalarning dominantlashuvi va ularning oqibatlari.
Tarixdan ma‘lum bo‘lgan
real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy
xususiyatlarini hamda bu g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarni
aniqlash imkonini beradi.
Avvalo, mustabidchilik mafkuralari o‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha
sohalarini to‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini o‘rnatishga
intiladilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin o‘tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yo‘l
bilan yoppasiga qayta tuzish zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar,
o‘zlarigacha bo‘lgan qadriyatlarning barchasini yohud ko‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat o‘z
tamoyillari bilan almashtirmoqchi bo‘ladilar. Masalan, birinchi qarashda, uzoq o‘tmishga
qaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi go‘yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq,
aslida bunda ham o‘sha andoza saqlanib qoladi. Ya‘ni Islom fundamentalizmi tarix g‘ildiragini
o‘rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, «ijtimoiy kazarma» tipidagi bir xillashtirilgan
mustabid «kelajak»ning o‘ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan
to‘liq
mahrum qilinadi, haqiqatda diniy terrorga duchor etiladi. Bunday g‘oyaning qanday
ayanchli oqibatga olib kelishini O‘rta asr Yevropasidagi inkvizitsiya misolida ko‘rib o‘tish
mumkin.
Axborot monopoliyasi ham siyosiy va iqtisodiy hokimiyatni mutlaqlashtirish bilan
chambarchas bog‘liqdir: «mustabid tuzum»da barcha axborot vositalari, jamiyatda muomalada
bo‘lib turgan axborotning mazmuni ham apparatning qattiq nazoratiga olinadi. Zo‘ravonlik
ishlatmasdan turib butun monopoliyalar tizimini saqlash va mustahkamlash mumkin bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham davlat terrorizmi, terrorni ichki siyosatni amalga oshirish vositasi sifatida
qo‘llash «mustabidchilik tuzumlari» uchun xosdir. Turkistonda ham inqilobdan keyingi dastlabki
yillarda hukumatning siyosiy terror natijasida butun-butun ijtimoiy guruhlar va qatlamlar yo‘q
qilindi. Shu jumladan, mustabid tuzumning g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari tufayli qariyb 2,5
million kishi yoki aholining deyarli yarmi mahv etilgan edi. O‘zbekistonda faqat 1937-1953
yillar mobaynida (bundan urush yillari mustasno) ittifoq mustabid mashinasi qariyb 100 ming
kishini qatag‘on qildi, ulardan 13 ming kishi otib tashlandi.
Mustabid davlatlarning o‘ziga xos boshqa xarakterli
xususiyati jamiyatning
harbiylashtirilishi, «harbiy lager» yoki «qamal qilingan qal‘a»dan iborat g‘oyaviy-psixologik
vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunda mamlakat ichida harbiy fanatizm vaziyati avj
oldirilibgina qolmasdan, shu bilan birga, agressiv tashqi siyosat ham amalga oshiriladi. Bu
siyosat harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, o‘zining mustabidchilik tartiblarini
keng miqyosda qaror toptirishga qaratiladi.
Lekin tarixiy haqiqat shundan iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozlari va
ularning loyihalari asosida yaratilgan demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada
halokatga uchrashi muqarrardir. Buni sobiq sotsialistik mamlakatlar,
sovet davlati, gitlerchilar
Germaniyasi va fashistlar Italiyasi, Kambodjadagi Pol Pot rejimi kabi mutlaq haqiqatni da‘vo
qiluvchi mafkuralarning tarixan istiqbolsiz bo‘lgani ham yaqqol namoyish etdi.
Ma‘lumki, g‘oya-inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari
yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o'zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo'llari
va vositalari mujassam bo'lali. Falsafa tarixida g‘oyalar turli ma'nolarda qo'llangan. Demokrit
atomlarni, Platon moddiy bo'lmagan, konkret narsa va hodisalardan tashqarida bo'lgan ideal
mohiyatni g‘oya deb hisoblagan. Forobiy «fozil jamiyat», Navoiy «adolatli jamiyat» g‘oyalarini
ilgari surganlar. 17-18-asrlarda g‘oya tushunchasi bilish nazariyasi bilan bog'lab izohlangan. Shu
asosda g‘oyalarning kelib chiqishi,
bilishning turli darajalari, shakllari bilan aloqasi, umuman
bilish jarayonila tutgan o'rni masalalari tahlil qilingan. Yangi davrda Kant g‘oyalarni aql
tushunchalari sifatida asoslashga harakat qilgan. Fixte fikricha g‘oya «men» ning maqsadidan
iborat. Gegel falsafasida g‘oya taraqqiyot jarayonini o'zida to'la gavdalantiradigan mohiyat
sifatida talqin etilgan. Tajriba natijalari g‘oyada umumlashadi va shu ma'noda bilim shakliga
aylanadi. G'oya narsa va hodisalarning faqat mavjud xususiyatlarini emas, balki ularning
rivojlanish
tendensiyalarini, kelajakdagi holatlarini ham ifoda etadi. Ilmiy nuqtai nazardan
qaraganda, g‘oya amaliyotga joriy qilsa bo'ladigan bilimdan iborat. Demak, g‘oya bilish va
amaliy
faoliyat
o'rtasida
faol
bog'lovchi
hisoblanadi va u barcha yangi narsalarni yaratishning asosidir. Fanda esa g‘oya mavjud
bilimlarni sintez qilish, umumlashtirish va qat'iy tartibga solish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bu,
avvalo, har qanday taxminlar, tamoyillar va tasavvurlarni birlashtirib, yaxlit tizim holiga
keltiradi va kashf etilayotgan qonunlar, ilmiy nazariyalarning o'zagini tashkil etadi. G‘oya
falsafiy tafakkur doirasida xilma-xil ma'nolarda talqin etilgan tushunchalardan biridir.
Bugungi
kunda falsafiy tafakkur erishgan natijalarga tayanib, g‘oyaning mohiyati, gnoseologik maqomi
to'g'risida muayyan umumiy xulosalarga kelingan. Ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi
voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning o'ziga xos shakli, yangi bilim va paradigma (sistema)
sifatida chiqadigan g‘oyada voqelik bundan keyin qay yo'nalishda o'rganilishi zarurligi haqidagi
ko'rsatma, maqsad botiniy tarzda mujassamlashgan bo'ladi
va shu tufayli u ulkan
yo'naltiruvchilik rolini o'taydi. Ilmiy g‘oyaga xos bo'lgan xususiyatlar qarab chiqilganda
g‘oyaning tarixiy taraqqiyotdagi o'rni yanada oydinlashadi. Har qanday g‘oya kabi ilmiy g‘oya
ham ulkan yo'naltiruvchilik rolini o'taydi. Masalan, atomlarning mavjudligi haqidagi
g‘oya asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topish, xususiyatlarini tadqiq etish, dunyoning
tuzilishidagi o'rnini aniqlashga yo'naltirib keldi. Natijada atom kashf qilindi. Bu kashfiyot
olamning tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning butunlay o'zgarishiga olib keldi. Ammo ilm-fan
taraqqiyotida salbiy iz qoldirgan g'ayriilmiy g‘oyalar ham bo'lgan. Masalan, o'z
davrida
kibernetika va genetikaning «soxta fan»ligini asoslashga qaratilgan g‘oyaning ustuvor bo'lgani
bu fanlar rivojini bir necha yilga orqaga surib yubordi. Ilmiy g‘oyalar taraqqiyot omiliga
aylanishi uchun ma'lum shart-sharoit bo'lishi kerak, ya'ni jamiyatning umumiy bilim darajasi
yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo'lishi hamda uni tekshirib ko'rish, tasdiqlash
yoki inkor etish imkoniyati — qurollar, vositalar, moliyaviy resurslarga ega bo'lishi lozim. Aks
holda u ma'lum madaniy-ma'rifiy hodisa sifatida qolib ketadi. G'oyaning voqelikka mos kelishi
muhimdir.
Ijtimoiy g‘oya ilmiy g‘oyadan farq qilib, odamlarni uyushtiruvchilik xususiyatiga ham ega,
shu bilan birga u jamiyat hayotiga bevosita ta'sir o'tkaza oladi. Bunda g‘oya ijobiy yoki salbiy rol
o'ynashi mumkin. O'zbekistonda mustaqillik davrida milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: